MES notifies:

Samarqand viloyatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 19-21 fevral kunlari Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda.
O‘quv mashqining birinchi kunida Pastdarg‘om tumanidagi kollej binosida, dala sharoitida tuman tibbiyot birlashmasi qoshidagi birinchi tibbiy yordam otryadi tomonidan ko‘p sonli jabrlanganlarni qabul qilish bo‘yicha amaliy harakati sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbirda tumandagi “Go‘zalkent “MFYda “Chimboy” elektr podstansiyasida yuzaga kelgan uzilish va yong‘inni bartaraf etishda elektrtarmoqlari korxonasining harakati bo‘yicha o‘quv mashqi o‘tkazildi.

  • Added: 20.02.2020
  • Print
  • Views: 25113

Newspaper

Magazines

Poll

Do you like the new design of the site?

Click on the button below to listen to the text Powered by GSpeech