Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Markaziy apparat

Vazir kotibiyati boshlig‘i

Parpiyev Akmal Norqo'ziyevich

       Vazir kotibiyati boshlig‘ining asosiy funksional vazifalari

  1. Vazirning boshqaruv faoliyatini tashkiliy-texnik, axborot-tahlil va ma'lumot-hujjatlar bilan ta'minlashni tashkil etish;
  2. vazir tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarni ma'lumot va tegishli hujjatlar bilan ta'minlaydi. Vazir ishtirok etadigan rejadagi tadbirlar, rasmiy uchrashuvlar, qabul va suhbatlar, tashrif va xizmat safarlari davomida vazirlik boshqarmalari, hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar ish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  3. kunlik va istiqbolli ish rejalarini muvofiqlashtiradi va bajarilishini nazorat qiladi;
  4. vazirning topshirig‘iga ko‘ra, vazirlik va idoralar, tashkilotlarda o‘tkaziladigan tadbirlarda vazirlik nomidan ishtirok etuvchi xodimlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
  5. vazir huzurida o‘tkaziladigan tezkor yig‘ilish va majlislarga tayyorgarlik ko‘radi va o‘tkazilishini ta'minlaydi.
  6. vazir topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish va nazorat qilish.

Qutqaruv kuchlari xizmatini va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil qilish Bosh boshqarmasi boshlig‘i

Zuparov Sanjar Toxirovich

Qutqaruv kuchlari xizmatini va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil qilish Bosh boshqarmasining asosiy funksional vazifalari

Vazirning buyruqlari, direktivalari va farmoyishlari, vazir birinchi o‘rinbosarining buyruqnomalari va farmoyishlari asosida bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha boshqarmalar faoliyatini nazorat qiladi;

Bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarilishiga va sifatiga shaxsan javobgar hisoblanadi;

bosh boshqarma tarkibidagi boshqarmalar nizomlari hamda xodimlarning funksional vazifalarini ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini tashkil etadi;

bosh boshqarma faoliyati bo‘yicha vazir, vazirning birinchi o‘rinbosariga tahliliy ma'lumotlarni tayyorlanishini tashkil etadi;

vazir yoki vazir birinchi o‘rinbosarining topshirig‘i bo‘yicha joylarda davlat yoki xo‘jalik boshqaruv, davlat hokimiyati organlarida vazirlikka taalluqli masalalar yuzasidan vazirlikning vakili sifatida ishtirok etadi;

bosh boshqarma xodimlarini lavozimga tayinlash, o‘zgartirish va bo‘shatish, taqdirlash hamda mukofotlash, harbiy unvonga tafsiya qilish, shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarni xizmatdan bo‘shatish bo‘yicha takliflar kiritadi, shuningdek, bosh boshqarmada xizmat intizomiga rioya qilinishini ta'minlaydi;

bosh boshqarma tarkibidagi boshqarmalarning faoliyati davomida hamjihatliligini ta'minlaydi hamda vaziflarni belgilaydi;

o‘rnatilgan tartibda barcha turdagi qutqaruv xizmatlari bo‘linmalari va ularning shaxsiy tarkibini oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishi bo‘yicha jangovar shayligini tekshiradi;

tarkibiy tuzilmalarning va qutqaruv xizmatlari rahbarlarining xizmat-jangovar faoliyatining holati bo‘yicha hisobotlarini tinglaydi;

bosh boshqarma tarkibini takomilashshtirish bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritadi;

shaxsiy tarkibning psixologik, ruxiy va ishlash sifatini, tarbiyasi va siyosiy yetukligini o‘rganadi;

bosh boshqarmaning faoliyati bo‘yicha axborot taxlil ma'lumotlarni va ish rejasini ishlab chiqilishini ta'minlaydi hamda vazirga va uning birinchi o‘rinbosariga tasdiqlash uchun kiritadi.

Vazir va uning birinchi o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan vazirlikning hay'at yigilishlari va tezkor majlislarda ko‘rib chikish uchun taklif va masalalar kiritish;

vazirlik rahbariyatining topshirig‘i ko‘ra o‘z vakolatidan tashqari vazifalarni ham bajaradi.

  • Qutqaruv kuchlari xizmatini va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil qilish Bosh boshqarmasining asosiy funksional vazifalari (0.06 Мб)

FVDT va FM rejalashtirish va ta’minlashni tashkil etish Bosh boshqarmasi boshlig‘i

Kambarov Davron Saidkamalovich

Asosiy vazifa va funksiyalari

1. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda Fuqaro muhofazasi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi va Fuqaro muhofazasi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tadbirlarini rejalashtiradi va ta'minlaydi;

Toshqinlar va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta'minlash, qor ko‘chishi va ko‘chkilar xavfini kamaytirish bo‘yicha Hukumat komissiyasi faoliyatini tashkil etishni ta'minlaydi;

Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi Respublika xududidagi suv havzalarida kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlar) xavfsiz foydalanish sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi hududiy va quyi tizimi va tegishli ob'ektlar tomonidan aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish shuningdek, Fuqaro muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish va ijrosini ta'minlashda tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatilishiga raxbarlik qiladi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.

2. a) Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda Fuqaro muhofazasi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

soha faoliyatining tahlilidan kelib chiqib, kelgusida FVDT va FM sohasini rivojlantirish va takomillshatirish istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqadi;

FVDT va FM sohasini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Hudud, shahar va ob'ektlarning Fuqaro muhofazasi bo‘yicha toifa darajasining belgilanishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda Fuqaro muhofazasi bo‘yicha Rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha Hukumat va hududiy komissiyalar faoliyatini tashkiliy - axborot jihatdan ta'minlaydi.

b) Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi va Fuqaro muhofazasi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish tadbirlarini rejalashtirish sohasida;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimini asosiy tadbirlar rejasini ishlab chiqadi hamda ijrosini nazorat qiladi;

ob'ektlarni barqarorligi va hayot faoliyati tizimini oshirish, hududlar va iqtisodiyot ob'ektlarini muhandislik himoyasi, aholi va hududlarni radiatsion, kimyoviy, biologik xavflardan muhofaza qilish hamda kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydlanish chora tadbirlarini tashkil etish va olib borilishini nazorat qiladi;

tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi funksional va hududiy quyi tizimi faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etadi;

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish hamda Fuqaro muhofazasi sohasida o‘ta muhim va toifalangan, potensial xavfli ob'ektlar faoliyatini nazorat qiladi;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi hududiy va quyi tizimi va tegishli ob'ektlar tomonidan aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish shuningdek, Fuqaro muhofazasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga amal qilinishini nazorat qilish maqsadida reja asosida tekshiruvlarni tashkil etadi;

FVDT va Fuqaro muhofazasi bo‘yicha mas'ul xizmatlar, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, favqulodda vaziyatlarda aholini va hududlarni himoya qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan korxona va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish va oqibatlarini bartarf etish bo‘yicha faoliyati yuzasidan ma'lumotlarni yig‘adi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.

v) Toshqinlar va sel oqimlarini xavfsiz o‘tkazib yuborishni ta'minlash, qor ko‘chishi va ko‘chkilar xavfini kamaytirish bo‘yicha Hukumat komissiyasi faoliyatini tashkil etishni ta'minlash sohasida;

Toshqinga qarshi kurash komissiyasining navbatdagi va rejadan tashqari yig‘ilishlariga aholini va hududlarni, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ob'ektlarini sel, toshqin va ko‘chki xodisalaridan muhandislik muhofaza ishlarini tashkil etilishi yuzasidan materiallar tayyorlash;

Toshqinga qarshi kurash komissiyasiga aholini va hududlarni, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ob'ektlarini sel, toshqin va ko‘chki xodisalaridan muhandislik muhofaza ishlarini tashkil etilishi;

hududiy yig‘ma manzilli dasturlarni jamlaydi va umumlashtiradi, kelgusi yilda sel suv toshqinlarini xavfsiz o‘tkazilishini ta'minlash yuzasidan xududiy yig‘ma manzilli dasturlarni Toshqinga qarshi kurash komissiyasiga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

gidrometeorologik va xavfli geologik jarayonlar xududlaridan aholini va iqtisodiyot ob'ektlarini ko‘chirishni muvofiqlashtiradi va nazoratini olib boradi.

g) aholini va hududlarni radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza qilish sohasida aholini va hududlarni radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza qilishni tashkil etadi va nazorat qiladi;

radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza yo‘nalishiga doir rahbarlik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi;

radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik muhofaza yo‘nalishiga doir tadbirlarni rejalashtiradi va ijrosini ta'minlaydi.

d) Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi Respublika xududidagi suv havzalarida kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlar) xavfsiz foydalanishda davlat nazoratini amalga oshirish sohasida;

suv havzalarida xavfsiz suzish sharoitlarini, vakolat doirasida fuqarolar xavfsizligini ta'minlash borasida kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni nazorat qiladi va texnik ko‘rikdan o‘tkazadi;

kichik hajmli kemalar bo‘yicha normativ - huquqiy xujjatlarni ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalar (inshootlar)dan foydalanish bo‘yicha tartibga soluvchi huquqiy xujjatlar talablariga rioya qilinishi yuzasidan nazorat ishlarini tashkil etadi;

ro‘yxatga olingan kichik hajmli kemalarni elektron bazasini shakllantiradi va kichik hajmli kemalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomalar xisobini yuritadi;

kichik hajmli kemalar haydovchilarini o‘qitishni tashkil etadi va nazoart qiladi.

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida normativ-huquqiy xujjatlar talablariga rioya qilinishini belgilangan tartibda nazoratini olib borada;

suv havzalaridagi kichik hajmli kemalarda odamlar bilan bog‘liq baxtsiz xodisalar va avariyalar hisobini yuritadi;

sohaga oid bo‘lgan texnik talablar va texnik reglamentlarni ishlab chiqilishida ishtirok etadi;

jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish talablariga rioya etilishini nazorat qiladi;

maxalliy sharoitlarni hisobga olgan holda, kichik hajmli kemalar inspeksiyasi nazoratidagi kemalarning quvvati va motorlar sonidan kelib chiqib, ulardan foydalanish tartibida suzish xududi bo‘yicha qo‘shimcha cheklovlarni belgilaydi;

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida belgilangan tartibda xalqaro hamkorlik tadbirlarida ishtirok etadi va horijiy tajribalarni o‘rgangan holda mos kelgan tabdirlarni amaliyotga qo‘llash choralarini ko‘radi;

normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash davomida o‘z faoliyatini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.

y) Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi hududiy va quyi tizimi va tegishli ob'ektlar tomonidan aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish shuningdek, Fuqaro muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish va ijrosini ta'minlashda tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatilishiga raxbarlik qilish sohasida;

FVDT va Fuqaro muhofazasi yuzasidan xodimlarning murojaatlari bo‘yicha ularga soha faoliyatiga oid tegishli huquqiy hujjatlarni topishda ko‘maklashadi va zarur hollarda ularning qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

soha yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi normativ-huquqiy xujjatlarga kiritilgan o‘zgartirishlar haqidagi ma'lumotlarni, ma'muriy amaliyotni va vazirlik rahbariyatining sohaga taalluqli bo‘lgan ko‘rsatmalarini xududiy tuzilmalarga yetkazadi.

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi hududiy va quyi tizimi, boshqaruv organlari va Fuqaro muhofazasi xizmatlari faoliyatini rejalashtirish va tashkillashtirishga oid vazirlik raxbariyatining buyruqlari, farmoyishlari, direktivalari va boshqa raxbarlik xujjatlarini ishlab chiqadi;

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimi hududiy va quyi tizimi, boshqaruv organlari va Fuqaro muhofazasi xizmatlarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tayyorgarligini tekshirishni rejalashtiradi va amalga oshiradi.

Soha yo‘nalishida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.

  • Asosiy vazifa va funksiyalari (0.08 Мб)

Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish Bosh boshqarmasi boshlig‘i

Muzaffarov O‘lmas To‘rayevich

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi

 asosiy vazifalari:

  1. a) davlat yong‘in nazorati va yong‘inlar profilaktikasini amalga oshirish bo‘yicha DYoN organlari tizimiga rahbarlik qilish;
  2. b) davlat yong‘in nazorati va yong‘inlar profilaktikasi amalga oshirilishini tashkil qilish;
  3. v) tergovga qadar tekshiruv va ma'muriy amaliyotni nazorat qilish, shuningdek, yong‘inlar va ularning oqibatlari bo‘yicha statistikani yuritish;
  4. g) yong‘in xavfsizligi talablarini normativ jihatdan tartibga solish;
  5. d) qurilish ob'ektlarining yong‘in xavfsizligi ta'minlash doirasida loyiha hujjatlarini nazorat qilish;
  6. e) shaharsozlik amaliyotida yong‘in xavfsizligini nazorat qilish;
  7. o) aholiga yuz berishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va oqibatlarining oldini olish bo‘yicha kompleks yordam ko‘rsatish, aholi bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish;

 funksiyalar:

  1. a) o‘z vakotlati doirasida davlat yong‘in nazoratini tashkil etish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni joriy va istiqbolda rejalashtirishni amalga oshiradi;

tashkiliy-metodik boshqaruvni amalga oshiradi, DYoN organlari faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar holatini o‘rganadi va tahlil qiladi;

DYoN hududiy organlari mansabdor shaxslari bilan mavzuga doir yig‘ilish va seminarlar tashkil qiladi hamda o‘tkazadi;

  1. b) respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat yong‘in nazoratini tashkil qiladi va amalga oshiradi;

vazirlik va idoralarning yong‘in xavfsizligini ta'minlash masalalarini ko‘rib chiqishga doir hay'at va yig‘ilishlarda ishtirok etadi;

respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlariga doimiy ravishda yong‘in xavfsizligi talablarini buzuvchi yoki DYoN organlarining yozma ko‘rsatmasini bajarmayotgan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish haqida taqdimnomalar kiritadi;

  1. v) sodir bo‘lgan yong‘inlar yuzasidan DYoN organlari mansabdor shaxslari tomonidan tergovga qadar tekshiruv to‘g‘ri o‘tkazilganligi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

DYoN organlari mansabdor shaxslari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy jarimalarning to‘g‘ri qo‘llanilganligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

respublika bo‘yicha yong‘inlar va ularning oqibatlari to‘g‘risidagi davlat statistik hisobotini yuritadi;

avtomatlashtirilgan axborot tizimining (“Yong‘inlar hisobi” AAT) kuzatib borilishini (texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi) amalga oshiradi va ma'lumotlar bazasini shakllantiradi; 

foydalanuvchilar va tegishli tashkilotlar so‘rovnomasiga asosan ularni “Yong‘inlar hisobi” AATdan statistik ma'lumot bilan ta'minlaydi;

  1. g) mustaqil ravishda yoki davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etadi; yong‘in xavfsizligi talablarini o‘z ichiga olgan texnik reglament, standart va boshqa normativ hujjatlarning ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
  2. d) shaharlar, tumanlar va aholi punktlarining ishlab chiqilayotgan bosh rejalariga qurilish sohasidagi yong‘in xavfsizligi talablariga asosan takliflar kiritadi;

qurilish ob'ektlarining loyiha hujjatlaridagi yong‘inga qarshi tadbirlani amaldagi shaharsozlik  normalari va qoidalariga mosligini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha mutaxassis xulosalarini beradi;

loyihalarda va qurilishlarda qo‘llanilayotgan zamonaviy yong‘inga qarshi himoya tizimlari bo‘yicha qabul qilinayotgan xorijiy va mahalliy tajribalarni o‘rganadi hamda ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar kiritadi;

  1. e) qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) va qurilishi tugallangan ob'ektlarni, shu jumladan, ob'ektlarga o‘rnatilgan yong‘inga qarshi texnik himoya vositalarini foydalanishga qabul qilish komissiyalari tarkibida ishtirok etadi, shuningdek, qurilish materiallariga va konstruksiyalariga olovdan himoya qilish vositalari bilan ishlov berish yo‘li orqali yong‘inga bardoshlilik darajasini oshirish bo‘yicha bajarilgan ishlarning sifatini komissiya tarkibida tekshiradi;
  2. o) o‘rnatilgan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning yong‘in nazorati va profilaktikasini amalga oshirish, yong‘in holatlari va ma'muriy ish yuritish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish, shuningdek, loyihalashtirish va qurilish jarayonida yong‘in xavfsizligini ta'minlashga oid murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

axborot-kommunikasiya texnologiyalari orqali shaharsozlik faoliyatida davlat xizmatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini ta'minlaydi;

jismoniy va yuridik shaxslarga yong‘in xavfsizligini ta'minlash, shu jumladan, ob'ekt va inshootlarni loyihalash hamda qurishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi masalalarida maslahatlar beradi.

  • asosiy vazifalari (0.13 Мб)

Tuzilmalarning xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i

Sotiyev Xurshid To‘lqinboyevich

Asosiy funksional vazifalari

Vazirning direktivalari, buyruqlari va farmoyishlari, vazirning birinchi o‘rinbosari buyruqnomalari va farmoyishlari asosida boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha bo‘limlar faoliyatini olib boradi;

boshqarma tarkibidagi bo‘limlarning nizomlari hamda xodimlarini funksional vazifalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

barcha turdagi qutqaruv xizmatlari bo‘linmalari va ularning shaxsiy tarkibini oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishiga jangovar shayligini tekshiradi;

boshqarma faoliyati bo‘yicha vazir, vazirning birinchi o‘rinbosariga tahlili ma'lumotlarni tayyorlaydi;

boshqarma tarkibidagi bo‘lim boshliqlarini faoliyati davomida hamjihatliligini ta'minlaydi hamda vaziflarni belgilaydi;

boshqarmaning ish rejasini ishlab chiqadi hamda vazirning birinchi o‘rinbosariga tasdiqlash uchun kiritadi.

o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritadi:

boshqarma xodimlarini lavozimga tayinlash, o‘zgartirish va bo‘shatish, taqdirlash hamda mukofotlash, harbiy unvonga tafsiya qilish, shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarni xizmatdan bo‘shatish bo‘yicha takliflar kiritadi, shuningdek, boshqarmada xizmat intizomiga rioya qilinishini ta'minlaydi;

boshqarma tarkibini takomilashshtirish bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritadi;

vazir yoki vazirning birinchi o‘rinbosarining topshirig‘i bo‘yicha joylarda davlat yoki xo‘jalik boshqaruv organlariga, davlat hokimiyati organlariga vazirlikka taalluqli masalalar yuzasidan vazirlikning vakili sifatida ishtirok etadi;

tarkibiy tuzilmalarning va qutqaruv xizmatlari rahbarlarining xizmat-jangovar faoliyatining holati bo‘yicha hisobotlarini tinglaydi;

shaxsiy tarkibning psixologik, ruxiy va ishlash sifatini, tarbiyasi va siyosiy yetukligini o‘rganadi;

boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga shaxsan javobgar hisoblanadi;

vazirlik rahbariyatining topshirig‘i ko‘ra o‘z vakolatidan tashqari vazifalarni ham bajaradi;

bosh boshqarma boshlig‘i yo‘q bo‘lganida uning vazifalarini bajaradi.

  • Asosiy funksional vazifalari (0.12 Мб)

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boshqarmasi boshlig‘i

Norqulov Rustam Orifovich

Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boshkarmasining asosiy funksional vazifalari

Vazir direktiva, farmoyish va buyruqlari, vazir birinchi o‘rinbosarining buyruqnoma va farmoyishlari asosida topshirilgan vazifalarni bajarish bo‘yicha boshqarma faoliyatini olib boradi;                  

boshqarma xodimlarining funksional vazifalari va bo‘limlarning nizomlarini tasdiqlaydi;

boshqarmaning faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha ahborot-tahlil hujjatlarini tayyorlab, vazir hamda vazir birinchi o‘rinbosariga taqdim etadi;

boshqarma bo‘limlari boshliqlarining faoliyatini tizimli ravishda olib boradi hamda vazifalarini aniqlab beradi;

boshqarma rejalarini ishlab chiqib, tasdiqlatish uchun vazir birinchi o‘rinbosariga taqdim etadi.

O‘rnatilgan tartibda quyidagi takliflarni kiritadi:

boshqarma xodimlarini lavozimga tayinlash, o‘zgartirish va bo‘shatish, taqdirlash va mukofotlash, harbiy unvonga tavsiya qilish, shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarni xizmatdan bo‘shatish, boshqarma xizmat tartib-intizomini saqlashni ta'minlash;

boshqarma tizimini takomillashtirish;

vazirlikning hay'at yig‘ilishlari va tezkor majlislarda ko‘rib chikish uchun masalalar kiritish.

Vazir yoki vazir birinchi o‘rinbosarining topshirig‘i bo‘yicha joylardagi davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi, davlat hokimiyati organlariga vazirlikka taalluqli masalalarni taqdim etadi;

tarkibiy tuzilmalar va qutqaruv xizmatlari rahbarlarining xizmat-jangovar faoliyat xolati bo‘yicha hisobotlarini tinglaydi;

shaxsiy tarkibning psixologik-ruhiy xolati, xizmat sifati, tarbiyasi va siyosiy yetukligini o‘rganib boradi;

boshqarmaga topshirilgan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi;

vazirlik rahbariyati topshirig‘i bo‘yicha vakolatlarga ega bo‘ladi;

bosh boshqarma boshlig‘i xizmat joyida bo‘lmagan taqdirda (xizmat safari, xizmat ta'tili yoki kasallik sababli), uning vazifalarini bajaradi.

  • Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish boshkarmasining asosiy funksional vazifalari (0.06 Мб)

Tashkiliy-tezkor boshqarmasi boshlig‘i

Sadirov Xurshid Ergashevich

Boshqarmaning asosiy vazifa va fuknsiyalari

 1. vazirlik faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalda tatbiq etishda qatnashish;

vazirlik tizimida rejalashtirish tadbirlarini muvofiqlashtirish va tashkil etish;

vazirlik markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalari xizmat faoliyatini o‘rganish, tahlil qilish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;

vazirlik Shtabi tarkibida Tashkiliy-tezkor boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini baholash;

vazirlik hay'at yig‘ilishlarini tayyorlash va o‘tkazishni tashkil qilish hamda hay'at yig‘ilishlari qarorlari ijrosini tayyorlashda qatnashish;

vazirlik rahbariyati ko‘rsatmasiga asosan boshqa vazifalarni bajarish.

2. a) vazirlik faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va amalda tatbiq etishda qatnashish sohasida:

vazirlik faoliyatini takomillashtirish sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;

vazirlik tuzilmalari va organlari faoliyati samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda baholash mezonlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

b) vazirlik tizimida rejalashtirish tadbirlarini muvofiqlashtirish va tashkil etish sohasida:

FVDT asosiy tadbirlar rejasiga muvofiq vazirlik faoliyatiga taalluqli tadbirlarni kiritgan holda Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy tadbirlar rejasini ishlab chiqadi va tasdiqlangandan so‘ng uning ijrosi ustidan nazorat olib boradi;

vazirlik bosh boshqarmalari, mustaqil boshqarma, bo‘lim, xizmat, markazlari, hududiy va tarkibiy tuzilmalari hamda bo‘ysunuvidagi tashkilotlar tomonidan asosiy tadbirlar rejalarining ishlab chiqilishini nazorat qiladi;

rejalashtirishni tashkil qilish sohasida vazirlik tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda metodik ta'minlashni amalga oshiradi;

rejalashtirish va tuzilmalar faoliyatini tahlil qilish sohasida hududiy Tezkor bo‘limlari shaxsiy tarkibining bilim va malakasini oshirishga qaratilgan o‘quv-uslubiy yig‘inlarni rejalashtiradi va tashkil qiladi;

v) vazirlik markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalari xizmat faoliyatini o‘rganish, tahlil qilish hamda takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish sohasida:

vazirlik Markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalari faoliyati samaradorligi tahlilini tashkil etadi;

vazirlik organlari va tuzilmalari faoliyatidagi dolzarb muammolar muhokamasi hamda ularning yechimi bo‘yicha qarorlarni tayyorlashda qatnashadi;

vazirlik tizimida tezkor rejalashtirish, tuzilmalar faoliyatini baholash sohasida tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha ekspertlarni jalb qilgan holda seminarlar, muhokamalar va amaliy tadbirlarni tashkil qiladi;

boshqarma faoliyati yo‘nalishida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganib, ularning ijobiy jihatlarini vazirlik tizimida qo‘llash yuzasidan asoslangan takliflar kiritadi;

g) vazirlik Shtabi tarkibida Tashkiliy-tezkor boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish va qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini baholash sohasida;

harbiylashtirilgan tuzilmalar bilan hamkorlikdagi rejalarning ishlab chiqilishini tashkil etadi;

hamkorlikdagi rejalarda vazirlik Markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari, hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;

vazirlik boshqaruv organlari, kuch va vositalarining hamkorlikdagi rejalarda belgilangan tadbirlarni bajarishga tayyorgarlik holatini nazorat qiladi va tahlilini yuritadi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar)lar miqyosida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarini amaldagi talablar asosida o‘tkazish rejalariga takliflar kiritadi;

qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari yakunlari bo‘yicha samaradorligini baholaydi hamda bu boradagi ilg‘or tajribani tatbiq etish choralarini ko‘radi.

d) vazirlik hay'at yig‘ilishlarini tayyorlash va o‘tkazishni tashkil qilish hamda hay'at yig‘ilishlari qarorlarini tayyorlashda qatnashish sohasida;

vazirlik tizimidagi dolzarb masalalarning hay'at yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilishini tashkil qilib, yig‘ilish materiallarini umumlashtiradi;

boshqarma xizmat faoliyati sohasidagi axborot-tahliliy materiallarni umumlashtirish, tayyorlash hamda vazirlik rahbariyati va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta'minlaydi.

  • Boshqarmaning asosiy vazifa va fuknsiyalari (0.07 Мб)

Axborot-kommunikasiya texnologiyalari, aloqa va xabar berish tizimini rivojlantirish boshqarmasi boshlig`i

Vakant

Aloqa va axborotlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari:

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining barcha darajalari va bo‘g‘inlarida aholini xabardor qilish tadbirlarini tashkillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

qutqaruv va kechiktirib bo‘lmaydigan avariya ishlarini olib borilishida vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalari aloqa va xabar berish tizimini tashkillashtirish;

vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda vazirlik aloqa tizimini tayyorligini tashkillashtirish va ta’minlash;

vazirlik markaziy apparati, aloqa tarmog‘i va tuzilmalarini aloqa, xabar berish va axborotlashtirish vositalari bilan ta’minlashni tashkillashtirish;

vazirlik markaziy apparati va tuzilmalarida aloqa va axborotlashtirish vositalaridan foydalanish, saqlash, ta’mirlash va hisobdan chiqarish bo‘yicha nazoratni tashkillashtirish;

aholini (viloyat ichki) va lokal xabar berish tizimini rekonstruksiya qilish va qurilishi nazoratini tashkillashtirish;

aloqa tarmoqlarida tezkor-texnik xizmatlarni tashkillashtirish va aloqa xavsizligini ta’minlovchi tadbirlarni amalga oshirish;

vazirlik tuzilmalarida radioelektron vositalarining ishlash nazoratini tashkillashtirish va aniqlangan qoida buzilishi bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rish;

markaziy apparat va hududiy boshqarmalar harakatdagi boshqaruv punktlari bilan qomondon-shtab va maxsus-taktik o‘quv mashqlarini rejalashtirish va o‘tkazish;

aloqa, xabar berish va axborotlashtirish masalalari bo‘yicha me’yoriy-xuquqiy xujjatlarni ishlab chiqish;

aloqa vositalari orqali farmoyish, komandalar va signallarni o‘z vaqtida etkazilishini ta’minlash;

aloqa buzilishini bartaraf qilish bo‘yicha choralar ko‘rish;

A va ABning funksiyalari:

Vazirlikda texnik ta’minotni to‘g‘ri tashkillashtirish, uni samarali ishlatish, foydalanishda aloqa va axborotlashtirish texnikalarini doimiy tayyorligini ta’minlash.

Markaziy apparat va tuzilmalarni aloqa va axborotlashtirish vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks choralarni amalga oshirish.

Lokal va ob’ekt xabar berish tizimi hamda aholini markazlashgan xabar berish tizimiga sifatli ekspluatatsion texnik xizmat ko‘rsatish va holati nazoratini tashkillashtirish.

Mavjud radio va simli aloqadan foydalanish masalalari bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish.

Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining barcha darajalari va bo‘g‘inlarida aholini xabardor qilish tadbirlarini tashkillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

Favqulodda vaziyatlar, ularning oqibatlarini bartaraf qilishda aholini muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar hamda o‘quv mashqlari o‘tkazilayotganda aloqani tashkillashtirish masalalarini Tashkiliy-tezkor boshqarmasi bilan hamkorlikda rejalashtirish.

Transchegaraviy favqulodda vaziyatlar xavfi paydo bo‘lganda va sodir bo‘lganda hududda yashovchi aholini ogoxlantirish masalalari bo‘yicha qo‘shni davlatlar FVV aloqa xizmatlari bilan hamkorlikni tashkillashtirish.

Vazirlik markaziy apparati, hududiy va tarkibiy tuzilmalarini me’yoriy xujjatlar asosida aloqa, xabar berish va axborotlashtirish vositalari bilan ta’minlash.

 

  • Aloqa va axborotlashtirish boshqarmasining asosiy vazifalari (PDF): (0.10 Мб)

Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi boshqarmasi boshlig`i

Axmadaliyev Elyorjon Umaraliyevich

Aholi va hududlarni muhofaza qilish boshqarmasining asosiy vazifalari:

tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olishga oid davlat siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etish;

favqulodda vaziyatlarni oldini olish, aholini va hududlarni  muhofaza qilish, iqtisodiyot ob’ektlarining barqarorligini oshirish bo‘yicha maqsadli ilmiy-tadqiqot dasturlarni ishlab chiqishga va amalga oshirishga oid tashkiliy ishlarda ishtirok etish;

aholini, FVDT mansabdor shaxslarini tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar sharoitlarida harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish;

tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni profilaktika qilish va oldini olishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri, viloyatlar, shahar va tumanlar  hokimliklari faoliyatini muvofiqlashtirish;

aholi va hududlarni muhofaza qilishda vazirlik va idoralar tomonidan amaldagi me’yoriy talablarni bajarilishini nazorat qilish;

FVDT boshqaruv organlarini, barcha toifadagi aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash dasturlarini kelishish va ularni tayyorlashda ishtirok etish;

Fuqaro muhofazasi instituti va hududiy favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining Aholini va rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish va rahbarlik qilish;

fuqaro muhofazasiga oid me’yoriy-huquqiy xujjatlar asosida boshqa vazifalarni bajarish.

Aholi va hududlarni muhofaza qilish boshqarmasining funksiyalari:

Aholi va hududlarni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish bo‘yicha me’yoriy va boshqa xujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda, yuzaga kelish mumkin bo‘lgan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringini olib borishda, fuqaro muhofazasiga oid guruhlarga kiritilgan potensial xavfli ob’ektlarning O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha rayonlashtirishda ishtirok etadi;

zilzila, ko‘chki, sel va toshqinlarni hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni profilaktika qilish tizimining rivojlanishini va ish faoliyatini muvofiqlashtiradi;

barcha qatlamdagi aholi va FVDT boshqaruv organlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash o‘quv dasturlarini kelishadi;

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasi rejalarining tegishli bo‘limlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

qonun asosida boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

  • Aholi va hududlarni muhofaza qilish boshqarmasining asosiy vazifalari (PDF): (0.10 Мб)

Radiatsion, kimyoviy va tibbiy- biologik muhofaza boshqarmasi boshlig‘i

Qilichov Zulfiqor Pardakuliyevich

Boshqarmaning asosiy vazifalari

Aholi o‘rtasida radiasion va kimyoviy favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni rejalashtirish, tashkil etish va bajarilishini nazorat qiladi.

Joylarni radionuklidlar bilan zararlanishi va zaharli moddalar bilan zaharlanishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda degazasiya va dezaktivasiya qilish ishlarini rejalashtiradi va tashkillashtiradi.

FVDT rahbarlar va tuzilmalar shaxsiy tarkibini va band bo‘lmagan aholini radiasion, kimyoviy va biologik zararlanishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tadbirlariga rahbarlik qiladi va nazoratini yuritadi.

Aholi va hududlarni radiasiyaviy, kimyoviy va biologik (bakteriologik) muhofaza kilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi va vazirlik raxbariyatiga kiritadi.

Atrof-muhitning radioaktiv, zaharli moddalar va biologik vositaar bilan ifloslanishini samarali monitoring qilish tizimini ishlab chiqishda va joriy etishda qatnashadi.

  • Boshqarmaning asosiy vazifalari (0.09 Мб)

Nazorat va profilaktika boshqarmasi boshlig‘i

Vakant

Nazorat va profilaktika boshqarmasi

 asosiy vazifalari:

  1. a) davlat yong‘in nazorati va yong‘inlar profilaktikasini amalga oshirish bo‘yicha DYoN organlari tizimiga rahbarlik qilish;
  2. b) davlat yong‘in nazorati va yong‘inlar profilaktikasining amalga oshirilishini tashkil qilish;
  3. v) tergovga qadar tekshiruv va ma'muriy amaliyotni nazorat qilish, shuningdek, yong‘inlar va ularning oqibatlari bo‘yicha statistikani yuritish;
  4. g) yong‘in xavfsizligi talablarini me'yoriy jihatdan tartibga solish;
  5. d) aholiga yuz berishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va ular oqibatlarining oldini olish bo‘yicha kompleks yordam ko‘rsatish, aholi bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish.

funksiyalari:

  1. a) sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni joriy va istiqbolda rejalashtirishni amalga oshiradi;

DYoN organlarining faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ishlar holatini o‘rganadi va tahlil qiladi, ularni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qiladi;

DYoN organlari bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ular ustidan nazorat va tekshiruvni amalga oshiradi;

DYoN organlari mansabdor shaxslarining malaka talablari va ularning kasb layoqatini baholashning reyting tizimini belgilaydi, shuningdek, baholash natijalarini umumlashtiradi va tahlil qiladi.

  1. b) respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari va fuqarolar tomonidan yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat yong‘in nazoratini tashkil qiladi va amalga oshiradi;

O‘zbekiston Respublikasida akkreditasiya qilingan diplomatik va boshqa chet el vakolatxonalarining so‘roviga binoan ular tomonidan egallab turilgan hudud, bino va inshootlarning yong‘inga qarshi holatini belgilangan tartibda tekshiradi;

turli tashkilotlar tomonidan yong‘in xavfsizligini ta'minlash masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan qo‘shma xalqaro konferensiya, seminar, yig‘ilish va ilmiy-texnikaviy kengashlarda ishtirok etadi;

  1. v) sodir bo‘lgan yong‘inlar yuzasidan surishtiruv va dastlabki tergov o‘tkazishda tergov organlariga ko‘maklashadi;

DYoN organlari mansabdor shaxslari tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun ma'muriy jarimalar to‘g‘ri qo‘llanilganligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;

respublika bo‘yicha yong‘inlar va ularning oqibatlari to‘g‘risidagi davlat statistik hisobotini yuritadi;

avtomatlashtirilgan axborot tizimining (“Yong‘inlar hisobi” AAT) kuzatib borilishini (texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlanishi) amalga oshiradi;

  1. g) mustaqil ravishda yoki davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda yong‘in xavfsizligi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
  2. d) o‘rnatilgan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning yong‘in nazorati va profilaktikasini amalga oshirish, yong‘in holatlari hamda ma'muriy ish yuritish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv o‘tkazish masalalariga oid murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli hudud, bino (xona) va inshootlarning yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

  • asosiy vazifalari (0.07 Мб)

Normativ-texnik boshqarmasi boshlig‘i

Toxtamuratov Dilshod Mitxatovich

Normativ-texnik boshqarmasi

 Asosiy vazifalar:

  1. a) DYoN organlarining normativ-texnik ishiga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish;
  2. b) loyihalashtirish normalarida yong‘in xavfsizligi talablarini normativ jihatdan tartibga solish;
  3. v) normativ-texnik faoliyatni tashkil qilish va amalga oshirish;
  4. g) vazirlik tasarrufidagi va nazorati ostidagi ob'ektlarda davlat texnik nazoratini amalga oshirish («Qozonnazorat» inspeksiyasi).
  5. d) aholi, yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyatida yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishini, qurilish ob'ektlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha har tomonlama yordam ko‘rsatish, aholi bilan shaharsozlik masalalari bo‘yicha o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish.

 Asosiy funksiyalar:

  1. a) normativ-texnik ishlarini amalga oshirish borasida DYoN organlari tizimiga rahbarlik qilish sohasida:

tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, DYoN organlarining  normativ-texnik (ishlar) yo‘nalishi bo‘yicha ishlarning holatini o‘rganadi va tahlil qiladi, ularni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni qo‘llaydi;

qurilish uchun ajratilgan yer uchastkalarini, ishlab chiqilayotgan loyihalarni va qurilish ob'ektlarini hisobga olishni tashkillashtiradi;

ilg‘or tajriba asosida quyi bo‘linmalar faoliyatini takomillashtiradi;

faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha mavzuga oid seminarlar tashkil qiladi va o‘tkazadi;

quyi bo‘linmalar xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha  uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqadi;

shaharsozlik faoliyatida yong‘in xavfsizligini ta'minlash  masalalari bo‘yicha boshqa davlat nazorati organlari bilan hamkorlik qiladi.

  1. b) loyihalash normalarida yong‘in xavfsizligi talablarini me'yoriy jihatdan tartibga solish sohasida:

faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikda yong‘in xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

mavjud qurilish normalari va qoidalari, texnik reglamentlar, standartlar va yong‘in xavfsizligi talablarini o‘z ichiga olgan boshqa  normativ hujjatlarni qayta ishlash va yangilarini ishlab chiqishda ishtirok etadi, qurilish normalari va qoidalarida yong‘in xavfsizligi talablarini o‘zgartirish va takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;

faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha yong‘in xavfsizligi talablarini o‘z ichiga olgan  normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va kelishadi.

  1. v) normativ-texnik faoliyatni tashkil qilish va amalga oshirish sohasida:

yong‘in xavfsizligi talablaridan asosli ravishda chetga chiqilgan yoki bunday talablar mavjud bo‘lmagan taqdirda binolar, inshootlarni va boshqa ob'ektlarni loyiha hujjatlarining yong‘in xavfsizligi talablariga taalluqli qismini ko‘rib chiqadi;

loyiha hujjatlarini loyihalashtirish normalaridagi yong‘inga qarshi talablarga mosligini ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha xulosalar beradi;

qurilish uchun maydonlar (trassalar) tanlash (ajratish) komissiyasining ishida ishtirok etadi;

shaharlar, tumanlar va aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqishda yong‘in xavfsizligini ta'minlash masalalari bo‘yicha asosli takliflar kiritadi;

aholi punktlari va ob'ektlar qurilishida yong‘in o‘chirish depolari binolarini qurish zaruratiga doir masalalarni ko‘rib chiqadi;

qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda yong‘in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etilishi ustidan o‘rnatilgan tartibda nazoratni amalga oshiradi;

qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan ob'ektlarni, shuningdek yong‘inga qarshi texnik himoya vositalarini foydalanishga qabul qilish komissiyalarining ishida ishtirok etadi;

shaharsozlik faoliyatida yong‘in xavfsizligi talablarini ta'minlash masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlar, seminarlar va ilmiy-texnik kengashlarda ishtirok etadi;

  1. g) davlat texnik nazoratini amalga oshirish («Qozonnazorat» inspeksiyasi) sohasida:

FVV nazorati ostidagi ob'ektlarda bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish kranlar, ko‘targichlar, liftlar, bosim ostida ishlaydigan idishlar, g‘avvoslik barokameralar, GTHX bazalaridagi kompressor uskunalarini tayyorlash, ta'mirlash va ularni xavfsiz ekspluatasiya qilish jarayonini nazorat qiladi;

nazorat ostidagi ob'ektlarni hisobotini yuritadi, ro‘yxatga oladi va hisobdan chiqaradi, ularni foydalanishga tushirish bo‘yicha ruxsatnomalar beradi;

nazorati ostida bo‘lgan ob'ektlarda texnik tekshiruv va ko‘riklar o‘tkazadi;

nazorat ostidagi ob'ektlardan foydalanishda avariyalar va baxtsiz hodisalarni tekshirishda o‘rnatilgan tartibda ishtirok etadi va ularning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qiladi;

nazorat ostidagi ob'ektlarni saqlash va ulardan foydalanishda texnik nazoratning holatini, avariyalar va ishlab chiqarishdagi jarohatlar sabablarini tahlil qiladi, ularni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

  1. d) shaharsozlik faoliyatida aholi, yuridik va jismoniy shaxslarga yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi, qurilish ob'ektlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha har tomonlama yordam berish, shaharsozlik masalalari bo‘yicha aholi bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish sohasida:

loyihalashtirish va qurilishda yong‘in xavfsizligini ta'minlash masalalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqadi;

shaharsozlik faoliyatida yong‘in xavfsizligi sohasida davlat  xizmatlarini o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishini ta'minlaydi;

jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli ob'ektlarning shaharsozlik normalari va qoidalaridagi yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar beradi;

ob'ektlar va inshootlarni loyihalashtirish va qurishda yong‘in xavfsizligini ta'minlash masalalari bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga maslahatlar beradi.

  • Asosiy vazifa va funksiyalari (0.07 Мб)

Moddiy-texnik ta'minotni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i

Vakant

Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasining asosiy vazifalari:

vazirlikning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuzilmalarining moddiy-texnikaviy ta’minotini olib borish;

vazirlikning Markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuzilmalarining moddiy-texnika bazasini yaratish, texnika uskuna, jihozlarini yangilash, takomillashtirish, asbob-uskunalar, texnik vositalarini soz hamda shay holatda saqlash;

moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha bitim va shartnomalarni Moliya-iqtisod boshqarmasi bilan hamkorlikda ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlashda ishtirok etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moddiy-texnika resurslari zahirasini tashkil etishni muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshirish;

moddiy-texnika ta’minoti masalalari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, bajarilishini nazorat qilish;

vazirlikning hududiy boshqarmalari va tuzilmalardagi texnika, ta’minot buyumlarining holatini nazorat qilish;

avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish davrida joylardagi mahalliy hokimiyat organlari va harbiy qo‘mondonliklar bilan hamkorlikda avariya-qutqaruv kuchlarining moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha hamkorlik ishlarini tashkil etish;

Respublika hududidagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bartaraf etish tadbirlarida ishtirok etish, zaruriyat yuzaga kelganda  Respublika hududidan tashqarida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatida talofat (jabr) ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordamini etkazib berishda ishtirok etish;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishdagi avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv va  boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni olib borishda qaror qabul qilish uchun moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha hisoblar va takliflar tayyorlash hamda taqdim etish;

barcha tizimlarda avtotexnika, mexanizmlarining to‘g‘ri va samarali ekspulatatsiya qilish nazoratini ta’minlash;

yoqilg‘i-moylash mahsulotlaridan samarali va tejamli foydalanishni ta’minlash.

Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasining asosiy funksiyalari:

vazirlikning hududiy boshqarmalari va tuzilmalaridagi moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha tashkiliy-uslubiy ishlarni olib boradi, ularga amaliy yordam ko‘rsatadi, nazoratini olib boradi va zamonaviy texnologiyalar, samarali tajribalarni tadbiq etadi;

moddiy-texnika ta’minoti bo‘yicha kundalik va istiqboldagi rejalarni ishlab chiqadi;

har yil hududiy boshqarmalar va tuzilmalarning moddiy-texnika ta’minoti, omborlarda moddiy boyliklarni saqlash, hisobini yuritish, texnik vositalardan to‘g‘ri foydalanish sohasida vazirlikning Moliya-iqtisod boshqarmasi bilan birgalikda ma’muriy-xo‘jalik bo‘limlari boshliqlari bilan o‘quv- uslubiy yig‘inlar tashkil etadi va o‘tkazadi;

boshqarma shaxsiy tarkibini malakali kadrlar bilan to‘ldirish, ularni hamda moddiy javobgar xodimlarni kasbiy mahoratini oshirishni  tashkil etadi va nazoratini amalga oshiradi;

boshqarma shaxsiy tarkibinining xarbiy va mehnat intizomini mustahkamlash tadbirlarini ishlab chiqadi;

xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan moddiy texnika, avtoulovlar va boshqa buyum hamda asbob-uskuna, jixozlarni o‘rnatilgan tartibda hisobdan chiqarish, o‘rnatilgan tartibda ikkilamchi buyumlar qabul qilish korxonalariga topshirish ishlarini nazoratini tashkillashtiradi;

  • Moddiy-texnik ta’minot boshqarmasining asosiy vazifalari (PDF): (0.17 Мб)

Moliya iqtisod boshqarmasi boshlig‘i

Mahmudov Iskandar Nabixonovich

Moliya-iqtisod boshqarmasining asosiy vazifalari:

Moliya-iqtisod boshqarmasi vazirlikning tuzilmalarida oylik maoshi, pеnsiya ta'minoti, buxgaltеriya hisobi va hisoboti, favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga mo`ljallangan rеspublika zaxira fondlarini yaratish, moliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtiradi.

  • Moliya-iqtisod boshqarmasining asosiy vazifalari (PDF): (0.09 Мб)

Marketing, xarid qilish va sotish boshqarmasi boshlig‘i

Vakant

Boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari

 1. Hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalari uchun jangovar, maxsus hamda harbiy texnikalar, texnik vosita va jihozlar, boshqa

tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish, ularni zamonaviy va maxsus yong‘in o‘chirish hamda avariya-qutqaruv texnikalari bilan ta'minlash,

yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini yong‘inni o‘chirish aslaha-anjomlari va boshqa himoya vositalari bilan jihozlash, vazirlik shaxsiy tarkibini qutqaruv anjomlari,  kiyim-kechak va boshqa mol-mulk bilan ta'minlash, faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash va modernizasiya qilish bo‘yicha shartnomalar, bitimlar tuzish;

vazirlik tarkibiy bo‘linmalari xizmat faoliyati uchun zarur bo‘lgan tovar-moddiy boyliklar sotib olinishini tashkillashtirish uchun ichki

va tashqi bozorni marketingli o‘rganishni amalga oshirish;

tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun tender va tanlov savdolari o‘tkazilishini tayyorlash hamda o‘tkazishni tashkil etish, shu jumladan, ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun davlat organlari tarkibida tashkil etilgan ixtisoslashgan xodimlarni shartnoma asosida jalb qilish;

Davlat xaridi hamda iqtisodiy va shartnomaviy faoliyatni takomillashtirib borish, shartnomaviy majburiyatlarni samarali amalga oshirilishini ta'minlash.

2. Marketing, xarid qilish va sotish boshqarmasi zimmasiga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Vazirlik tarkibiy bo‘linmalarining jangovar, maxsus hamda harbiy texnikalar, texnik vosita va jihozlar, boshqa tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish talabnomalari, texnik tavsiflarni tahlil qiladi, tahlillar asosida istiqboldagi va navbatdagi xarid rejalarini ishlab chiqadi;

jangovar, maxsus hamda harbiy texnikalar, texnik vosita

va jihozlar, boshqa tovar-moddiy boyliklarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzadi;

vazirlik tarkibiy bo‘linmalarini zamonaviy va maxsus yong‘in o‘chirish hamda avariya-qutqaruv texnikalari bilan ta'minlash, shuningdek,

yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarini yong‘inni o‘chirish aslaha-anjomlari va boshqa himoya vositalari bilan jihozlash, vazirlik shaxsiy tarkibini qutqaruv anjomlari,  kiyim-kechak va boshqa mol-mulk bilan ta'minlash maqsadida, tender va tanlov savdolarini o‘tkazadi;

jangovar, maxsus hamda harbiy texnikalar, texnik vosita

va jihozlar, boshqa tovar-moddiy boyliklarni xarid qiladi, xarid qilingan tovar-moddiy boyliklarni qabul qilib olinishini tashkil qiladi;

tashqi bozorda xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish bo‘yicha konsolidasiyalashgan so‘rovlarni shakllantiradi

va ularni belgilangan tartibda vazir o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan xarid rejalariga muvofiq, ijro etish uchun tegishli bo‘linmalariga yuboradi;

vazirlik tizimi uchun eng sifatli va ustuvor hisoblangan turli xil potensial bozorlardan tanlash uchun analitik ishlarni olib boradi; 

tender va tanlov hujjatlarini tayyorlashda marketing izlanishlar olib borish mobaynida xarid qilish internet saytlaridan (narx-navoni) o‘rganish ishlarini olib boradi;

byudjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish maqsadida konsalting (narx-navoni o‘rganish) xizmatlaridan foydalanadi

va zarur xulosalarni oladi;

tarkibiy bo‘linmalar tomonidan ishlab chiqilgan texnik topshiriqlarni umumlashtiradi hamda tender va tanlov savdolarini o‘tkazish uchun zarur hujjatlarni tayyorlaydi;

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridi, iqtisodiy

va shartnomaviy munosabatlar sohasidagi qonun hujjatlarini qo‘llash amaliyotini tahlil qilib boradi;

shartnoma shartlarini bajarmagan xo‘jalik yurituvchi sub'ektlariga nisbatan da'vo arizalarini tayyorlaydi va ko‘rib chiqilishi uchun sudlarga kiritadi.

o‘zi kiritgan da'vo arizalarini quvvatlaydi.

  • Boshqarmaning asosiy vazifa va funksiyalari (0.07 Мб)

Kadrlar boshqarmasi boshlig`i

Yugay Stanislav Valeryevich

Kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash boshqarmasining asosiy vazifalari:

vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy joyiga qo‘yish bo‘yicha rahbarlik qilish; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14 yanvardagi 257-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan oddiy askar va serjantlar hamda ofitserlar tarkibi lavozimlariga munosib fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirilishini tashkillashtirish;

kadrlar tarkibi soni va sifatini tizimli tahlilini olib borgan holda vazirga axborot berish va takomillashtirilishi bo‘yicha takliflar kiritish;

shaxsiy tarkib bo‘sh lavozimlarni to‘ldirish bo‘yicha rejalashtirish tadbirlarni amalga oshirish;   

vazirlik tizimidagi harbiy xizmatchilar bilan harbiy xizmatni o‘tash bo‘yicha kontraktlarni o‘z vaqtida tuzish va nazorat qilish;

harbiy xizmatchilarga yakka tartibda shaxsiy guvohnomalarini tarqatish, pasportlar va boshqa xujjatlarni qat’iy xisob varaqalarini saqlash va hisobotini yuritish;     

harbiy xizmatchilarni xuquqlarga rioya qilishlarini nazorat qilish    ularning oila a’zolari va ishchi xizmatchilarning ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash;

vazirlik harbiy xizmatchilari, xizmatchilar va ishchilarini rag‘batlantirish va intizomiy jazo ta’zirlar hisobini  olib borish;

vazirlik tizimi harbiy xizmatchilari xizmatchilar va ishchilarining shaxsiy hujjatlar yig‘ma jildlarini yuritish va rasmiylashtirish;

harbiy ximatchilar, xizmatchilar va ishchilar hamda ularning oila  a’zolari shu  bilan birga  fuqarolarning shaxsiy masalalari  bo‘yicha ariza va shikoyatlarini ko‘rib chiqish;

KvaSHTBIBning asosiy  funksiyalari:

boshqarma ishini rejalashtirish, unga buysinuvchi harbiy xizmatchi va xizmatchilarni o‘rgatish va tarbiyalash;

vazirlikda mavjud bo‘lgan bo‘sh o‘rinlarni bitim asosidagi harbiy xizmatchi va xizmatchilar bilan tanlov asosida to‘ldirish  va ularni joy-joyiga quyish bo‘yicha taklif  kiritish;

kadrlar bo‘yicha tezkor xizmat topshiriqlar samarali bajarilishini ta’minlash, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tarbiyalash va o‘qitish, ularni ijtimoiy - huquqiy muhofazasi borasida chora tadbirlarni amalga oshirish. Manfaatdor boshqarma va bo‘limlar bilan birgalikda kadrlar bilan ishlashning asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish. O‘zbekiston Respublikasi Davlat  boshqaruvi organlari va idoralari, vazirlik rahbariyati va hay’atiga o‘rnatilgan tartibda kadrlar bilan ishlash bo‘yicha ma’lumotlar va xujjatlarni tayyorlash;

kadrlar tarkibi soni va sifatini tizimli tahlilini olib borgan holda vazirga axborot berish va takomillashtirilishi bo‘yicha takliflar kiritish;

vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalariga kadrlar bilan ishlashni doimiy nazoratini yo‘lga quyish va amaliy yordam ko‘rsatish;

kadrlar bilan ishlash tajribasini tashkillashtirish, umumlashtirish, joriy qilish va singdirish;

harbiy xizmatchilarni xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi kelgan taqdimnomalarni va qabul qilingan qarorlarni echimini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish;

boshqarma va quyi kadrlar organlarida ish faoliyatida qonunlarga qat’iy rioya qilinishini ta’minlash;

shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy  unvonlarni berishni o‘z vaqtida  nazoratini va monitoringini olib borish.

  • Kadrlar va shaxsiy tarkib bilan ishlash boshqarmasining asosiy vazifalari (PDF): (0.10 Мб)

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i

Axmadxodjayev Abduazim Raxmatovich

Asosiy vazifa va funksiyalari

  1. vazirlik tizimida tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha davlat siyosatini olib borish;

vazirlik shaxsiy tarkibi o‘rtasida tarbiyaviy va mafkuraviy, axloqiy- ruhiy ta'minot, huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish;

vazirlik tizimida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha davlat siyosati hamda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organlari faoliyatini tashkiliy-uslubiy jihatdan boshqarilishini ta'minlash;

vazirlik shaxsiy tarkibiga favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda ruhiy-psixologik ko‘mak berishni tashkillashtirish;

boshqarma ish faoliyatini rivojlantirishga oid me'yoriy-huquqiy, shuningdek, uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish.

  1. a) vazirlik shaxsiy tarkibi o‘rtasida tarbiyaviy va mafkuraviy, ma'naviy-ma'rifiy ishlar, huquqbuzarliklar profilaktikasini olib borish yo‘nalishida:

davlat va jamoat tashkilotlari, shu jumladan, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Uzbekiston yoshlar ittifoqi, Yozuvchilar uyushmasi, oliy ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olimlar, imom- xatiblar, ijodkor ziyolilar bilan ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari va boshqa tadbirlar orqali bahs va seminar, davra suhbatlari, seminar-trening, muzokara va munozara (disput), intellektual o‘yinlar tashkil etish;

harbiy xizmatchilar va xizmatchilarning ma'naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va an'analarimizga asoslangan dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar o‘tkazish;

ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik mashgulotlarini tashkillashtirish; ma'naviyat soatlarini (Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkilotining yo‘nalishlar bo‘yicha tadbirlari, kitob mutolaasi va boshqalar) tashkil kilish va o‘tkazish;

huqukbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha suhbatlar o‘tkazish; ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni tadbirlarini (mardlik darslari, aksiyalar, davra suhbatlari, ekskursiya, tashriflar, musobaqalar va boshqalar) tashkillashtirish;

badiiy va hujjatli fil'mlar namoyish etish orkali shaxsiy tarkibda vatanparvarlik xislatlarini tarbiyalash;

ommaviy madaniy tadbirlarni (teatr spektakli, sahna ko‘rinishlari, konsert dasturlari, badiiy va ijodiy kechalar, uchrashuvlar, badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari) tashkil qilish va o‘tkazish;

ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimi tadbirlarida harbiy xizmatchilarning faol ishtirok etishi, fikr va tuygularini erkin bayon qilishi hamda shu orqali notiqlik san'atini oshirishga e'tibor qaratish;

seminar-treninglar, muayyan mavzuga bag‘ishlangan kechalar, ijodiy uchrashuvlar, bahs-munozaralar, viktorinalar, davra suhbatlari o‘tkazishni rejalashtirish;

urush va mehnat faxriylari, jangovar harakatlar ishtirokchilari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar

tashkillashtirish;

teatr spektakli va sahna ko‘rinishlari, badiiy asarlar muhokamasi, savol-javob kechalari, yakka va jamoaviy suhbatlar utkazish;

og‘zaki ko‘rinishda (tezkor xabar yetkazish, suhbatlar, leksiya, mavzuga oid suhbat va seminar, badiiy kecha, ochiq munozaralar), yozma ravishda (gazeta, jurnal, devoriy gazeta, qo‘llanma, kitoblar va boshqa adabiyot), ko‘rgazmali tarzda (plakat, fotomontaj, panno, surat, kitob ko‘rgazmalari, shuningdek, teleko‘rsatuvlarni jamoaviy ko‘rish, muhokama kilish va b.) targ‘ibot ishlarini tashkillashtirish va o‘tkazish;

Uzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda vazirlik harbiy xizmatchilari va xizmatchilari orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, tergovga qadar va xizmat tekshiruvlarini utkazish, sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun intizomiy javobgarlik choralarini kurish, hukukbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan chora-tadbirlarni amalga oshirish va sohaga doir hamkorlikni ta'minlash hamda muvofiqlashtirib borish;

hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarda shaxsiy tarkibning harbiy intizomi, axloqiy-ruhiy holati hamda harbiy xizmat xavfsizligini ta'minlash, harbiy jamoalarda soglom axloqiy muhitni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

b) vazirlik tizimida yoshlar orasida ularga oid davlat siyosati va axlosiy-ruhiy targibot ishlarini muvofislailtirish yo‘nalishida:

hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarda Uzbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlarini tuzish yoki tuxtatishga doir hamda ularning barcha yo‘nalishlardagi faoliyatini yuritish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib borish;

tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, shu jumladan, Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilar oilalarida soglom turmush tarzini targib qilish, soglom oilalarni shakllantirish, bandliklarini ta'minlash, farzandlarining bilimi va ma'naviy saviyasini oshirish buyicha hududiy boshqarmalar hamda tarkibiy tuzilmalar boshliq (komandir)lariga amaliy yordam berib borish;

jamoatchilik va huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda yosh harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirish!.

v) favkulodda vaziyalar sodir bo‘lganda, jabrlanganlar hamda vazirlik shaxsiy tarkibiga ruhiy-psixologik yordam ko‘rsatish yo‘nalishida:ekstremal va favkulodda vaziyatlarda qutqaruvchi xodimlar faoliyatini psixologik ta'minlash;

favkulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga va ularning yaqinlariga tezkor psixologik yordam berish, psixoterapevtik yordam ko‘rsatib, normal holatga qaytishda ko‘mak berish;

harbiy xizmatchilar bilan psixologik tayyorgarlikni tashkillashtirish borasida chet mamlakatlar armiyalaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, uning asosida shaxsiy tarkibning psixologik tayyorgarligini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

  • Asosiy vazifa va funksiyalari (0.07 Мб)

Ishlar boshqarmasi boshlig‘i

Vakant

Ishlar boshqarmasining asosiy vazifalari:


O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarorlari, Farmon va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruq va ko‘rsatmalari, vazirlik hay’at yig‘ilishi qarorlarining ijrosini nazoratini tashkil etish;


vazirlikka yuborilgan hujjatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, rasmiylashtirish va ijrochilarga o‘z vaqtida etkazib berishni ta’minlash;


vazirlikdan jo‘natiladigan hujjatlarni ijrochilardan qabul qilib olish, ro‘yxatga qo‘yish, rasmiylashtirish va jo‘natish;


vazirlik markaziy apparati tuzilmalarida hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasini talab asosida olib borilishini ta’minlash;


vazirlik Markaziy apparatida hujjatlarni ijrochilarga etkazilishini ta’minlash va ijrosini nazorat qilish;


nomaxfiy ish yuritishga rahbarlik qilish;


Favquloda vaziyatlar vazirining buyruq va ko‘rsatmalarini, vazir o‘rinbosarlarining buyruqnomalari hamda ko‘rsatmalarini rasmiylashtirish va tarqatish;


fuqarolar yozma murojaatlarini, shikoyat va arizalari bilan ishlashni tashkil etish va ularga vazirlikning mansabdor  shaxslari tomonidan o‘z vaqtida asoslangan javoblar yuborilishini nazorat qilish;


fuqarolar murojaatlari bo‘yicha qabul qilishni tartibga solish hamda ularni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishi va o‘rnatilgan tartibda qonun doirasida o‘tkazilishini tashkillashtirish, nazoratini ta’minlash;


vazirlik Markaziy apparatida arxiv hujjatlarini saqlash, shaxsiy tarkib orasida arxiv xujjatlaridan to‘g‘ri va maqsadli foydalanishni nazorat qilish;


arxiv xujjatlarini o‘rnatilgan tartibda o‘z vaqtida arxivatsiya qilishni ta’minlash;

tarkibiy va hududiy tuzilmalarga ish yuritishni tashkil etishga  amaliy yordam ko‘rsatish va nazoratni tashkillashtirish;

xalqaro tashkilotlar va xalqaro institutlar tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv kurslari, mashg‘ulotlar, seminarlar va konferensiyalarda O‘zbekiston Respublikasining tegishli davlat organlari bilan kelishilgan holda, vazirning ko‘rsatma va buyruqlari asosida, vazirlik vakillarini ishtirok etishini tashkillashtirish va nazorat qilish;


chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish borasidagi muzokaralarda ishtirok etish;


vazirlik faoliyati doirasida xalqaro hamkorlikni, chet-el davlatlarining ilg‘or tajribalarini sohaga tadbiq etishda ishtirok etish;


vakolat doirasida xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

vazirlik ma’muriy binosidagi mavjud jihozlar, tovar-moddiy boyliklarni saqlash va xo‘jalik faoliyatini olib borishni nazorat qilish;


barcha boshqarma va tuzilmalarda ish yuritish, ijro intizomi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash faoliyatini doimiy nazoratini joyiga chiqgan xolda  o‘rganish hamda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish.


Ishlar boshqarmasining asosiy funksiyalari:


vazirlik markaziy apparatida hamda tarkibiy va hududiy tuzilmalarda ijro intizomini takomillashtirish masalalarini samarali tashkil etish, ijro nazoratini o‘rganish, tahlil qilish, sharxlar tayyorlash bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish;


Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida ish yuritishni olib borilishi, yig‘majildlar nomenklaturasini yuritilishi bo‘yicha nazoratni tashkil etish;


vazirlik tuzilmalarida ish yuritilishi yuzasidan tashkiliy – uslubiy va amaliy rahbarlikni olib borish, ularga amaliy yordam ko‘rsatish va faoliyatini nazorat qilish;


tarkibiy va hududiy tuzilmalar xodimlari bilan o‘rnatilgan tartibda ish yuritishni tashkillashtirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy yig‘inlar o‘tkazilishini tashkil etish;


tarkibiy va hududiy tuzilmalarda ish yuritish bo‘yicha malakali kadrlarni tayinlashda ishtirok etish;

ish yuritish, hujjatshunoslik sohasida mas’ul xodimlarni ishchanligi va kasbiy mahoratini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda nazorat qilish;

vakolat doirasida fuqarolardan kelgan yozma murojaatlar, shikoyat va arizalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qilish;


hududiy boshqarmalar va tuzilmalarda ish yuritish, ijro intizomini ta’minlash, arxiv ishini yuritish, fuqaro murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni joyida tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan uslubiy yordam ko‘rsatish;

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari, farmoyishlarini o‘rnatilgan tartibda saqlanishi va ulardan foydalanishni tartibga solish;


yig‘majildlarni saqlash, o‘z vaqtida jamlash va rasmiylashtirishni olib borish;


arxiv hujjatlarini me’yoriy-huquqiy hujjatlar talabi asosida olib borish;


arxiv hujjatlaridan maqsadli foydalanishni tashkil etish;


arxiv faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish;

vazirlik  ma’muriy binosida hayot faoliyatini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirilishini nazorat qilish;


boshqarmaning ish samaradorligini oshirish, tuzilmalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda rahbariyatga taqdim etish.

  • Boshqarmasining asosiy vazifalari (0.10 Мб)

Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i

Vakant

Boshqarmaning vazifa va funksiyalari

 1. O‘R FVV tizimida xalqaro hamkorlik sohasi bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirilishini ta'minlash;

O‘R FVV tizimida umumiy xalqaro faoliyatni muvofiqlashtirish bilan birga me'yoriy-huquqiy tartibga solish;

Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha axborot, ma'lumot va tahliliy materiallarni tayyorlashni ta'minlash;

O‘zbekiston Respublikasi hududi va tashqarisidagi xalqaro gumanitar loyiha, dastur va operatsiyalarni tayyorlash hamda amalga oishirishda ishtirok etish.

2. a) O‘R FVV tizimidagi xalqaro hamkorlik sohasi bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirilishini ta'minlash:

O‘R FVVning favqulodda vaziyatlarni ogohlantirish va bartaraf etish sohasida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni tashkillashtiradi, shuningdek, shu soha bo‘yicha faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;

tarkibiy tuzilmalarning takliflari asosida O‘R FVVning xalqaro faoliyati rejalari loyihasini, shuningdek, mazkur rejalarga o‘zgartirish yoki qo‘shimchalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

xalqaro shartnomalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, vazirlik faoliyatiga oid xalqaro jihatdagi me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘rnatilgan tartibda tayyorlaydi va taqdim etadi.

O‘R FVVning xalqaro hamkorlik sohasiga taalluqli me'yoriy-huquqiy hujjatlarning joriy etilish tajribasi bo‘yicha monitoringni olib boradi.

O‘zining vakolati doirasida davlat sirini saqlash bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi.

b) O‘R FVV tizimida xalqaro hamkorlik faoliyatini umumiy muvofiqlashtirishni hamda normativ-huquqiy tartibga solishni amalga oshirish sohasida:

xalqaro tashkilotlar, institutlar, chet el davlatlarning tegishli tashkilotlari tomonidan favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasi bo‘yicha taqdim etilgan o‘zaro loyiha grantlarini amalga oshirishda hamkorlikni muvofiqlashtirishni ta'minlaydi;

O‘R FVVga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida O‘R TIV va O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari bilan hamkorlikni tashkillashtiradi;

xorijiy ixtisoslashtirilgan o‘quv markazlari va tashkilotlari bazasida O‘R FVV mutaxassislarini tayyorlash bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi;

O‘R FVVning turli xalqaro tuzilmalar (MDHning FV bo‘yicha Davlatlararo Kengashi (DK), ShHT, va boshqa) ishlaridagi ishtirokini  ta'minlaydi;

O‘R FVV rahbariyatini savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar), shuningdek, tegishli hukumatlararo bitimlarni amalga oshirish doirasida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komissiyalar ishlarida ishtirokini ta'minlaydi;

O‘R FVVning markaziy apparati, hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tegishli tashkilotlari faoliyatidagi pasport-viza ta'minotini tashkillashtiradi;

xorijlik mutaxassislarni respublikada tashkil etiladigan ekspertizalarga jalb qilishni, vazirlik mutaxassislarini xorijdagi xalqaro ekspertizalarda ishtirokini tashkillashtiradi;

O‘R FVV taklifiga binoan xalqaro tadbirlarda ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurayotgan xorijiy delegasiyalarni tashrifini ta'minlaydi, xorijiy mutaxassislarga O‘R TIV orqali viza yordami ko‘rsatadi;

v) Xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha axborot, tahliliy va ma'lumot materiallarni tayyorlashni ta'minlash:

O‘R FVV faoliyatining yo‘nalishlari bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganishda, umumlashtirishda va joriy etishda ko‘maklashadi;

vazirlikning xalqaro hamkorligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlari haqida materiallarni umumlashtiradi, xalqaro hamkorlik to‘g‘risida yig‘ma ma'lumotlar, hisobotlar, va favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish sohasidagi xalqaro shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirish  choralari hamda O‘R FVVning xalqaro hamkorlik tadbirlarida ishtiroki to‘g‘risida takliflar tayyorlaydi;

o‘rnatilgan tartibda Prezident Administratsiyasiga, Vazirlar Mahkamasiga hamda vazirlik rahbariyatining topshirig‘iga ko‘ra boshqa yuqori turuvchi idoralarga axborot, tahliliy ma'lumot va boshqa masalalar bo‘yicha boshqarma vakolatiga taalluqli materiallarni taqdim etadi;

vazirlikning xalqaro hamkorlik bo‘yicha rejalari hamda vazirlikning xalqaro tashkilotlar va xalqaro bitimlardagi ishtirokidan kelib chiqadigan majburiyatlari bo‘yicha vazirlik tarkibiy tuzulmalari tomonidan ularning bajarilishi to‘g‘risida vazirlik rahbariyati uchun ma'lumot tayyorlaydi;

ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdim etadi;

g) O‘zbekiston Respublikasi hududi va tashqarisidagi xalqaro gumanitar loyiha, dastur va amaliyotlarni tayyorlash sohasida hamda amalga oishirishda ishtirok etish:

xalqaro dasturlar, O‘R FVV vakolatiga kiruvchi yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish ishlarini tashkillashtiradi;

transchegaraviy xarakterdagi favqulodda vaziyatlarda shoshilinch hamda gumanitar yordam berish maqsadida qo‘shni davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro harakatlar mexanizmini ishlab chiqadi;

o‘rnatilgan tartibda xorijiy nohukumat, jamoat va boshqa tashkilotlar bilan O‘R FVV vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni olib boradi;

xorijiy davlatlar hududida favqulodda vaziyatlar yuz berganda u yerdan O‘R fuqarolari evakuasiyasini tashkil etishda ishtirok etadi;

favqulodda vaziyatlar yuzasidan O‘R va xorijiy davlatlarda jabrlangan aholiga ijrochi xokimiyatning manfaatdor idoralari bilan birgalikda, shuningdek, BMT (kontrakt asosida) va boshqa xalqaro tashkilotlar rahbarligidagi gumanitar yordam yuklarini rasmiylashtirish, sotib olish va yetkazish bo‘yicha tadbirlarida ishtirok etadi;

favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish yuzasidan o‘rnatilgan tartibda xorijiy davlatlarga yordam berish bo‘yicha tadbirlarni tashkillashtirishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;

Qochqinlar va xorijiy davlatlardan kelgan majburiy ko‘chmanchilar bo‘yicha muammolarni hal qilish masalalarida O‘R FVVnig ishtirok etishi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirishni ta'minlaydi.

  • Boshqarmaning vazifa va funksiyalari (0.08 Мб)

Kapital qurilish va ta'mirlash boshqarmasi boshlig‘i

Namazov Fayzulla Parmonovich

Boshqarma vazifalari

kapital qurilish va ta'mirlashga oid me'yoriy-xukukiy xujjatlar loyixalarini ishlab chiqish; 

vazirlik kapital qurilish va ta'mirlash ob'ektlarida qurilish montaj ishlar bajarish  sifatini texnik nazorat qilinishini hamda loyixa yechimini samaradorligini ta'minlash;

ishlab chiqarish, ijtimoiy soxa, yashash fondi hamda yo‘l transport va muxandislik kommunikasiyalar ob'ektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash ishlarini bajarish;

qurilish ob'ektlarida boshlangich loyixaoldi xujjatlarini tayyorlash;

kapital qurilish va ta'mirlash ob'ektlarida qurilish maydonchalarni tayyorlash;

kapital qurilish va ta'mirlashni moliyashtirish, xisobini olish va xisobini yuritish;

kapital qo‘rilish va ta'mirlash ob'ektlarini qabul qilish

va foydalanishga topshirilishni amalaga oshirish;

99951 harbiy qism shahsiy tarkibi tomnidan amalga oshiriladigan qurilish ishlarini nazorat qilish.

 Boshqarma funksiyasi

 Loyiha yechimlarining samaradorligini, qurilish – montaj ishlari sifatini texnik nazoratini, avtotransport va muxandislik kommunikasiyalari infratuzilmasini ta'minlaydi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi kapital qurilish va ta'mirlash ob'ektlari uchun «Buyurtmachi» funksiyasini bajaradi.

  • Boshqarma funksiya va vazifalari (0.06 Мб)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech