FVV ogohlantiradi:
27 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, shimoliy cho‘l hududlarida 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo‘ladi.

Yuridik xizmati tomonidan 2014 yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida HISOBOT

Vazirlik Yuridik  xizmati o‘z ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,

 

Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari va O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruqlari hamda  ko‘rsatmalari asosida amalga oshirib kelmoqda.
 

2014 yilning 9 oy davomida FVV Yuridik  xizmati tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
 

Huquq ijodkorligi, huquqni qo‘llash amaliyoti va huquqiy madaniyatni oshirish sohasida:
 

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuborilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 2014 yil 20 yanvardagi O‘RQ-365-sonli O‘zbekiston Respublikasining Qonunini qo‘llash bo‘yicha tadbirlar rejasi” loyihasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik nazorat to‘g‘risidagi Qonun qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi Qonuni loyihasi, Ichki ishlar vazirligi  tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonun loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning iqtisodiy tarmoqlarini 2014-2015 yilgi kuzgi-qishki mavsumga muqim ishlashga tayyorligini ta'minlash choralari haqida”gi Qarori loyihasi, Ichki ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan
 

“Pirotexnika buyumlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, saqlash, realizatsiya qilish, ularni yo‘q qilish va utilizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Makamasining “Ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘tkazilishi tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida”gi Qarori loyihasi, , Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kasb faoliyatining ayrim turlarini va ruhiy faoliyati buzilishi oqibatida xavfning yuqori manbai bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish uchun tibbiy moneliklar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori loyihasi, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Jamiyatning huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha Milliy reja” loyihasi, “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish Qoidalari” loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Professional qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va Yuridik  kadrlarning malakasini oshirish haqida”gi Qarori loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan ishlab chiqilgan “Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga уetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, ma'naviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risida”gi Nizomi loyihasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlari tomonidan ishlab chiqilgan Nizomlar loyihalari o‘rganilib, ularni normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan tegishli xulosalar berilishi ta'minlandi.
 

Shu bilan birga, Yuridik  xizmat tomonidan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda Fuqaro muhofazasi sohasida davlat nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori loyihasi tayyorlanib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishuvi amalga oshirilmoqda.
 

Vazirlik faoliyatida qonuniylikni ta'minlash sohasida:
 

Vazirlikda ishlab chiqilgan va rahbariyatga taqdim etilishi lozim bo‘lgan buyruqlar, buyruqnoma va huquqiy tusdagi boshqa hujjatlar loyihalari ularning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan ekspertizadan o‘tkazilib, ular yuzasidan huquqiy xulosalar berib borilishi ta'minlandi.
 

Vazirlik tashkil topgandan boshlab ishlab chiqilgan buyruqlar inventarizatsiyadan o‘tkazildi va hozirda inventarizatsiya natijasi yuzasidan dalolatnoma hamda jadvallar tuzilmoqda.
 

Harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini himoya qilish yo‘nalishida:
 

 Harbiy xizmatchilarni bilim saviyasi, ularni egallab turgan lavozimiga loyiqligi, lavozimga tavsiya qilinishi, harbiy unvonlar berilishi, yangi kontrakt tuzish, pensiya tayinlanishi munosabati bilan harbiy xizmat muddatini hisoblash hamda harbiy ixtisoslikni qo‘llanilishining  qonuniyligi holatini aniqlash bo‘yicha tegishli shahodatlash komissiyalari hamda ichki tekshiruv komissiyalari ishlarida ishtirok etib, komissiyalar ish faoliyatining qonuniyligi yuzasidan xulosalar berilishi ta'minlandi.
 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan kiritilgan qonunbuzilishi holatlarining kelib chiqish sabablari va ularni bartaraf etilishi yuzasidan kiritilgan taqdimnomalar muhokamasida qatnashilib, muhokama natijalari bo‘yicha buyruqlar loyihalari ishlab chiqilishida ishtirok etildi.
 

Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarga turar-joy ajratilishi va ta'minlanishi bo‘yicha vazirlik uy-joy bilan ta'minlash komissiyalari ishlarida qatnashilib, komissiya ishi va tuzilgan bayonnomalarning amaldagi qonunlar talablariga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berilishi ta'minlangan. Xususan o‘tgan 9 oy davomida vazirlik tizimi harbiy xizmatchilaridan 8 nafariga ipoteka kreditlari asosida turar-joy qurilishi bo‘yicha уer uchastkalari ajratilishi va kredit to‘lovlari berilishi yuzasidan tegishli xulosalar berilgan.
 

Qayd qilinganlardan tashqari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB harbiy xizmatchilari tomonidan o‘zini kanaldagi suvga tashlab o‘z joniga qasd qilgan fuqaroni izlashdagi xatti-harakatining qonuniyligi o‘rganilib, ekspert xulosasi tayyorlanishida ishtirok etildi.
 

Shartnomaviy-huquqiy, talabnoma-da'vo ishlari va huquqiy himoya qilish sohasida:
 

Vazirlik markaziy apparati boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlar bilan birgalikda vazirlik tomonidan xo‘jalik shartnomalarini tayyorlash va tuzish ishlarida qatnashilib, shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi tekshirilishi hamda shartnomalar loyihalariga, e'tiroz va takliflar bo‘lmasa, viza qo‘yilishi ta'minlangan;
 

Qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summadagi shartnomalarning qonunchilikka muvofiqligi yuzasidan yozma xulosalar tayyorlanib imzolanishi ta'minlangan.
 

Shartnomalarni tuzish, bajarish, o‘zgartirish va bekor qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishi nazorat qilib kelingan.
 

Vazirlik va uning tarkibiy tuzilmalarining manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha talabnomalar tayyorlashda va vazirlikka nisbatan bildirilgan talabnomalarni ko‘rib chiqishda qatnashilib, talabnomalar bildirish va ularni ko‘rib chiqish tartibiga rioya etilishi nazorat qilinishi ta'minlangan.
 

Shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan da'vo ishlari olib borilgan.
 

Vazirlikning mulkiy va boshqa manfaatlarini huquqiy himoya qilish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni tayyorlashda hamda belgilangan tartibda sud majlislarida qatnashilishi ta'minlangan.
 

Xususan, o‘tgan davr davomida jami 190 ta xo‘jalik shartnomalari o‘rganilib, ulardan 9 tasi qayta ishlanib, 16 tasi bo‘yicha shartnoma miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ikki yuz baravaridan ortiq summaga tuzilganligi sababli, ular bo‘yicha yozma xulosalar berilgan.
 

Harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy savodxonligini oshirish sohasida:
 

Vazirlik harbiy xizmatchi va xizmatchilari bilan ularning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘nalishida vazirlikda ishlab chiqilgan reja asosida tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
 

Boshqa sohalarda:
 

Vazirlik tizimiga kiradigan boshqarma, mustaqil xizmat va bo‘limlarning huquqiy ishlariga metodik yordam ko‘rsatilishi ta'minlanib kelinmoqda.
 

Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma'lumotlar, sud amaliyoti, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining huquqiy ishlarga taalluqli ko‘rsatmalarini vazirlik tizimiga kiradigan boshqarma, mustaqil xizmat va bo‘limlar e'tiboriga уetkazilishi ta'minlangan.
 

Vazirlik nomidan qonunlar va qonunosti hujjatlar muhokamalari, shuningdek boshqa masalalar yuzasidan o‘tkazilgan seminarlar va halqaro konferensiyalarda ishtirok etilishi ta'minlangan.
 

Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqilishida ishtirok etilib, ariza mualliflariga javob xati tayyorlash, murojaatni ko‘rib chiqilishi bo‘yicha xulosa tuzish va axborot xati tayyorlanishida ishtirok etilib xodimlarga amaliy yordam berilishi ta'minlandi.
 

FVV Matbuot xizmati

2014-10-24
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech