Axborot xabarnoma
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 21-mart kuni A-373 “Toshgkent-O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tkan qismida qor yog‘ishi, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m.gacha pasayishi, shamol tezligi 18-23 m/s gacha kuchayishi natijasida avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishiga olib kelishi mumkin.
2024-yilning 21-27 mart kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
🔹Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
🔹Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
🔹Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
🔹Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
🔹Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togdari);
🔹Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.
💢Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.