FVV ogohlantiradi:
27 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, shimoliy cho‘l hududlarida 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo‘ladi.

HISOBOT 2014 yil 1-chorak bo‘yicha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqin, sel, qor ko‘chkilari va ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-585 sonli, 2013 yil 28 fevraldagi “2013 yilda sel-toshqinlar va уer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan 

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini himoya qilish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1926-sonli Qarorlari hamda Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasining topshiriq va ko‘rsatmalari respublikamiz aholisi va hududlarini sel-suv toshqini va ko‘chki bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga qaratilgan.  

Ayni talab va ko‘rsatmalarning ijrosini ta'minlash maqsadida, 2014 yilning o‘tgan davrida bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

Jumladan, O‘zgidromet” markazi, Geologiya va mineral resurslari Davlat qo‘mitasi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda respublikaning Toshkent, Namangan, Jizzax, Samarqan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining baland tog‘li hududlaridagi qor qatlamini va sel oqimlari xavfi mavjud xududlar o‘rganish bo‘yicha 4 marotaba aerovizual kuzatuv ishlari olib borildi.

Davlatimiz rahbariyati tomonidan respublikamiz aholisi va hududlarini sel-toshqinlar va уer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida zaruriy muhandislik-texnik va boshqa himoya tadbirlarini amalga oshirish uchun 2014 yilda 14 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan.    

Buning natijasida Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi tabiiy ofat xavfi mavjud hududlarda yashayotgan aholini xavfsiz hududlarga ko‘chirish, insonparvarlik yordamlarini ko‘rsatish, mahalliy davlat organlari balansida bo‘lgan daryo va soylarning qirg‘oqlarini mustahkamlash va o‘zanlarini tozalash ishlari uchun kechiktirib bo‘lmaydigan birinchi navbatdagi muhandislik himoya tadbirlari olib borilib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshqin suvlarining oldi olinmoqda.

Bahor-yoz mavsumida sel oqimlari va suv toshqinlarini talofatsiz o‘tkazib yuborish, yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, viloyat, shahar va tuman hokimliklarida tezkor shtablar tashkil etilib, ular aloqa vositalari va avtotransport vositalari bilan ta'minlanib, tunu kun navbatchilik tashkil etilgan.

“O‘zgidromet” markazi hamda Geologiya va mineral resurslari Davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan xavfli hududlarda joylashgan xo‘jaliklarga ogohnoma va ko‘rsatmalar berilgan.

Xavfli hududlardagi vaziyatni nazorat qilish maqsadida, respublika bo‘yicha   nazorat-kuzatuv postlari tashkil etilib, ular zaruriy aloqa vositalari bilan ta'minlangan.

Aholi va hududlarni sel va suv toshqinlaridan himoya qilishdagi asosiy tadbirlardan biri bu – selxona va sel yo‘llarining sel oqimlarini to‘laqonli o‘tkazuvchanlik holatini ta'minlashdir. SHu maqsadda, respublika hududidagi suv omborlari, selxona va sel yo‘llarining sel oqimlarini qabul qilish va xavf-xatarsiz o‘tkazib yuborishga tayyorgarlik holati o‘rganib chiqildi.

Vazirlik Fuqaro muhfazasi institutida rahbarlar tarkibini tayyorlash jamlash rejasiga asosan 377 nafar tinglovchi tayyorgarlikdan o‘tkazildi. Hisobot davrida institut tomonidan idora, tashkilotlar va muassasalarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha joyiga chiqgan holda, 22 marotaba suhbatlar o‘tkazilib, ularda 1187 nafar tinglovchilar ishtirok etgan.  

Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining Aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari tomonidan 10164 nafar rahbar xodimlar belgilangan dasturlar asosida tayyorgarlikdan o‘tkazilgan.

Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shayligini oshirish, aholini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarga tayyorlash maqsadida, joylarda jami 18 ta qo‘mondonlik-shtab, 196 ta taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Respublikadagi uyali telefon operatorlari orqali aholini ob-havoning keskin o‘zgarishi va favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi ehtimoli to‘g‘risidagi ma'lumotlardan xabardor etish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari maqsadida 65 ta SMS xabarlari yuborildi.

Hozirda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda mamlakatimiz aholisi va hududlarini sel-toshqinlar va уer ko‘chkisi hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasidagi tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. 

FVV Matbuot xizmati

2014-04-10
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech