Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2016 yil I YARIM YILdagi ASOSIY TADBIRLAR REJASINING BAJARILISHI VA II YARIM YILdagi USTUVOR vazifalari to‘g‘risidagi HISOBOTI

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2016 yil 5 yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2015 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2016 yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘ida 2016 yilning I yarim yilligi uchun belgilangan barcha tadbirlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishiga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqin, sel, qor ko‘chishlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi “2014-2015 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 13-sonli va 2014 yil 29 maydagi  “Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqida”gi 135-sonli qarorlari hamda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining 2016 yil 25 fevraldagi “Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha 2015 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2016 yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli bayoni talablarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:

Vazirlikning hududiy boshqarmalari, “O‘zgidromet” markazi, Geologiya va mineral resurslari Davlat qo‘mitasi hamda mahalliy hokimiyatlar xodimlari bilan hamkorlikda suv toshqinlari, sel oqimlari va ko‘chki xavfi mavjud hududlar o‘rganib chiqilib, xavfli hududlarda joylashgan xo‘jaliklar, iqtisodiyot ob’ektlari va boshqa muassasalar haqida ma’lumotlar olinib, hududiy boshqarmalarga tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun yuborildi; 

Viloyat va tumanlar miqyosida tuzilgan tezkor shtablar faoliyati kuchaytirilib, ular kerakli avtotransport, statsionar va mobil aloqa vositalari hamda etarli miqdorda yoqilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ta’minlandi. Tegishli tashkilotlar rahbarlaridan iborat kechayu-kunduz navbatchilik tashkil etildi. Joylarda tashkil etilgan mexanizatsiyalashgan otryadlar tarkibiga aniqliklar kiritilib, shay holatga keltirildi hamda ular uchun yoqilg‘i-moylash mahsulotlarining zahiralari yaratildi;

“O‘zgidromet” markazi hamda Geologiya va mineral resurslari Davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan xavfli hududlarda joylashgan xo‘jaliklarga ogohnoma va ko‘rsatmalar berilishi tashkil etilib, respublika bo‘yicha ko‘chirilishi lozim bo‘lgan 572 ta xo‘jaliklardan (2729 nafar aholi) real xavf mavjud bo‘lgan 185 ta xo‘jalik (818 nafar aholi) vaqtincha xavfsiz hududlarga, 7 ta xo‘jalik (47 nafar aholi) doimiy xavfsiz hududlarga ko‘chirildi;

Xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan aholi turar joylarida sanitariya-gigiena va epidemiologik barqarorlikni hamda xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borildi;

Tibbiy yordam muassasalarida qo‘shimcha joylar tayyorlanib, zarur miqdordagi asbob-anjom, sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi vositalari bilan ta’minlandi va dori-darmon zahiralari yaratildi;

Vaqtinchalik xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan aholini alohida ko‘rsatma bo‘lmagunga qadar doimiy yashash joylariga qaytib kelishlarini oldini olish va xavfli hududlardagi vaziyatni nazorat qilish maqsadida, respublika bo‘yicha jami 69 ta nazorat-kuzatuv postlari tashkil etilib, zaruriy aloqa vositalari bilan ta’minlandi;

Suv xo‘jaligi ob’ektlari va boshqarmalarida rahbar xodimlaridan iborat kechayu-kunduz navbatchilik tashkil etildi; 

Respublikaning tog‘li hududlaridagi qor zahiralarini va baland tog‘li ko‘llarning holatini baholash hamda qor ko‘chkisi va sel xavfi mavjud hududlarni aniqlash maqsadida, «SAR» (MI-8-MTV) Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zgidromet” markazi va Davlat xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan 7 marotaba aerovizual kuzatuv ishlari amalga oshirildi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining 2014 yil 21 yanvardagi “2014-2015 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 13-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari tomonidan, 2016 yilning 1-yarim yilligi mobaynida viloyatlardagi mahalliy hokimliklar balansidagi daryo va soylar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oq hamda gidrotexnika inshootlarini mustahkamlash ishlari olib borilishi tashkil etildi, jumladan, jami 886,3 ming m3 tuproq, 71,2 ming m3 tosh ishi, 4,8 ming m3 beton va 104,9 tn. temir-beton ishlari amalga oshirildi;

Shuningdek, respublika aholisini hamda hududlarini sel va suv toshqinlaridan muhofaza qilish bo‘yicha jami 153648 m3 tuproq, 41536 m3 qum-shag‘al, 2346 m3 tosh ishi va 129,5 m3 beton ishlari amalga oshirildi;

Aholi va hududlarni sel, suv toshqinlaridan himoya qilishdagi asosiy tadbirlardan biri bu – selxona va sel yo‘llarining sel oqimlarini to‘laqonli o‘tkazuvchanlik holatini ta’minlashdir. SHu maqsadda, respublika hududidagi jami 46 ta suv omborlari, undan tashqari selxona va sel yo‘llarining sel oqimlarini qabul qilish va xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishga tayyorgarlik holati o‘rganib chiqildi;

Toshkent viloyatida gidrometeorologik va geologik xavfli jarayonlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlar hamda gidrotexnik inshootlarining doimiy ravishda bahor-yoz mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan sel va suv toshqinini qabul qilish va betalofat o‘tkazishga tayyorligi birma-bir o‘rganib chiqildi;

Xalqaro ahamiyatdagi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida transport vositalarining uzluksiz va xavf-xatarsiz harakatlanishini ta’minlash yuzasidan Hukumat topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, doimiy ravishda tegishli vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruh bilan hamkorlikda “Qamchiq” dovonida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan muhofaza tadbirlari, shuningdek korxona hamda tashkilotlar kuch va vositalarining tayyorgarlik holati tekshirilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. “Qamchiq” dovonida Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari, Toshkent viloyati hokimligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar mutaxassislaridan iborat shtab tashkil etildi. A-373 “Toshkent-O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida avtotransport va aholining uzluksiz harakatini ta’minlash maqsadida Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamda “O‘zavtoyo‘l” DAK xodimlari va texnikalaridan iborat 15 ta nazorat kuzatuv postlari hamda mexanizatsiyalashgan guruhlar tashkil etilib, tunu-kun navbatchilik olib borilmoqda;

Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan respublika hududida joylashgan 127 ta o‘ta muhim, toifalangan va yong‘in-portlash xavfi mavjud ob’ektlarning fuqaro muhofazasi holati bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi akvatoriyalarining plyaj zonalarida dam oluvchilarning xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 164-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirining 2016 yil 26 maydagi 183-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi va ijroga qaratildi. Respublika hududida mavjud qo‘riqlanadigan va qo‘riqlanmaydigan suv havzalari holatlari tekshirilmoqda va aholi xavfsizligini ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.

2016 yil 27 may kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Respublika hududidagi cho‘milish havzalarida xavfsizlikni ta’minlash choralari” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Respublika ishchi guruh komissiyasi tarkibida respublika hududidagi suv inshootlari, teleradiokompaniyalar, “Portlatishsanoat” AJ, “O‘zetexsanoat” AK va “O‘zmetkombinat” AJlarga qarashli boshqa ob’ektlar, jami 29 ta  toifalangan ob’ektlarning fuqaro muhofazasi, qo‘riqlanishi va yong‘in xavfsizligi holati tekshiruvdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash maqsadida,  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “G‘alla hosilini o‘rib-yig‘ib olish bilan bog‘liq davlat topshiriqlarini bajarishda viloyat FVDT hududiy quyi tizimlari xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “CHimyon” dam olish maskanida Toshkent shahar YUnusobod tumanidagi “Radisson” mehmonxonasida, Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasida, CHilonzor tumanidagi “Next” savdo markazida, Toshkent shahar dehqon bozorida va Bektemir tumanidagi “Baxt” ko‘li hududida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi;   

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 10 martdagi “2016 yilning yoz mavsumida bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirishga tayyorgarlik ko‘rish hamda mavsumni yuqori saviyada o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida”gi 34-sonli bayoniga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirining  2016 yil 23 martdagi 100-sonli buyrug‘i, Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 21 maydagi “2016 yilgi bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli bayoniga asosan Favqulodda vaziyatlar vazirining 2016 yil  30 maydagi 188- sonli buyruqlari ishlab chiqildi.

Mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida, respublikamizdagi bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish oromgohlari tegishli tashkilot va idoralar mutaxassislari bilan birgalikda o‘rganib chiqildi;

O‘rganish natijalariga ko‘ra, geologik xavfli hududlarda jami bo‘lib respublika bo‘yicha 42 ta oromgohlar sel oqimi, suv toshqini va ko‘chki xavfi mavjud hududlarda joylashganligi aniqlangan;

Respublika miqyosida jami bo‘lib 213 ta statsionar oromgohlar faoliyat yuritilishiga ruxsat etilgan;

Shuningdek, oromgohlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida jami bo‘lib 406 nafar oromgoh rahbarlari va tarbiyachilari  mavsum oldidan maxsus 7 soatlik o‘quv dasturi asosida tayyorgarlikdan o‘tkazildi;

Is gazidan va ovqatdan zaharlanish hamda quturish kasalligi bo‘yicha viloyatlarda amalga oshirilayotgan ishlarni kuchaytirish maqsadida, respublika ishchi guruhi tomonidan profilaktik targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazildi;

Sog‘likni saqlash vazirligi va “O‘ztransgaz” AK xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida, MXX DCHQQda, Ichki ishlar va Adliya vazirligiga tegishli Sud departamentida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklarida, Davlat Bojxona, Davlat Soliq va O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat Qo‘mitalarida, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Aviakompaniyasi, O‘zRMTRKda, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta va “O‘ztransgaz” AKlarda, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Respublikasi parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyalarida, “O‘zarxiv” agentligida, “O‘zkimyosanoat” AJda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zgidromet” markazida hamda Toshkent shahar Olmazor tumani “Xoncharbog‘” MFYda is gazidan va botulizmdan zaharlanish va qutirish kasalligining oldini olish bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi.

Idoralararo ishchi guruh tarkibida “Angren-Pop” yangi elektrlashgan temir yo‘lining “Qamchiq” davoni orqali o‘tish tonnellari qurilishi jarayonida mavjud radiatsion holatni o‘rganish ishlarida ishtirok etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan 2015 yil 28 sentyabrdagi 14/10-4139-sonli Rejaga muvofiq FVDqTning barcha tegishli xizmatlarini jalb etgan holda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan barcha chegara bojxona komplekslarida respublika hududiga kirish-chiqishni nazorat qiluvchi punktlarida “Xalqaro ahamiyatga ega yuqumli kasalliklarning kirib kelishi xavfi tug‘ilganda tegishli xizmatlar va idoralarga hamda rahbarlarga axborot etkazish, yuzaga kelgan xavfni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda harakatlanish” mavzusida jami 13 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. Maxsus-taktik o‘quv mashqlarida Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalariga asosan ishlab chiqilgan aloqa va xabar berish tartibi hududiy FVDqT xizmatlari tomonidan amalda sinab ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navruz” va “Ramazon xayit” bayramlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash tadbirlari doirasida,  Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy e’tibori, joylarda bayram tadbirlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni, shuningdek yong‘in-portlash va terrorchilik-qo‘poruvchilik harakatlarini oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash, shu bilan bir qatorda joylardagi o‘ta muhim va toifalangan yirik yong‘in chiqish, portlash xavfi mavjud bo‘lgan ob’ektlar xavfsizligini, ular doimiy ravishda barqaror faoliyat yuritishini ta’minlashni kuchaytirishga qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosarining “O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro tibbiy-sanitar qoidalarini joriy etish bo‘yicha 2015-2016 yillarga mo‘ljallangan kompleks chora-tadbirlar rejasi”ga asosan, Andijon va Buxoro viloyatlaridagi chegara bojxona komplekslarida joylashgan Sanitariya va Veterinariya karantin punktlari faoliyatini Respublika ishchi guruhi tarkibida o‘rganib chiqildi.

Qashqadaryo viloyati hududida joylashgan kimyoviy xavfli ob’ektlarning fuqaro muhofazasi va favqulodda vaziyatlarning oldini olish holati tekshiruvdan o‘tkazildi va amaliy yordam ko‘rsatildi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda  “Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish” mavzusida jami 13 ta ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqlarini o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Radiatsiyaviy va yadroviy komissiyaning ish rejasiga asosan “Sanoatgeokontexnazorat” DI bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida joylashgan NTKMTning INM bilan ishlovchi ob’ektlarida komissiya tarkibida o‘rganib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 iyundagi 111-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent viloyatining Qibray tumani va Toshkent shahariga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining chegaradosh hududlaridan zararli chigirtkalarning ommaviy uchib kelishi va tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar olib borildi.

Respublikamiz hududidan xavfli tranzit yuklar va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning tranzit tashuvini nazorat qilish va tranzit xavfli yuklarni olib o‘tilishi yuzasidan belgilangan tartibda Mudofaa vazirligiga 17 ta xulosa hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga 2 ta ko‘rsatmalar yuborildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 19 iyuldagi 208-sonli Qarori va 2016 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi, Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazlarining 2016 yil 19 fevraldagi “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublarini tuzish va mazkur klublar o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorini vazirlik tizimida ijrosini ta’minlash maqsadida, Favququlodda vaziyatlar vazirining 2016 yil 23 martdagi 102-sonli buyrug‘i ishlab chiqildi va ijrochilarga etkazildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi umumiy o‘rta, maxsus va kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngilli klublarini tashkil etish mavzusida seminarlar o‘tkazildi.

Favqulodda vaziyatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi, Xalq ta’limi boshqarmalari va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy tizimlarining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida shahar va tuman bosqichi musobaqalari o‘tkazildi. “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining 2015-2016 o‘quv yilidagi umumta’lim maktablari o‘rtasidagi shahar tuman bosqichlarida jami 976 ta umumta’lim maktablaridan 7806 nafar, 568 ta o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalaridan 4682 nafar o‘quvchilar jalb etilgan. 20107 nafar kishi musoboqalarga bevosita kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida jami 174 ta tuman va shaharlarda musobaqalarning quyi bosqichlari tashkil etilgan va o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 19 maydagi 17-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi “Yosh alangachi” bolalar oromgohida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

Shuningdek, Buxoro viloyatida kollej va litsey o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

Hisobot davrida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillarini jalb qilgan holda, Qashqadaryo viloyati FVDT rahbariyati, funksional, hududiy va ob’ekt quyi tizimlari, ularning kuch-vositalari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakatlanishga tayyorgarlik holati;

Respublika hududida joylashgan kimyoviy xavfli ob’ektlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati;

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi va “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki,  respublikamiz hududida faoliyat yuritayotgan mobil aloqa kompaniya operatorlari (“Coscom” MCHJ, “RWC” MCHJ, “Unitel” MCHJ, “UMS” MCHJ,), Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati tekshiruvdan o‘tkazildi va uslubiy yordam ko‘rsatildi.

FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari, kuch va vositalarining tayyorgarligini oshirish maqsadida, respublika viloyatlarida jami 19 ta qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari va iqtisodiyot ob’ektlarida jami 364 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazilib, asosiy e’tibor o‘quv mashqlarining o‘tkazilish sifati va rahbar xodimlarning ko‘nikmalarini takomillashtirishga qaratildi. O‘quv mashqlarida jami 69549 nafar kishi o‘qitilib, 9601 ta maxsus texnikalar jalb etildi;

Vazirlik hududiy boshqarmalarining Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari tomonidan joylarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish borasida korxonalar, tashkilotlar, o‘quv ta’lim muassasalarda, shuningdek mahallalarda ish bilan band bo‘lmagan aholi o‘rtasida jami 2930 marotaba suhbatlar o‘tkazilib, mazkur suhbatlarda jami 141340 nafar fuqarolar ishtirok etishdi;

Fuqaro muhofazasi institutida 2016 yil I yarim yil mobaynida 923 nafar, hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari tomonidan 17239 nafar turli toifadagi rahbarlar qayta tayyorgarlikdan o‘tkazildi;

Aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan  muhofaza qilish hamda xavfsizlikni ta’minlash borasidagi profilaktik chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot etish maqsadida, respublikada nashr etilayotgan gazeta va jurnallarda 527 ta maqolalar chop etilib, radioda 656 ta va televidenie orqali 1370 ta chiqishlar amalga oshirildi;

2016 yilning I yarim yil mobaynida hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining Avariya-qutqaruv otryadlari tomonidan aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha jami 2181 ta chiqishlar amalga oshirilib, fuqarolarga yaqindan yordam ko‘rsatildi;

viloyatlardagi jami 658 ta iqtisodiyot ob’ektlarining jami 8826 nafar  fuqaro muhofazasi tuzilmalari qutqaruvchilari shahodatlashdan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1989-sonli qarori ijrosi yuzasidan, “Elektron hukumat” tizimi doirasida 2013-2020 yillarda yaratilishi belgilangan kompleks axborot tizimlari (KIS) va ma’lumotlar bazalarini joriy etish bo‘yicha vazirlik tizimida yagona axborot tizimi orqali avtomatik ravishda boshqaruvni amalga oshirish ma’lumotlar bazasi ya’ni, Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning kuch va vositalarini avtomatlashtirilgan boshqaruvni yaratish, sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar to‘g‘risida “Tabiiy ofatlarda vazirlikning tegishli boshqarmalari, tarkibiy tuzilmalarining kuch va vositalari hamda toifalangan ob’ektlar hisobini yuritish” ma’lumotlar bazasi joriy etilgan. Mazkur ma’lumotlar bazasida “Favqulodda vaziyatlar hisobini yuritish” axborot tizimi joriy etilgan. SHuningdek, ma’lumotlar bazasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha “Qutqaruv xizmatlari va tuzilmalar hisobini yuritish” moduli ishlab chiqilib, ushbu axborot tizimi faoliyatini joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish holatini baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 355-sonli qarori talablariga muvofiq, vazirlik tizimida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ishonchli va to‘liq faoliyatga oid ma’lumotlar vazirlik rasmiy veb-saytining barcha rukunlariga rus va davlat tillarida joylashtirildi.

Respublikadagi uyali telefon operatorlari orqali aholini ob-havoning keskin o‘zgarishi va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi ehtimoli to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor etish maqsadida 73 ta SMS xabarlari yuborildi.

2016 yil I yarim yil mobaynida vazirlikka fuqarolardan 97 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan bo‘lib, barchasiga qonunda belgilangan muddatlarda chora-tadbirlar amalga oshirilib, ariza mualliflariga javob xatlari yuborildi.

Tahlillar natijasiga ko‘ra, 2016 yil I yarim yil mobaynida respublika hududida 64 ta favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lib (2015 yil I yarim yil  mobaynida 82 ta), o‘tgan yilning shu  davriga nisbatan 21.9%ga kamaygan.  Ulardan 24 tasi texnogen, 40 tasi tabiiy xususiyatdagidir;  

Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarida jami 119 nafar kishi jabrlangan (2015 yil I yarim yil mobaynida 133 nafar kishi), o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10.5%ga kamaygan, xalok bo‘lganlar 99 nafar kishi (2015 yil  I yarim yil mobaynida 141 nafar kishi), o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29.8%ga kamaygan.

Favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishiga asosan iqtisodiyot ob’ektlaridagi texnologik asbob-uskunalarning eskirganligi, yo‘l transport vositalarini boshqarishda, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik hamda aholining sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilmasliklari sabab bo‘lmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari 27 ta xalqaro anjumanlarda ishtirok etishdi, (shundan 7 tasi chet elda) Xalqaro anjumanlarda ishtirok etgan vazirlik xodimlari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi chet el mamlakatlari tajribalarini tizimimiz faoliyatiga tadbiq etishni ta’minladilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech