FVV ogohlantiradi:
26 may kuni ob-havo o'zgaruvchan, ayrim joylarda kam bulutli bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 34-39*S issiq bo'lib, shimoliy cho'l hududlarida 40-41* S gacha issiq bo'ladi.

Ơzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziiyatlardan muhofaza qilish bơyicha 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar t'g'risida HISOBOTI

 

 Favqulodda vaziyatlar vazirligida 2017 yilda asosiy e'tibor vazirlik tizimini tubdan isloh qilish, vazirlik tashkiliy strukturasini aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bơyicha vazifalardan kelib chiqqan holda qayta kơrib chiqish, hududiy va tarkibiy tuzilmalarning doimiy shayligini ta'minlash hamda aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga ơrgatish masalalariga qaratdi.

Bu borada Ơzbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni va 3 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 12 ta qarori va 40 dan ziyod idoralararo hamda idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, tizimni takomillashtirish bơyicha eng muhim yơnalishlar belgilandi.

2017-2021 yillarda Ơzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yơnalishi bơyicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi asosida Hukumat qarorlari bilan qator tizimli tadbirlar amalga oshirilishi yơlga qơyildi. Jumladan, 2017 yilda Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq fuqaro muhofazasi tuzilmalari va ular tuziladigan tashkilotlarni belgilash tartibi hamda tuzilmalarni moddiy-texnik vositalar bilan ta'minlash me'yorlari (9 iyundagi 369-son), favqulodda vaziyatlar xavfi yoki sodir bơlganligi haqida aholiga xabar berish va ma'lumot (axborot) etkazishning avtomatlashtirilgan tizimi (8 avgustdagi 601-son), favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimi (28 dekabrdagi 1027-son) joriy qilib, ularning faoliyatini yơlga qơyish bơyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Хalq bilan muloqotni yanada kengaytirish, favqulodda vaziyatlarga olib kelishi mumkin bơlgan joylardagi xavf-xatarlarni oldindan aniqlash va barvaqt bartaraf etishni ta'minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 21 avgustdagi 650-sonli qarori asosida “Maxalla fuqaro muhofazasi” tizimi tashkil qilindi. Dastlabki bosqichda 8025 ta mahalla fuqarolar yiğinlarida kơngilli qutqaruv guruhlari rơyxatlari shakllantirilib, 6281 ta mahallalarda ơquv maslahatxonalarini yaratish ishlari olib borilmoqda.

Respublika hududida profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish va maksimal darajada qamrab olish maqsadida, tuman va shaharlarda qơshimcha favqulodda vaziyatlar bơlimlari tashkil qilinib, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar tayorlashning yaxlit tizimi
(5 ta oily ta'lim muassasasida - 110 nafar talaba, 5 ta kasb-hunar kollejida 105 nafar ơquvchi hamda Fuqaro muhofazasi institutida Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi bơyicha magistraturada 25 nafar tinglovchi) tashkil etildi.

Tizimni takomillashtirish ishlari bilan birga, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasida qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi, jumladan:

Ơzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining toshqin suvlari va sel oqimlarini suv oqimlari bơylab barqaror va xavfsiz ơtkazib borishni ta'minlashga oid qarorlariga muvofiq Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologi xizmati markazi hamda Geologiva mineral resurslar davlat qơmitasi mutaxassislari tomonidan xavfli hududlarda joylashgan xơjaliklarga ogohnoma va kơrsatmalar berilishi tashkil qilinib, respublika bơyicha kơchirilishi lozim bơlgan 177 ta xơjaliklardan (811 nafar aholi) real xavf mavjud hududlardan 66 ta xơjalik (344 nafar aholi) vaqtincha, 111 ta xơjalik (467 nafar aholi) doimiy ravishda xavfsiz joylarga kơchirildi.

Hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan respublika bơyicha 306 ta korxona, tashkilot, muassasalarning favqulodda vaziyatlarga tayorgarligi va fuqaro muhofazasi bơyicha holati tekshirilib, kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam kơrsatildi. FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining boshqaruv organlari, kuch va vositalarining tayorgarligini oshirish maqsadida, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida hamkorlikdagi kơmondonlik-shtab ơquv mashqlari, shaharlar va tumanlar miqyosida jami 37 ta qơmondonlik-shtab ơquv mashqlari, iqtisodiyot obyektlarida 541 ta maxsus-taktik ơquv mashqlari ơtkazilib, ularda jami 729.890 nafar fuqaro tayorgarlikdan ơtkazildi va 10.145 ta maxsus hamda muhandislik texnikalari jalb qilindi.

Ishlab chiqarish va xizmat kơrsatish sohasiga jalb etilmagan aholi ơrtasida 8110 marta tushuntirish ishlari va suhbatlar ơtkazilib, ularda jami 593.104 nafar aholi ishtirok etdi.

Ta'lim muassasalarida tashkil qilingan “yosh qutqaruvchi” kơngillilar klublari ơrtasida shahar, tuman va viloyat bosqichlarining musobaqalari (1816 ta umumta'lim maktablaridan 14520 nafar, 137 ta kasb-hunar kollejlari va akademik liseylardan 9088 nafar ơquvchilar qatnashgan), vazirlik va idoralar qutqaruv xizmatlari ơrtasida “Qutqaruvchilar kơpkurashi” respublika musobaqalari (22 ta jamoadan 176 nafar qutqaruvchi qatnashgan) ơtkazildi.

Respublika bơyicha shahodatlashdan ơtkazilishi lozim bơlgan 941 ta iqtisodiyot obyektlari va ularning 14.545 nafar xodimlaridan 706 ta (75%) iqtisodiyot obyektlarining qutqaruv tuzilmalari tarkibiga kiritilgan 13.454 nafar (92,5%) xodimlari shahodatlashdan ơtdi.

2017 yil davomida favqulodda vaziyatlar rơy berishi xavfini oldini olish, sodir bơlgan favqulodda vaziyatlarni tezkor bartaraf etish uchun kechiktirib bơlmaydigan tadbirlar va qutqaruv ishlarini amalga oshirish bơyicha Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv tuzilmalari tomonidan 5279 ta chiqishlar amalga oshirilib, fuqarolarga zarur yordam kơrsatildi.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziiyatlardan muhofaza qilish bơyicha 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar tơğrisida HISOBOTI (0.21 Мб)

  • Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziiyatlardan muhofaza qilish bơyicha 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar tơğrisida HISOBOTI (0.05 Мб)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech