MES notifies:

Yoqilg‘i quyish shahobchalarida yong‘in va shu kabi hodisalarni oldini olish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi

Joriy yilning 21 fevral kuni “GLOBAL INVEST INS” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shahobchasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish va ularning oldini olish maqsadida Olmaliq shahar Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar bo‘limlari hamda Tez tibbiy yordam xizmatlari bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Tadbir davomida shartli ravishda yoqilg‘i shahobchasida yong‘in sodir bo‘lgan yengil avtomobilda, yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etish, yoqilg‘i ballonlarini portlashini oldini olish maqsadida maxsus kuch va vositalarning hamkorlikdagi harakatlari amalda bajarildi.

  • Added: 22.02.2020
  • Print
  • Views: 20801

Newspaper

Magazines

Poll

Do you like the new design of the site?

Click on the button below to listen to the text Powered by GSpeech