Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

2017 yilning 6 oyi davomida vazirlik Matbuot xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot

 

Vazirlik Matubot xizmati o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 sentyabrdagi “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining jamoatchilik bilan aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 203-sonli Qarori talablarini hamda Favqulodda vaziyatlar vazirining topshiriqlarini bajarish vazirlik faoliyatiga oid dolzarb mavzularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritishga qaratdi.

Hisobot davri mobaynida bevosita Matbuot xizmati  tomonidan televidenieda 90 marotaba, radioda 80 marotaba, matbuot nashrlarida  80 marotaba, vazirlikning rasmiy veb-saytida 116 marotaba jami 366 ta OAV chiqishlari amalga oshirildi.

Xususan:

Yаnvar oyida: 

5 yanvar “Jonli jurnal” ko‘rsatuvi orqali Favqulodda vaziyatlar vazirligining faoliyati to‘g‘risida ko‘rsatuv tayyorlandi.

9 yanvar kunidan boshlab «Uzreport» telekanalida “Vatan ximoyachilari” kuni munosabati bilan vazirlik faoliyati yoritish maqsadida rolik efirga uzatilib borildi.

16 yanvar kuni “Qamchiq” dovonida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti «Uzreport» telekanali orqali reportaj sifatida efirga uzatildi.

10 yanvar kuni “Mening yurtim” telekanalida KvaSHTBIB va Psixologik yordam ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i F.Abdullaev bilan suhbat efirga uzatildi.

11 yanvar “Mening yurtim” telekanalida Vatan ximoyachilari kuni munosabati bilan vazirlik faoliyatini yoritish maqsadida rolik tayyorlanib efirga uzatilib borildi.

13 yanvar «Uzreport» telekanali orqali Stanislav Yugayning ish faoliyati borasida lavha tayyorlanib efirga uzatib borilmoqda.  

13 yanvar Buxoro viloyati FVB AvaRTTMning ochilish marosimi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Axborot”, “Yoshlar” teleradiokanalining “Davr”, “Buxoro” telekanalining informatsion dasturlarida efirga uzatildi.

13 yanvar Vazirlik Markaziy apparatida “14 yanvar – Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir O‘zbekiston teleradiokanalining “Axborot”, “Yoshlar” teleradiokanalining “Davr” informatsion dasturlarida, «Uzreport» telekanali orqali keng yoritildi.

13 yanvar Chirchiq Tez harakat qilish maxsus otryadida 14 yanvar – “Vatan himoyachilari” kuniga bag‘ishlangan tadbir «Uzreport» telekanali orqali efirga uzatildi.

14 yanvar “O‘zbekiston” telekanalidagi “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvining bayram sonida Stanislav Yugayning ish faoliyati borasida lavha tayyorlanib efirga uzatidi.

15 yanvar kuni “Oilaviy”  telekanaldan “Vatan himoyachilari” kuniga bag‘ishlangan ko‘rsatuvda Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyati keng yorititildi.

16 yanvar “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida KvaSHTBIB va Psixologik yordam ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i F.Abdullaev ish faoliyati to‘g‘risida lavha tayyorlandi.

17 yanvar kuni TXQRKTM faoliyati “Madaniyat va ma’rifat” telekanali orqali keng yoritildi.

18 yanvar “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida KvaSHTBIB va Psixologik yordam ko‘rsatish bo‘limining ish faoliyati borasida lavha tayyorlanib efirga uzatlidi.

19 yanvar Vazirlik Markaziy apparatida bo‘lib o‘tgan Hay’at yig‘ilishi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Axborot”, “Yoshlar” teleradiokanalining “Davr” informatsion dasturlari, «Uzreport» telekanali orqali keng yoritildi.

20 yanvar “Mahalla” radiokanali orqali is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha RKB(B)MB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Z.Qilichov bilan suhbat tashkil etildi. 

21 yanvar “Yoshlar” radiokanalining “Muhofaza”  radioeshittirishi orqali ovqatdan zaharlanishni oldini olish, Quturish kasalligi mavzusida RKB(B)MB bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik A.Axmatov bilan suhbat tashkil etildi. 

25 yanvar “Yoshlar” radiokanalining “Muhofaza”  radioeshittirishi orqali is gazidan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha RKB(B)MB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Z.Qilichov bilan suhbat tashkil etildi. 

26 yanvar kuni Vazirlikda bo‘lib o‘tgan Sayyor shaxsiy qabul o‘tkazishga bag‘ishlangan tadbir “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Axborot”, “Yoshlar” teleradiokanalining “Davr” informatsion dasturlari, «Uzreport» telekanali orqali keng yoritildi.

Fevral oyida:

2 fevral O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy va tarkibiy tuzilmalari harbiy xizmatchilari hamda fuqarolar bilan o‘tkaziladigan  bevosita muloqot va sayyor shaxsiy qabul tafsilotlarini “Vaziyat” gazetasida yoritildi.

3 fevral Respbulikamizda aniqlangan zilzila vazirlik veb-sahifasida “Maxsus xabar” sifatida kiritildi.

3 fevral Vazirlikda Yaponiyaning O‘zbekistondagi maslahatchisi Y.Naraoka bilan o‘tkazilgan uchrashuvi vazirlik veb-sahifasida yoritildi.

2-3 fevral Quturish kasalliklarini oldini olish borasida Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanida o‘tkaziladigan MTO‘M tafsilotlari Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturida hamda “Farg‘ona” viloyati teleradiokanalida yoritildi.

3-4 fevral Quturish kasalliklarini oldini olish borasida Andijon viloyati Bo‘z tumanida o‘tkaziladigan MTO‘M tafsilotlari “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturida hamda “Andijon” viloyati teleradiokanalida yoritildi.

6 fevral Yaponiya elchixonasi vakillari bilan bo‘lib o‘tadigan rasmiy uchrashuvi vazirlik veb-sahifasida yoritildi.

7-10 fevral Andijon viloyatining “Umumta’lim maktablarida “Yosh qutqaruvchi” klublari faoliyatini tashkil etish” mavzusida o‘tkazilgan seminar vazirlik veb-sahifasiga joylashtirildi.

6-9 fevral “Madaniyat va ma’rifat” telekanali ijodkorlari bilan hamkorlikda vazirlik hamda qutqaruvchilar faoliyatini keng yoritish maqsadida “Jurnalist o‘z kasbini o‘zgartiradi” ko‘rsatuvini suratga olish ishlari tashkil etildi.

7-10 fevral Quturish kasalliklarini oldini olish borasida Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘tkaziladigan MTO‘M tafsilotlarini “Toshkent”, “Namangan” viloyati teleradiokanallarida yoritildi.

9-12 fevral Termometrdan foydalanish, undan zararlanishni oldini olish borasida “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvi uchun tasvirga olish ishlari tashkillashtirildi.

9 fevral Navoiy viloyatida is gazidan zaharlanishni oldini olish mavzusida o‘tkazilgan tadbirlar borasidagi xabar vazirlik veb-sahifasiga joylashtirildi.

11 fevral Sirdaryo viloyatida Harbiy prokuratura bilan hamkorlikda  o‘tkazilgan sayyor va shaxsiy qabul tadbiri vazirlik veb-sahifasida yoritildi.

13-17 fevral quturish kasalligi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida Yashnobod tumanida o‘tkazilgan MTO‘M O‘zbekiston telekanalining “Assalom,O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida yoritildi.

13-17 fevral Sirdaryo viloyatida harbiy Prokuratura bilan hamkorlikda  o‘tkazilgan sayyor va shaxsiy qabul tadbiri “Vaziyat” gazetasida hamda Sirdaryo viloyati telekanalida yoritildi.

13-17 fevral Zilzilalarni simulyasiya qilish majmuasi faoliyatini yoritish borasida O‘zbekiston telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida sahifa tayyorlandi.

14 fevral Buxoro viloyatida “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida “Yosh qutqaruvchi” klublari faoliyatini tashkil etish”  mavzusida o‘tkazildi Respublika seminari vazirlik veb-sahifasida “UzReport” telekanalida hamda Buxoro viloyati telekanalida yoritildi.

15 fevral xorijiy davlatlar elchilarining rafiqalari hamda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlarining FMIga tashrifi vazirlik veb-sahifasida yoritildi.

16-17 fevral “Miran” mehmonxonasida YUNISEF tomonidan tashkil qilingan “Favqulodda vaziyatlarda axborot va muloqot” seminarida Matbuot xizmati bosh mutaxassislari E.Madatov hamda B.Samandarov ishtirok etdilar.

21 fevral quturish kasalligi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida lavha tayyorlandi.

21 fevral quturish kasalligi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida Navoiy viloyati Navbahor tumanida o‘tkazilgan MTO‘M Navoiy viloyati telekanalida yoritildi. 

24 fevral Milliy matbuot markazida “Respublika fuqarolarining qarovsiz hayvonlardan jarohatlanishlari va quturish kasalligini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar” borasida Matbuot anjumani o‘tkazildi va unda  40 ga yaqin ommaviy axborot vakillari ishtirok etdilar.

22 fevral Jahon banki vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv vazirlikning rasmiy veb-saytida yoritildi.

23 fevral Quturish kasali bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida Samarqand viloyati Payariq tumanida o‘tkazilgan MTO‘M Samarqand viloyati telekanalida yoritildi.

23 fevral Quturish kasali bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish borasida Jizzax viloyati Zarbdor tumanida o‘tkazilgan MTO‘M Jizzax viloyati telekanalida yoritildi.

25 fevral Milliy matbuot markazida “Respublikada fuqarolarning qarovsiz hayvonlardan jarohatlanishlari va quturish kasalligini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar” borasida o‘tkazilgan matbuot anjumani vazirlikning veb-sahifasida, “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion dasturida hamda Uzreport telekanalida yoritildi.

26 fevral Madaniyat va ma’rifat telekanalidagi “Jurnalist o‘z kasbini o‘zgartiradi”  ko‘rsatuvining navbatdagi soni FVV faoliyatiga bag‘ishlangandi.

27 fevral “Mening yurtim” telekanalida 24 fevral kuni Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan Matbuot anjumani tavsilotlari namoyish etildi.

Mart oyida:

2 mart Milliy matbuot markazida “Respublikada fuqarolarning qarovsiz hayvonlardan jarohatlanishlari va quturish kasalligini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanini “Vaziyat” gazetasida yoritildi.

3 mart Milliy matbuot markazida “Respublikada fuqarolarning qarovsiz hayvonlardan jarohatlanishlari va quturish kasalligini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumani “Ma’rifat” gazetasida yoritildi.

3 mart Milliy matbuot markazida “Respublikada fuqarolarning qarovsiz hayvonlardan jarohatlanishlari va quturish kasalligini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanini “Mahalla” gazetasida yoritildi.

3 mart Milliy matbuot markazida “Respublikada fuqarolarning qarovsiz hayvonlardan jarohatlanishlari va quturish kasalligini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanini “SHifo-info” gazetasida yoritildi.

3 mart Vazirlik tashkil topganining 21 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan tadbir “O‘zbekiston”, “Toshkent”, “Mahalla” radiokanallarida hamda “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot”, “Yoshlar” telekanalining “Davr”, “Mening yurtim” telekanalining “Onlayn O‘zbekiston” informatsion dasturlarida, “UzReport” telekanalida yoritildi.

3 mart Vazirlik tashkil topganining 21 yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirni suratga olish shilari tashkil etildi.

3 mart “Miran” mehmonxonasida Jahon banki vakillari tomonidan o‘tkazilgan seminar vazirlik veb-sahifasida yoritildi.

4-8 mart “UzReport” telekanali bilan hamkorlikda, vazirlik tashkil topganligining 21 yilligiga tayyorlargan  videorolikni efirga uzatish ishlarini tashkillashtirildi. 4-7 mart kunlari davomida mazkur telekanal orqali videorolik muntazam efirga uzatib borildi.

6-7 mart Ohangaron tumanidagi Jigariston qo‘rg‘onchasini “Mening yurtim” telekanali ijodkorlari bilan hamkorlikda tasvirga olish ishlarini tashkil etildi.

9 mart FVV tashkil topganining 21 yilligi munosabati bilan vazirlikda o‘tkazilgan tadbirni “Vaziyat” gazetasida yoritildi.

6-10 mart “Dunyo bo‘ylab” telekanalining “Telemushoxada” dastruda Quturish kasalligiga qarshi kurashish hamda gemorragik isitma kasalliklarini oldini olish borasida ko‘rsatuv tayyorlash uchun suratga olish ishlari tashkil etildi.

6  mart “Narodnoe slovo” gazetasida vazirlik ayollarining faoliyatini yoritish borasida maqola tayyorlandi.

7  mart “Toshkent” radiosida “8 - mart xalqaro xotin qizlar kuni” munosabati bilan intervyu tashkil etildi.

8 mart “Toshkent”, “O‘zbekiston”, “Mahalla” radiokanallarida sel, suv toqini er ko‘chkisi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilyotgan va kelgusida rejalashtirilayotgan ishlar bo‘yicha suhbat tashkil qilindi.

6-9 mart “Lider ta’lim” nodavlat o‘quv muassasining FMIga tashrifi bo‘yicha “Jamiyat”, “Ma’rifat”, “Vaziyat” gazetalarida maqola chop etildi.

6-10 mart  FMIda “Aholi va hududlarni muhofaza qilishda fan va texnologiya yutuqlari” mavzusida o‘tkazilgan seminar ko‘rgazmasi “Ishonch”, “Ma’rifart”, “Vaziyat” gazetalarida yoritildi.

9 mart Milliy matbuot markazida “Respublikada fuqarolarning qarovsiz hayvonlardan jarohatlanishlari va quturish kasalligini oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar” mavzusida o‘tkazilgan matbuot anjumanini “SHifo-info” gazetasida yoritildi.

6 mart vazirlik veb-sahifasigaO‘zbekiston Tojikistonga insonparvarlik yordami jo‘natdi” mavzusida xabar joylashtirildi.

6-8 mart Matbuot xizmati boshlig‘i podpolkovnik R.Mirzataev Tojikiston Respublikasiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish maqsadida Tojikiston respublikasida xizmat safarida bo‘lib, ushbu tadbirda jurnalistlarning ishtirokini ta’minlash ishlarini tashkil etdi.

9 mart Tojikiston respublikasiga insonparvarlik yordamini ko‘rsatish tadbiri “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” informatsion dasturida, “Jahon” axborot agentligining hamda O‘zbekiston milliy axborot agentligining veb-sahifalarida va boshqa ko‘plab mahalliy va xorijiy matbuotlarda keng yoritildi.

10 mart “Narodnoe solovo” gazetasining 49-sonida vazirlik ayollari haqida maqola chop etildi.

14 mart Qashqadaryo viloyati Koson tumani “Turon” MFYda o‘tkaziladigan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotini Kashqadaryo viloyati telekanalida yoritildi.

15 mart Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Chorvador” QFYda o‘tkaziladigan maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotini Kashqadaryo viloyati telekanalida yoritildi.

17 mart Vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Gimnastrada” bellashuvini “Vaziyat” gazetasida yoritildi

16 mart Sel suv toshqinlarini oldini olish borasida “Mahalla” radiosida radioefir tayyorlandi.

28 mart “Dunyo bo‘ylab” telekanalining “Telemushoxada” dasturida sel-suv toshqinlarini oldini olish borasida 2016 yilda amalga oshirilgan ishlar, 2017 yilda rejalashtirilayotgan tadbirlar mavzusiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvni tasvirga olish ishlari tashkil etildi.

29 mart Jizzax viloyati Zomin tumani “Oqar” SIUda “Odamlar o‘rtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida o‘tkaziladigan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti Jizzax viloyati telekanalida yoritildi.

30 mart Sirdaryo viloyati Boyovut tumani “G‘alaba” SIUda “Odamlar o‘rtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida o‘tkaziladigan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti Sirdaryo viloyati telekanalida yoritildi.

30 mart O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Kongo-Qrim va boshqa gemorragik istima kasalliklarini oldini olish bo‘yicha respublikamiz miqyosida olib borilayotgan tadbirlar” mavzusida  o‘tkazilishi rejalashtirilgan Matbuot anjumaniga o‘tkazildi unda  O‘zbekiston telekanalining “Axborot”, “YOshlar” telekanalining “Davr” muxbirlari, shuningdek, markaziy matbuot nashrlaridan 20 ga yaqin OAV vakillari ishtirok etdilar. Ushba tadbir vazirlik veb-sahifasida yoritildi. 

31 mart  Navoiy viloyati Nurota tumani “A.Navoiy” hududida “Odamlar o‘rtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida o‘tkaziladigan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti Navoiy viloyati telekanalida yoritildi.

Aprel oyida :

3-7 aprel BMTTD bilan ishlab chiqilishi rejalashtirilayotgan FVlarni oldini olishga doir videoroliklarning ssenariylarini tasdiqlatish va tasvirga olish ishlarini tashkillashtirildi.

3 aprel “O‘zbekiston” radiosida respublikamizda sel-suv toshqinlarini oldini olish borasida 2016 yilda amalga oshirilgan ishlar, 2017 yilda rejalashtirilayotgan tadbirlar mavzusiga bag‘ishlangan mavzuda  “Shu kunning mavzusi” jonli eshittirishini tashkil etildi.

3-7 aprel “Axborot” informatsion dasturida qishloq hududlarida sel-suv toshqinlarini oldini olishga bag‘ishlangan tadbirlardan reportaj tashkil etildi.

3-4 aprel Vazirlikda bo‘lib o‘tgan “2017-2021 yillarda radiatsion xavfsizlikni ta’minlashga” bag‘ishlangan seminarni vazirlik
veb-sahifasida yoritildi.

3-7 aprel Vazirlik rasmiy veb-saytiga tegishli boshqarmalar bilan hamkorlikda ma’lumot va yangiliklar kiritib borildi.

10-15 aprel Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha vazirlik tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni OAVlarida yoritildi.

11 aprel Matbuot xizmatiga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida malakali vazirlik tizimida ishlayotgan harbiy xizmatchi (xizmatchi)ni vaqtinchalik safarbar qilish bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritildi. 

12 aprel Matbuot xizmatining vaqtinchalik Nizomini o‘rganib chiqish, zamon talablaridan kelib chiqib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritildi.

10-14 aprel Aholi va hududlarni sel, toshqin va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha Andijon viloyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida reportaj, lavha va intervyular tashkil etildi.

10 aprel “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mavzusida Shaxrisabz tumanida o‘tkaziladigan qo‘mondonlik–shtab o‘quv mashqi tafsilotlarini yoritildi.

10 aprel Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi va fuqarolarning kanallardan jabrlanishini oldini olish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borildi

10 aprel Namangan viloyatida toshqin suvlari va sel oqimlarini barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash yuzasidan o‘tkaziladigan maxsus-taktik o‘quv mashqi tafsilotlarini yoritildi.   

11 aprel Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilarining o‘z kasbiy bilim va malakalarini oshirishiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv tayyorlandi.

11 aprel Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi va fuqarolarning kanalardan jabrlanishini oldini olish bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borildi.

12 aprel Aholi va hududlarni sel, toshqin va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha  Toshkent viloyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida reportaj, lavha va intervyularni tashkil etildi

12 aprel “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mavzusida o‘tkazilgan Uychi va Chortoq tumanlarida hamkorlikda o‘tkaziladigan qo‘mondonlik–shtab o‘quv mashqlari tafsilotlari yoritildi

13-14 aprel Jizzax viloyatida umumiy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mussasalarida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida o‘tkazilgan viloyat miqyosidagi musobaqalar tafsilotlarni yoritildi.

14 aprel “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mavzusida Xiva tumanida o‘tkaziladigan qo‘mondonlik–shtab o‘quv mashqi tafsilotlarini yoritildi.

14 aprel Namangan viloyatida “Zilzilalar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, shuningdek, ular sodir bo‘lganda aholini harakatlanishga tayyorlash” mavzusida o‘tkaziladigan seminar tafsilotlarini yoritildi.              

 17-21 aprel Vazirlik tizimida xizmat qilgan nafaqadagi podpolkovnik N.Smernovning oila a’zolari bilan uchrashish, uning oilasiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Uchrashuv vazirlikning veb-sayti va “Vaziyat” gazetasida yoritildi.

17-19 aprel “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida vazirlik faoliyatiga oid lavha tayyorlash uchun tasvirga olish ishlari amalga oshirildi.

17-18 aprel Samarqand viloyatida o‘tkaziladigan sayyor va shaxsiy qabul tadbirini ommaviy axborot  vositalari orqali yoritildi.

17 aprel Mamlakatimizning qaysi hududlarida sel, toshqin va ko‘chki hodisalari ko‘proq kuzatilishi haqidagi prognozlar, ularni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida suhbatlar vazirlikning veb-sahifasida yoritildi.

18-19 aprel Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan shahar miqyosidagi musobaqalar tafsilotlari vazirlikning veb-sahifasi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritildi.   

 18-20 aprel Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar jamoalari o‘rtasidagi viloyat bosqich musobaqalar tafsilotlari vazirlikning veb-sahifasi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritildi.   

17-21 aprel Vazirlik rasmiy veb-saytiga tegishli boshqarmalar bilan hamkorlikda ma’lumot va yangiliklar kiritib borildi.

17-21 aprel Vazirlik tizimida xizmat qilgan nafaqadagi podpolkovnik N.Smernovning oila a’zolari bilan uchrashish, uning oilasiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Uchrashuv vazirlikning veb-sayti va “Vaziyat” gazetasida yoritildi.

17-19 aprel “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida vazirlik faoliyatiga oid lavha tayyorlash uchun tasvirga olish ishlari amalga oshirildi.

17-18 aprel Samarqand viloyatida o‘tkaziladigan sayyor va shaxsiy qabul tadbirini ommaviy axborot  vositalari orqali yoritildi.

17 aprel Mamlakatimizning qaysi hududlarida sel, toshqin va ko‘chki hodisalari ko‘proq kuzatilishi haqidagi prognozlar, ularni oldini olish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida suhbatlar vazirlikning veb-sahifasida yoritildi.

18-19 aprel Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida “YOsh qutqaruvchi” ko‘ngillilar jamoalari o‘rtasida o‘tkazilgan shahar miqyosidagi musobaqalar tafsilotlari vazirlikning veb-sahifasi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritildi.   

 18-20 aprel Navoiy viloyatida bo‘lib o‘tgan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar jamoalari o‘rtasidagi viloyat bosqich musobaqalar tafsilotlari vazirlikning veb-sahifasi hamda ommaviy axborot vositalarida yoritildi.   

17-21 aprel Vazirlik rasmiy veb-saytiga tegishli boshqarmalar bilan hamkorlikda ma’lumot va yangiliklar kiritib borildi.

May oyida:

1 may 2017 yilning 29 aprel kuni Yangiqo‘rg‘on tumani “Iskovot” QFY, “G‘alaba” MFY hududidan oqib  o‘tuvchi “Seltrakt” qirg‘oq dambasini tiklash “Geologik va gidrometeriologik xavfli xodisalaridan muhofazalanish bo‘yicha favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat hududiy quyi tizimining hamkorlikdagi harakati mavzusida”  taktik-maxsus o‘quv mashqi veb-sayt orqali yoritildi.

1 may 2017 yil 28 aprel kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Bo‘z-suv QFY Ulug‘bek fermerlar uyushmasi dala maydonlarida «Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlarini tashkil qilish va amalga oshirish» mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi veb-sayt orqali yoritildi.

1 may 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, joriy yilning 28 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xodimlari, mehnat faxriysi zahiradagi  polkovnik Gorbik Anatoliyni yo‘qlashgani veb-saytda yoritildi.

2 may “9 may – Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh xodimlari marhum Beskin Vladimir Leontevichning rafiqasi Beskina Elena Ivanovna xonadoniga borishgani xabar sifatida veb-saytga joylashtirildi.

2 may Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraevning Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi N.Xyoffer Vissing bilan uchrashuvi veb-sayt orqali yoritildi.

3 may Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraevning Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nobuaki Ito bilan uchrashuvi veb-sayt orqali yoritildi.

4 may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, joriy yilning 28 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasi xodimlari, mehnat faxriysi zahiradagi  mayor Mirsadikov Nematjon Mirsaxatovich xonadonida mehmon bo‘lishgani xabar sifatida veb-saytga joylashtirildi.

4 may Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari nafaqadagi polkovnik Toshboev Zarif Magripovich xonadonida bo‘lishgani xabar sifatida veb-saytga joylashtirildi.

4 may Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Andijon shahar Navro‘z mahallasi 1922 yilda tavallud topgan Maqsudov Samsoq ota uyiga tashrif buyurishgani xabar sifatida veb-saytga joylashtirildi.

 4 may Namangan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazi xodimlari tomonidan joriy yilning 1 may  kuni Namangan Muhandislik Pedagogika Instituti talabalari o‘rtasida “Tabiiy hususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda harakat qilish” mavzusida o‘tkazilgan ochiq darsi veb-saytda yoritildi.

5 may Navoiy viloyatida o‘tkazilgan “Faxriylar bilan uchrashuv mavzusidagi tadbir veb-sahifada yoritildi. 

5 may Namagan viloyatida o‘tkazilgan bir qator profilaktik tadbirlar bir xabar shaklida umumlashtirilib veb-sahifada yoritildi. 

9 may Qashqadaryo viloyatining Dexqonobod tumanida o‘tkazilgan qo‘mondonlik shtab o‘quv mashqi Vazirlikning rasmiy veb-sahifasida yoritildi.

10 may 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi xodimlari, mehnat faxriysi zahiradagi  podpolkovnik San’at Musaevni yo‘qlashgani veb-saytda yoritildi.

10 may 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, Namangan viloyati FVB xodimlari tomonidan urush faxriysi Mamattosh Pattaevni yo‘qlashgani veb-saytda yoritildi.

15 may 10-12 may kunlari Navoiy viloyati Qiziltepa tumani, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahri, Sirdaryo viloyati Guliston shaharida “boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini barataraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida Qo‘mondonlik shtab-o‘quv mashqlari tafsiloti Vazirlikning rasmiy veb-sahifasida yoritildi.

15 may Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqvarmasi tomonidan maktab o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan mashg‘ulot veb-saytda yoritildi.

19 may O‘zbekiston Milliy matbuot marazida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumani tafsilotini vazilikning veb-saytiga joylashtirildi

19 may Harbiy prokuratura tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan “Sayyor va shaxsiy qabul” to‘g‘risidagi xabar veb-sahifaga joylashtirildi. 

19 may Toshkent viloyati CHirchiq tumanida yuzaga kelgan favqulodda vaziyat (toshqin) vazirlik rasmiy saytiga joylashtirildi.

24  may Andijon, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar tafsilotlari vazirlikning rasmiy veb-sahifasida yoritildi.

26 may Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazilgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining yakuni bo‘yicha ma’lumot vazirlik veb-sahifasiga joylashtirildi.

26 may 26 may kuni “Qamchiq” maxsus qidiruv - qutqaruv boshqarmasida “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda axborot almashinuvi tizimi orqali ma’lumotlarni taqdim etish” mavzusida bo‘lib o‘tgan amaliy seminar vazirlik veb-sahifasiga joylashtirildi

30 may Navoiy viloyati bo‘lib o‘tgan “Yosh qutqaruvchilar” ko‘ngillilar klublari o‘rtasidagi respublika bosqich tafsilotlari  vazirlikning veb-sahifasida yoritildi.

1-7 may Toshkent viloyatining Ohangaron, Quyichirchiq tumanlari va Angren shahrida sel, suv toshqinlarining oldini olish borasida olib borilayotgan tadbirlari “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” informatsion dasturida yoritildi.

2 may Aholi va hududlarni sel, toshqin va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risidagi ko‘rsatuv “Dunyo bo‘ylab” telekanalining “Tafsilot” ko‘rsatuvida efirga uzatildi.

2-4 may “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mavzusida Qashqadaryo viloyatining Dexqonobod tumanida o‘tkaziladigan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi tafsilotlari “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida yoritildi.

4 may “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mavzusida Qashqadaryo viloyatining Dexqonobod tumanida o‘tkaziladigan QSHO‘M tafsilotlari “Davr” informatsion dasturida yoritildi.

5 may Jizzax viloyatida “Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish” mavzusida o‘tkazilgan ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi Jizzax viloyati telekanalida yoritildi.

5 may Sel, toshqin va ko‘chki hodisalari va ularni    keltirib chiqaruvchi omillar, tog‘li hududlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan ko‘chkilarni oldindan prognozlash va xavfni kamaytirish uchun olib boriladigan amaliy tadbirlar to‘g‘risida suhbat tashkil etildi va “Dunyo bo‘ylab” telekanalining “Bu qiziq” ko‘rsatuvida.

8-12 may 2017 yil – “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari, fuqarolar va nafaqadagi harbiylar bilan o‘tkaziladigan bevosita muloqot va sayyor shaxsiy qabul tafsilotlari “Axborot” informatsion dasturida yoritildi.

10-12 may “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakati” mavzusida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkaziladigan qo‘mondonlik–shtab o‘quv mashqi tafsilotlari “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida yoritildi.

15 may Aholini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida olib borilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ko‘rsatuv tayyorlandi va “Dunyo bo‘ylab” telekanalining «Osuda hayot» ko‘rsatuvi orqali efirga uzatildi.

15- 18 may “2017 yilda sel-toshqin va er ko‘chkisi hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar” mavzusida o‘tkaziladigan matbuot anjumani «Axborot», «YOshlar», «Uzreport» informatsion dasturlarida, markaziy matbuot nashrlarida yoritildi

17 may “Navoiyazot” AJda “Ob’ekt rahbariyati, FM tuzilmalarining texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda shahar FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida o‘tkaziladigan maxsus-taktik o‘quv mashqi tafsilotlari “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida yoritildi.

18 may “Atrof muhitning radiatsiyaviy ifloslanishi bilan bog‘liq avariyani bartaraf etishda FVDTga kiruvchi vazirlik va idoralarning hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida Andijon viloyati “Do‘stlik” bojxona kompleksida o‘tkaziladigan ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi tafsilotlari  “Diyor yangiliklari” informatsion dasturida yoritildi.

20 may Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Tuyamo‘yin suv tozalash inshootida “Ob’ekt rahbariyati va FM tuzilmalarining texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda shahar FVDT xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida o‘tkaziladigan maxsus-taktik o‘quv mashqi tafsilotlari“Diyor yangiliklari” informatsion dasturida yoritildi.

  23-25 may “Toshkent viloyati va Toshkent shahri boshqaruv organlari, FVDT hududiy quyi tizimlarining aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida tashkil etiladigan hamkorlikdagi qo‘mondonlik–shtab o‘quv mashqlarining tafsilotlari “Axborot” informatsion dasturida yoritildi.

25 may Fuqaro muhofazasi institutida “Respublikaning cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta’minlash choralari” mavzusida o‘tkaziladigan amaliy seminar tafsilotlari yoritildi.    

Iyun oyida:

1 iyun. “Qamchiq” maxsus qidiruv - qutqaruv boshqarmasida bo‘lib o‘tgan “Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda axborot almashinuvi tizimi orqali ma’lumotlarni taqdim etish” mavzusidagi amaliy seminar “Uzreport” telekanalida yoritildi.

2 iyun. “Gornyak” dam olish maskanida “Respublika hududidagi cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta’minlash choralari” mavzusida bo‘lib o‘tgan amaliy seminar “Maxalla” telekanalining “Tahlil va talqin” ko‘rsatuvida yoritildi.

6 iyun. Umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Navoiy viloyati Karmana tumanida o‘tkaziladigan “Yosh qutqaruvchi” respublika musobaqasi tafsilotlari O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” informatsion dasturida yoritildi.

6 iyun. Cho‘milish havzalarini mavsumga tayyorlash borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida “Yoshlar” radiokanalining “YOshlar uchun” radioloyihasida yoritildi.

7 iyun.  Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tegishli vazirlik va idoralarni jalb etgan holda Toshkent viloyatining Yuqori-Chirchiq, Qibray, Yangiyo‘l va Quyi-CHirchiq tumanlari hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlari “O‘zbekiston” telekanalining “Axborot” informatsion dasturi tasыirga olish ishlarini amalga oshirdi.

7 iyun. Dam olish oromgohlarini yoz mavsumiga tayyorgarlik holatini tekshirish borasida “Pravda vostoka” gazetasiga maqola tayyorlandi.

8-9 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni “Vaziyat” gazetasida chop etildi.

9 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini markaziy apparatning shaxsiy tarkibi va tegishli tashkilot vakillariga etkazish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan hay’at majlisi “Vaziyat” gazetasida chop etildi.

5-9 iyun. Yoz mavsumida suv havzalarida cho‘milish qoidalari to‘g‘risida maqola “Adolat” gazetasiga tayyorlandi.

12 iyun Chirchiq hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida qirg‘oq mustahkamlash ishlari “Uzreport” telekanalida shuningdek, vazirlikning veb-sahifasida yoritildi.

14 iyun Chirchiq hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida qirg‘oq mustahkamlash ishlari “MY5” teleknalida yoritildi.

14 iyun Navoiy viloyatida suvda cho‘kish holati bilan bog‘liq favqulodda vaziyat “Navoiy” TRK da  shuningdek,  vazirlikning veb-sahifasida yoritildi

14 iyun Yozgi cho‘mimilish mavsumida suv havzalarida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Suv havzalarida cho‘milish qoidalari ” mavzusida vieorolik tayyorlash va efirga uzatish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

15 iyun. Cho‘milish mavsumida ommaviy cho‘milish suv havzalaridagi holatni tekshiruvdan o‘tkazish, amaliy yordam ko‘rsatish va mavsum davomida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bajarilgan tadbirlar yuzasidan “Dunyo bo‘ylab” telekanalida intervyu tashkil etildi.

15 iyun. Cho‘milish mavsumida ommaviy cho‘milish suv havzalarida holatini tekshiruvdan o‘tkazish, amaliy yordam ko‘rsatish va mavsum davomida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bajarilgan tadbirlar yuzasidan Toshkent telekanalida reportaj  tashkil etildi.

16 iyun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 iyun kunida imzolangan “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni barataraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini keng ommaga etkazish maqsadida “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida suhbat tashkil etildi.  

16 iyun “MY5” telekanalida Chimyon hududida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan qutqarib qolingan SHuxrat Yuldoshev to‘g‘risida ko‘rsatuv tayyorlandi va efirga uzatildi. SHuningdek, mazkur holat vazirlikning “Vaziyat” gazetasida chop etildi.

19 iyun Yoz mavsumida suv havzalarida cho‘milish qoidalari to‘g‘risida vazirlik veb-saytiga ma’lumot kiritildi.

21 iyun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatini keng ommaga etkazish maqsadida va yoz mavsumida suvda cho‘kish bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha suhbat tashkil etildi va efirga tayyorlanmoqda.

21 iyun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatini keng ommaga etkazish maqsadida “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida yoritildi.

21 iyun Vazirlik tizimida ko‘p yillarlan buyon xizmat qilib kelayotgan qutqaruvchilar faoliyati to‘g‘risida “O‘zbekiston” telekanalininig “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvi uchun tasvirga olish ishlari amalga oshirildi.

22 iyun Namangan viloyatida o‘tkaziladigan “Yosh qutqaruvchi” respublika bosqichini Milliy teleradio kompaniyasining informatsion dasturlarida shuningdek, vazirlikning veb-sahifasi va “Vaziyat” gazetasida  yoritildi.

22 iyun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1 iyundagi “Favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmoni mazmun-mohiyatini keng ommaga etkazish maqsadida, “Dunyo bo‘ylab” telekanalida tasvirga olish ishlari amalga oshirildi va efirga uzatish kuni belgilab olindi.

22-25 iyun Yozgi cho‘milish mavsumida ommaviy cho‘milish suv havzalari holatini tekshiruvdan o‘tkazish, amaliy yordam ko‘rsatish va mavsum davomida fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha bajarilgan tadbirlar yuzasidan intervyu tashkil etildi.

27 iyun Qutqaruvchilar faoliyati haqida “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston!” ko‘rsatuvida lavha tayyorlandi va efirga uzatildi.

29 iyun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining mazmun-mohiyatini keng ommaga etkazish maqsadida “O‘zbekiston” telekanalining “Sharh” ko‘rsatuvi uchun tasvirga olish ishlar amalga oshirildi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech