FVV ogohlantiradi:
27 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, shimoliy cho‘l hududlarida 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo‘ladi.

2013 yil yakuni bo‘yicha ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi 585-sonli “Toshqin, sel, qor ko‘chishlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2013 yil 28 fevraldagi 1926-sonli “2013 yilda sel-toshqinlari va уer ko‘chki hodisalari xavfi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda.

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari hamda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi yig‘ilish bayonnomalari talablarining ijrosini ta'minlash bo‘yicha 2013 yil davomida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, vazirlikning hududiy boshqarmalari, “O‘zgidromet” markazi, Geologiya va mineral resurslari Davlat qo‘mitasi hamda mahalliy hokimiyatlar xodimlari bilan hamkorlikda suv toshqinlari, sel oqimlari va ko‘chki xavfi mavjud hududlar o‘rganib chiqilib, xavfli hududlarda joylashgan xo‘jaliklar, iqtisodiyot ob'ektlari va boshqa muassasalar haqida ma'lumotlar olinib, hududiy boshqarmalarga tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun yuborildi.

Respublikaning tog‘li hududlaridagi qor zaxiralarini va baland tog‘li ko‘llarning holatini baholash hamda qor ko‘chkisi va sel xavfi mavjud hududlarni aniqlash maqsadida, Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘zgidromet” markazi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan 20 marotaba aerovizual kuzatuv ishlari amalga oshirildi. Respublika aholisi va hududlarini sel-toshqinlar, ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yo‘nalishini oladigan bo‘lsak, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2012 yilning 7 fevral kuni “2012 yilda sel-toshqinlar va уer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini himoya qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1703-sonli Qaror qabul qilingan edi. Ushbu qarorga muvofiq xayrli ishga qo‘l urilib, respublikamizning gidrometeorologik va geologik xavfli jarayonlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan hududlarda, ya'ni birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan himoya ishlari uchun 6 milliard 710 million 700 ming so‘m mablag‘ ajratilib tegishli ishlar bajarildi.

Ushbu qarorning uzviy va mantiqiy davomi sifatida 2013 yil 28 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2013 yilda sel-toshqinlar va уer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini himoya qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1926-sonli Qarori e'lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq respublikamizning gidrometeorologik xavfli jarayonlar kuzatilishi mumkin bo‘lgan hududlarda, ya'ni birinchi navbatda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan tabiiy ofatlardan himoya ishlari uchun 12 milliard so‘mga  yaqin mablag‘ ajratildi.  

Sel, suv toshqinlarining oldini olish maqsadida, daryo va soylarning qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari amalga oshirildi. 

A-373 “Toshkent-O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida avtotransport va aholining uzluksiz harakatini ta'minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda “O‘zavtoyo‘l” DAK xodimlari va texnikalaridan iborat nazorat kuzatuv postlari hamda 15 ta mexanizatsiyalashgan guruhlar tashkil etilib, tunu-kun navbatchilik olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 maydagi  “Bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta'minlash to‘g‘risida”gi 141-sonli bayoni ijrosini ta'minlash maqsadida, respublika hududida joylashgan 204 ta oromgohlar, shuningdek cho‘milish, dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarining fuqaro muhofazasi bo‘yicha holati, tarbiyachi xodimlarning sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim saviyalari, shuningdek dam oluvchilarga yaratilgan zaruriy shart-sharoitlar va aholi xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan ko‘rgazmali o‘quv qurollarining (plakat) mavjudligi tekshirib chiqildi va amaliy yordam ko‘rsatildi. Dam olish maskanlarida 425 marotaba “YOsh qutqaruvchi” bolalar musobaqalari o‘tkazilib, unda 81326 nafar bolalar ishtirok etdi. FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari, fuqaro muhofazasi kuch va vositalarining tayyorgarligini oshirish maqsadida, respublika viloyatlarida jami 37 ta qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari va iqtisodiyot ob'ektlarida jami 671 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilib, asosiy e'tibor o‘quv mashqlarining o‘tkazilish sifati va rahbar xodimlarning ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratildi. O‘quv mashqlarida jami 131475 nafar kishi o‘qitilib, 18979 ta maxsus texnikalar jalb etildi.

Vazirlik hududiy boshqarmalarining Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi xodimlari tomonidan joylarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish borasida korxonalar, tashkilotlar, o‘quv ta'lim muassasalarda, shuningdek mahallalarda ish bilan band bo‘lmagan aholi o‘rtasida jami 1526 marotaba suhbatlar o‘tkazilib, mazkur suhbatlarda jami 102602 nafar fuqarolar ishtirok etdi.

Fuqaro muhofazasi institutida o‘tgan 2013 yil mobaynida 1323 nafar, hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari tomonidan 31815 nafar turli toifadagi rahbarlar qayta tayyorgarlikdan o‘tkazildi.

Respublikadagi uyali telefon operatorlari orqali aholini ob-havoning keskin o‘zgarishi va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi ehtimoli to‘g‘risidagi ma'lumotlardan muntazam xabardor etish maqsadida ularga sms xabarlari yuborildi. 
 

FVV Matbuot xizmati

2014-03-29
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech