MES notifies:

Navoiyda “Fuqaro muhofazasi bilimdoni” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomnonidan Xalq ta’limi boshqarmasi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda ilk marotaba umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida “Favqulodda vaziyat vaqt va joy tanlamaydi” shiori ostida “Fuqaro muhofazasi bilimdoni” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu ko‘rik tanlovga viloyat hududidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilardan iborat 9 ta jamoa ishtirok etdi.

Tanlovning asosiy maqsadi etib yoshlarni favqulodda vaziyat, yong‘in, tabiiy gaz va havo arashmasi bilan bog‘liq chaqnash holatlari sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish tartibi, kundalik maishiy turmushda elektr toki, tabiiy gaz va ochiq olovdan to‘g‘ri foydalanish, quturish kasalligidan saqlanish, oziq-ovqat mahsulotlari hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish, ushbu baxtsiz holatlar sodir bo‘lganda o‘ziga va o‘zgalarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga oid bilim, malaka, ko‘nikmalarni shakllantirish etib belgilandi.

Ko‘rik tanlov tanishtiruv, sahna ko‘rinishi, rasmlar tanlovi va savol javob kabi shartlar asosida o‘tkaziladi.

Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra Navoiy shahar 1-sonli Davlat ixtisoslashtirilgan  umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Yosh qutqaruvchi” jamoasi 1-o‘rinni, Karmana tumani  5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Temuriylar”  jamoasi 2-o‘rinni va Xatirchi tumani 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Alanga”  jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalarga viloyat hokimligi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus kubogi va qiimatbaho sovg‘alari tomshirildi. 

  • Added: 21.02.2020
  • Print
  • Views: 1650
Click on the button below to listen to the text Powered by GSpeech