O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2016 yil 5 yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2015 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2016 yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘ida belgilangan barcha tadbirlar o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishiga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqin, sel, qor ko‘chishlari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish chora - tadbirlari to‘g‘risida”gi 585-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi “2014-2015 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 13-sonli va 2014 yil 29 maydagi “Toshqin suvlari va sel oqimlarini O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash loyihalarini shakllantirish, ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish, tasdiqlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash haqida”gi 135-sonli qarorlari hamda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining 2016 yil 25 fevraldagi “Toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha 2015 yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2016 yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli bayoni talablarining ijrosini ta’minlash bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshirildi:
Vazirlikning hududiy boshqarmalari, “O‘zgidromet” markazi, Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi hamda mahalliy hokimiyatlar xodimlari bilan hamkorlikda suv toshqinlari, sel oqimlari va ko‘chki xavfi mavjud hududlar o‘rganib chiqilib, xavfli hududlarda joylashgan xo‘jaliklar, iqtisodiyot ob’ektlari va boshqa muassasalar haqida ma’lumotlar olinib, hududiy boshqarmalarga tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun yuborildi;
“O‘zgidromet” markazi hamda Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan xavfli hududlarda joylashgan xo‘jaliklarga ogohnoma va ko‘rsatmalar berilishi tashkil etilib, respublika bo‘yicha ko‘chirilishi lozim bo‘lgan 572 ta xo‘jaliklardan (2729 nafar aholi) real xavf mavjud bo‘lgan 231 ta xo‘jalik (1163 nafar aholi) vaqtincha xavfsiz hududlarga, 10 ta xo‘jalik (65 nafar aholi) doimiy xavfsiz hududlarga ko‘chirildi;
Aholini sel-toshqin va er ko‘chkisi xavfi mavjud hududlardan vaqtinchalik ko‘chirilgan xo‘jaliklarning yashash uylari ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qo‘riqlanishi ta’minlash, aholini xavfli hududlardagi doimiy yashash uy joylariga alohida ko‘rsatma bo‘lgunga qadar qaytib kelish hollarini oldini olish maqsadida, 80 nafar ichki ishlar vazirligi xodimidan iborat 69 ta nazorat-kuzatuv postlari tashkil etildi. Mazkur postlar 31 ta texnika, 70 dona aloqa vositalari, 61 dona yo‘l belgilari, 19 ta shlagbaum bilan jihozlangan va 14 ta aylanma yo‘llar tashkil etilgan;
Respublikaning tog‘li hududlaridagi qor zahiralarini va baland tog‘li ko‘llarning holatini baholash hamda qor ko‘chkisi va sel xavfi mavjud hududlarni aniqlash maqsadida, «SAR» (MI-8-MTV) Maxsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “O‘zgidromet” markazi va Davlat xavfli geologik jarayonlarni kuzatish xizmati mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan7 marotaba aerovizual kuzatuv ishlari amalga oshirildi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 21 yanvardagi “2014-2015 yillarda va istiqbolda 2020 yilgacha suvlarni O‘zbekiston Respublikasi suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 13-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari tomonidan, 2016 yilning 30 dekabr holatiga viloyatlardagi mahalliy hokimliklar balansidagi daryo va soylar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oq hamda gidrotexnika inshootlarini mustahkamlash ishlari olib borilishi tashkil etildi, jumladan, jami 1362,6 ming m3 tuproq, 91379,8 m3tosh ishi, 81,66.1 m3 beton va 172,0 tn. temir-beton ishlari amalga oshirildi;
Selxona va sel yo‘llarining sel oqimlarini to‘laqonli o‘tkazuvchanlik holatini yaxshilash maqsadida, respublika hududidagi jami 46 ta suv omborlari, undan tashqari selxona va sel yo‘llarining sel oqimlarini qabul qilishi va xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishga tayyorgarlik holati o‘rganib chiqildi;
2016 yil davomida respublika hududlarida joylashgan o‘ta muhim, toifalangan va yong‘in-portlash xavfi mavjud ob’ektlarning fuqaro muhofazasi holati jami 254 ta tekshiruvlar o‘tkazildi;
Respublika ishchi guruh komissiyasi tarkibida respublika hududidagi suv inshootlari, teleradiokompaniyalar, “Portlatishsanoat” AJ, “O‘zetexsanoat” AK, “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zarxiv” agentligiga qarashli jami 38 ta toifalangan ob’ektlarning fuqaro muhofazasi, qo‘riqlanishi va yong‘in xavfsizligi holati tekshiruvdan o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 25 iyuldagi 1/1-sonli yig‘ilish bayonining ijrosini ta’minlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida zilzila bilan bog‘liq yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, shuningdek ular sodir bo‘lganda aholini to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlashni kuchaytirish va bu boradagi profilaktik chora-tadbirlarning samaradorligini yanada oshirish yuzasidan maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, davolash muassasalari, bozor hamda savdo va ko‘ngilochar majmualarda jami94 marotaba ko‘rgazmali seminar-treninglar o‘tkazildi.
Mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida, respublikamizdagi bolalarni sog‘lomlashtirish va dam oldirish oromgohlari tegishli tashkilot va idoralar mutaxassislari bilan birgalikda o‘rganib chiqildi. O‘rganish natijalariga ko‘ra, geologik xavfli hududlarda jami bo‘lib respublika bo‘yicha 42 ta oromgohlar sel oqimi, suv toshqini va ko‘chki xavfi mavjud hududlarda joylashganligi aniqlangan hamda respublika miqyosida jami bo‘lib 211 ta statsionar oromgohlar faoliyat yuritilishiga ruxsat etilgan.
Shuningdek, oromgohlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida jami bo‘lib 406 nafar oromgoh rahbarlari va tarbiyachilari mavsum oldidan 7 soatlik maxsus o‘quv dasturi asosida tayyorgarlikdan o‘tkazildi.
Vazirlik hududiy boshqarmalarining Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari tomonidan joylarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish borasida korxonalar, tashkilotlar, o‘quv ta’lim muassasalarida, shuningdek mahallalarda ish bilan band bo‘lmagan aholi o‘rtasida jami 6181 marotaba suhbatlar o‘tkazilib, mazkur suhbatlarda jami 27483 nafar fuqarolar ishtirok etishdi.
Fuqaro muhofazasi institutida 2016 yilning hisobot davri mobaynida 1454 nafar, hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Aholi va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari tomonidan 27483 nafar turli toifadagi rahbarlar qayta tayyorgarlikdan o‘tkazildi.
Aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda xavfsizlikni ta’minlash borasidagi profilaktik chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot etish maqsadida, respublikada nashr etilayotgan gazeta va jurnallarda 960 ta maqolalar chop etilib, radioda 11743 ta va televidenie orqali 2903 ta chiqishlar amalga oshirildi.
Favqulodda vaziyatlar, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi, Xalq ta’limi boshqarmalari va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hududiy tizimlarining mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan “Yosh qutqaruvchi” ko‘ngillilar klublari o‘rtasida shahar va tuman bosqichining musobaqalari o‘tkazildi. “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining 2015-2016 o‘quv yilidagi umumta’lim maktablari o‘rtasidagi shahar va tuman bosqichlarida jami 976 taumumta’lim maktablaridan 7806 nafar, 568 ta o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalaridan 4682 nafar o‘quvchilar jalb etilgan.20107 nafar kishi musobaqalarda bevosita kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan. Joriy yilning o‘tgan davrida jami 174 ta tuman va shaharlarda musobaqalarning quyi bosqichlari tashkil etilib, o‘tkazildi.
2016 yil mobaynida hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining Avariya-qutqaruv otryadlari tomonidan aholiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha jami 4301 ta chiqishlar amalga oshirildi.
Viloyatlardagi jami 696 ta iqtisodiyot ob’ektlarining jami 12247 nafar fuqaro muhofazasi tuzilmalarining qutqaruvchilari shahodatlashdan o‘tkazildi.
Respublikamiz hududidan xavfli tranzit yuklar va kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarning tranzit tashuvini nazorat qilish va tranzit xavfli yuklarni olib o‘tilishi yuzasidan belgilangan tartibda Mudofaa vazirligiga 27 ta, Tashki iktisodiy alokalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga 3 ta, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AKga 1 ta xulosalar hamda hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga 9 tako‘rsatmalar yuborildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda “Zararli chigirtkalarga qarshi kurashish” mavzusida jami 14 ta ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqlarini o‘tkazildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va “O‘ztransgaz” AK xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida, MXX DCHQQda, Ichki ishlar va Adliya vazirligiga tegishli Sud departamentida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirliklarida, Davlat Bojxona, Davlat Soliq va O‘zbekiston Respublikasi xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitalarida, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, O‘zRMTRKda, “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta va “O‘ztransgaz” AKlarda, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, Respublika parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyalarida, “O‘zarxiv” agentligida, “O‘zkimyosanoat” AJda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zgidromet” markazida hamda Toshkent shahar Olmazor tumani “Xoncharbog‘” MFYda is gazidan va botulizmdan zaharlanish va qutirish kasalligini oldini olish bo‘yicha seminarlar o‘tkazildi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, “O‘zbekoziqovqatzahira” uyushmasi va “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik tijorat banki, respublikamiz hududida faoliyat yuritayotgan mobil aloqa kompaniya operatorlari (“Coscom”, “RWC”, “Unitel”, “UMS” MCHJlar) Respublika aksiyadorlik-tijorat Sanoatqurilishbanki, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik holati tekshiruvdan o‘tkazildi va uslubiy yordam ko‘rsatildi.
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari boshqaruv organlari, kuch va vositalarining tayyorgarligini oshirish maqsadida, respublika viloyatlarida jami 27 ta qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari va iqtisodiyot ob’ektlarida jami 317 ta maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi. O‘quv mashqlarida jami 302620 nafar kishi o‘qitilib, 7711 ta maxsus texnikalar jalb etildi.
Respublikadagi uyali telefon operatorlari orqali aholini ob-havoning keskin o‘zgarishi va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi ehtimoli to‘g‘risidagi ma’lumotlardan xabardor etish maqsadida 129 ta SMS xabarlari yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Hukumat qarorlari va farmoyishlarining bajarilishi yuzasidan hisobot davriga qadar Favqulodda vaziyatlar vazirligida 4 ta qonun, 6 ta Prezident farmoni, 13 ta Prezident qarori, 13 ta Prezident farmoyishi hamda 74 ta Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari kelib tushgan bo‘lib, o‘rnatilgan muddatlarda belgilangan tadbirlar amalga oshirildi.
2016 yil mobaynida vazirlikka fuqarolardan jami 196 ta ariza va shikoyatlar kelib tushib, qonunda belgilangan muddatlarda chora-tadbirlar amalga oshirildi va ariza mualliflariga o‘z vaqtida javob xatlari yuborildi.
Olib borilgan tahlillar natijasiga ko‘ra, 2016 yil davomida respublika hududida 133 ta favqulodda vaziyat ro‘y berib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan (2015 yil davomida 162 ta) 18%ga kamaygan.
Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarida jami 342 nafar kishi jabrlangan (2015 yilda 284 nafar kishi), o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17%ga ko‘paygan, halok bo‘lganlar 258 nafar kishi (2015 yilda 315 nafar kishi), o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18%ga kamaygan.
Favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishiga asosan iqtisodiyot ob’ektlaridagi texnologik asbob-uskunalarning eskirganligi, fuqarolarning avtomobil vositalarini boshqarishda, gaz uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik hamda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilmasliklari sabab bo‘lmoqda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari 74 ta xalqaro anjumanlarda ishtirok etishdi (shundan 24 tasi chet elda). Xalqaro anjumanlarda ishtirok etgan vazirlik xodimlari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish sohasidagi chet el mamlakatlari tajribalarini tizimimiz faoliyatiga tadbiq etishni ta’minladilar.
2017 yildagi ustuvor vazifalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi PQ-585-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2016 yilda amalga oshirilgan ishlar yakuni va 2017 yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi yig‘ilishini o‘tkazish;
Gidrografik tamoyil asosida suv oqimlarini va boshqa suv ob’ektlarini, suv oqimlari bo‘ylab joylashgan suv xo‘jaligi ob’ektlarini va boshqa ijtimoiy ob’ektlarni, aholi punktlarini hamda sug‘oriladigan erlarni batafsil o‘rganish, mavjud emirilish, o‘pirilish, ko‘chish, cho‘kish hamda ob’ektlarni suv bosish xavfi mavjudligini aniqlash;
O‘rganish yakuni bo‘yicha aniqlangan ob’ektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va tiklash bo‘yicha ustuvor himoya ishlarini o‘z ichiga olgan 2018 yil uchun toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bo‘ylab barqaror va xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta’minlash bo‘yicha hududiy manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda Toshqinga qarshi hududiy komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
Gidrotexnika inshootlari (to‘g‘onlar, dambalar, kanallar, selxonalar, sel traktlari), shuningdek respublikaning umumiy foydalanishdagi ko‘priklari hamda daryo va soylar o‘zanlarining xavfli uchastkalari holatini o‘rganib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sel va toshqin suvlarini xavf-xatarsiz qabul qilish hamda avariyasiz o‘tkazib yuborishni tashkillashtirish va nazorat qilish;
Viloyatlarda suv toshqini va ko‘chki hodisalaridan aholini muhofaza qilish ishlarining olib borilishini tekshiruvdan o‘tkazish va amaliy yordam ko‘rsatish;
Respublika hududidagi barcha (yirik) suv omborlari gidrotexnik inshootlarining bahor-yoz yog‘ingarchilik mavsumlaridagi suv toshqinini talofatsiz o‘tkazib yuborishga tayyorgarlik holatini tekshiruvdan o‘tkazish va amaliy yordam ko‘rsatish: Toshkent viloyati (Ohangaron, Toshkent va CHorvoq suv omborlari);
Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan muhandislik-texnik himoya tadbirlari bajarilishini joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish;
Xavfli girometeorologik va ekzogen geologik jarayonlar xavfi mavjud hududlardagi ob’ektlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha aerokuzatuv ishlari amalga oshirish;
Toshqin, sel oqimlari kelishi mumkin bo‘lgan hududlardagi daryo, soy, kanal, kollektorlar o‘zanlarining toshqin suvlarini o‘tkazish qobiliyatiga salbiy ta’sir etuvchi inshootlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish hamda qirg‘oqlarda noqonuniy qurilgan bino, qurilma va inshootlarni ko‘chirish hamda buzib tashlashni amalga oshirish;
“Fuqarolarning qarovsiz hayvonlardan jabrlanishi va quturish kasalligini oldini olish oyligi”ni o‘tkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 8 iyuldagi 202-sonli “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bog‘liq xizmatlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan vazifalar yuklatilgan xizmatlarni kompleks tekshiruvdan o‘tkazish;