FVV ogohlantiradi:
5 dekabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib,ayrim joylarda yomg'ir yog'adi . Faqatgina Qaraqoipog'iston Respublikasi Xorazim Andijon Namangan va Farg'ona viloyatlarida yog'ingarchilik kutilmaydikunning Shamol sharqdan 7-12 m/c(25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7*S iliq, kunduzi 5-10*S iliq bo'ladi.

Markaziy apparat

Tibbiyot boshqarmasi boshlig‘i

Vakant

Tibbiyot boshqarmasining asosiy vazifalari

 Shaxsiy tarkibning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish;

         tuzilmalarda sanitar-epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash;

         tibbiy tuzilmalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish;

         tibbiyot boshqarmasining jangovar va safarbarlik kuch va vositalarining shayligini ta'minlash;

         tibbiyot boshqarmasi shaxsiy tarkibining malakasini oshirish va qayta tayyorlash;

         tuzilmalarni dori vositalari va tibbiy asbob-anjomlar bilan ta'minlash;

shaxsiy tarkibning harbiy-tibbiy tayyorgarligini tashkil etish;

         shaxsiy tarkib o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va gigienik bilimlarni targ‘ib qilish;

         tabiiy ofatlar va texnogen avariyalar oqibatlarini bartaraf etishda qatnashish;

         tibbiy ta'minot muammolarini ilmiy ishlab chiqish.

  1. Tibbiy ta'minot o‘z ichiga sanitariya-gigiena, epidemiyaga qarshi, davolash-profilaktik, reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazish, dori vositalari va tibbiy mahsulotlar bilan ta'minlash, harbiy tibbiyot muammolarini ilmiy ishlab chiqish, shuningdek, vazirlik hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalar tibbiyot xizmatining jangovar va safarbarlik tayyorgarligini tayyorlash.
  2. Sanitariya-gigiena tadbirlari harbiy xizmat va kundalik hayot uchun qulay sharoitlarni ta'minlash, shaxsiy tarkib sog‘lig‘ini saqlash

va mustahkamlash, ularning yuqori ish va jangovar samaradorligini saqlash hamda favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va tuzilmalarning kundalik faoliyat vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishda rahbariyatga yordam berishga qaratilgan. Sanitariya-gigiena tadbirlarining mazmuni sanitariya me'yorlari, qoidalari va gigiena standartlari bilan belgilanadi.   

  1. Barcha hududiy boshqarma va tarkibiy tuzilmalarning boshliqlari va mas'ul xodimlari ta'minlash uchun majbur:

         tasdiqlangan tibbiy-biologik, sanitariya me'yorlari, qoidalari va gigiena standartlariga rioya qilish;

         yuqumli, parazitar, kasb va boshqa kasalliklarning, shuningdek zaharlanishning oldini olish va yo‘q qilish bo‘yicha tashkiliy va maxsus tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish;

         harbiy xizmatchilar va yong‘in-qutqaruv guruhlarini qutqaruvchi tomonidan dastlabki va davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

         sanitariya kuzatuvi va nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarga sanitariya-gigiena hamda epidemiya holati to‘g‘risida ishonchli va to‘liq ma'lumotlarni taqdim etish.

  1. Hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalarda epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish tegishli Tibbiy xizmat (punkt) boshliq (mutaxassis)lariga yuklatilgan. Barcha hududiy boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar boshliqlari, mas'ul shaxslarning epidemiyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning nizomlari, qo‘llanma va ko‘rsatmalar bilan tartibga solinadi.
  2. Davolash-profilaktika choralari – bu harbiy xizmatchilarning sog‘lig‘ini saqlash va yaxshilash, ularning yuqori jangovar samaradorligini ta'minlash, kasalliklarning oldini olish va kamaytirish, kasallik va o‘lim sababli harbiy xizmatdan bo‘shatish, shuningdek kasal harbiy xizmatchilarni o‘z vaqtida aniqlash va davolash, ularning sog‘lig‘ini tezda tiklash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuidir.
  3. Davolash va profilaktika choralari O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning sog‘lig‘ini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Ichki xizmat nizomi va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
  4. Davolash va profilaktika choralariga quyidagilar kiradi:

         harbiy xizmatchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

         kasal harbiy xizmatchilarga zarur tibbiy (shu jumladan, stomatologik) yordamni o‘z vaqtida ko‘rsatish, ularni ambulatoriya va stasionar sharoitda davolash;

         g‘arbiy xizmatchilarni protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta'minlash;

         shaxsiy tarkibni tibbiy reabilitatsiya sini tashkil etish;

         harbiy xizmatchilarning sanatoriyada davolanishini tashkil qilish;

         donorlik ishini tashkil qilish.

  1. Tibbiy reabilitatsiya – bu reabilitatsiya turlaridan biri bo‘lib,

u izchil va ketma-ket terapevtik va profilaktik choralar ko‘rish, harbiy xizmatchi va qutqaruvchilarni gigienik o‘qitish va tarbiyalash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasallik yoki jarohat sababli sog‘lig‘ini yo‘qotgan harbiy xizmatchi va qutqaruvchilarning salomatligini va mehnatga layoqatini tiklash. Tibbiy reabilitatsiya  psixologik, jismoniy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya  bilan birga olib boriladi.

  1. Dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash tibbiy ta'minotning bir qismi bo‘lib, vazirlik tibbiy muassasa(punkt)larini o‘z vaqtida tibbiy asbob-anjomlarga, davolash-profilaktika, sanitariya-gigiena va epidemiyaga qarshi choralar, shuningdek shaxsiy tarkibning tibbiy tayyorgarligi va sanator-kurort davolanish ishlarini o‘tkazish uchun mavjud ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha majmuaviy tadbirlarni o‘tkazishdir.
  • Tibbiyot boshqarmasining asosiy vazifalari (0.00 Мб)

Kichik xajmli kemalarni nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i

Parpiev Akmal Norqo'zievich

Inspeksiyaning vаzifа vа funktsiyalаri

1. Кichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;

kichik hajmli kemalarni roʼyxatdan oʼtkazish qoidalarini, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish huquqbuzarliklarini oldini olish, aniqlash, ularga qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʼrish tadbirlarini tashkil etish;

jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan, ularga tegishli boʼlgan kichik hajmli kemalarni roʼyxatdan va texnik koʼrikdan oʼtkazish;

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirish;

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion siyosat olib borishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilashda va maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni tasdiqlashda ishtirok etish;

kema haydovchilarini oʼqitishni tashkil etish va amalga oshirishda ishtirok etish;

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida Vazirlik tizimidagi harbiy xizmatchi va xizmatchilarni xodimlarini qayta tayyorlash

va malakasini oshirishni tashkil etish;

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida ilgʼor xorij tajribasini oʼrganish va targʼib qilish;

kichik hajmli kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) xavfsiz foydalanishda davlat nazoratini tashkil etish

2. a) kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish sohasida:

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirishda ishtirok etadi;

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish tizimini rivojlantirish boʼyicha normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va vazirlik rahbariyatining imzosi bilan Vazirlar Mahkamasiga kiritadi

b) kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish huquqbuzarliklarini oldini olish va profilaktika tadbirlarini tashkil etish sohasida:

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish boʼyicha davlat dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi hamda nazorat qiladi;

hududiy boshqarmalarning Kichik hajmli kemalar boʼyicha inspektorlari tomonidan kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni tashkil etish boʼyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va ularning ijrosini nazorat qiladi;

kichik hajmli kemalardan foydalanish jarayonida avariyalar va halokatlarning oʼz vaqtida oldini olish va oqibatlarini yumshatishni taʼminlaydi;

kichik hajmli kemalardan ular turadigan bazalardan (inshootlardan) xavfsiz foydalanish, ularni oʼrnatilgan tartibda belgilangan muddatlarda roʼyxatdan va texnik koʼrikdan oʼtkazish sohasida targʼibot va axborot taʼminotini amalga oshiradi, kichik hajmli kemalardan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni oʼqitishni tashkil etadi

v) kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishni tashkil etish boʼyicha qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan talablar bajarilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanishda texnik reglamentlar, standartlar, meʼyorlar, qoidalar va boshqa huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va koʼrib chiqadi;

respublikaning barcha suv akvatoriyalarida odamlarning suvdagi xavfsizligini taʼminlash maqsadida kichik hajmli kemalar va ularning turargoh bazalaridan toʼgʼri foydalanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi

g) kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish davrida ichki suv xavzalarida favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelganda yoki sodir boʼlganda ular toʼgʼrisida kema egalari va foydalanuvchilarini oʼz vaqtida ogohlantirish va xabardor qilishni tashkillashtirish sohasida:

jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining Inspektsiya vakolatiga taalluqli murojaatlarini koʼrib chiqadi hamda ushbu masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʼradi;

ichki suv xavzalarida kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish davrida favqulodda vaziyatlar xavfi tugʼilganda yoki sodir boʼlganda kema egalari va foydalanuvchilariga avtomatlashtirilgan tarzda xabar berish va ogohlantirish tizimi yaratilishida ishtirok etadi;

kichik hajmli kemalar koʼp toʼplanadigan joylarda, ichki suv xavzalarida muntazam profilaktika tadbirlarini oʼtkazadi, kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish muammolarini yechishda oʼzini-oʼzi boshqarish organlari bilan oʼzaro samarali hamkorlik olib boradi;

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish davrida ichki suv xavzalarida favqulodda vaziyatlar xavfi tugʼilganda yoki sodir boʼlganda barcha aloqa va ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda kema egalari va foydalanuvchilariga tezkor xabar berishni nazorat qiladi;

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirishga tegishli bilim va tajribaga ega boʼlgan nodavlat notijorat tashkilotlar, shu jumladan, chet ellik fuqarolar va xorijiy tashkilotlarni jalb qilish ishlarini tashkil etishda ishtirok etadi

d) kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasidagi ilmiy-texnik va innovatsion siyosat olib borishning ustuvor yoʼnalishlarini belgilash va maqsadli ilmiy-texnik dasturlarni tasdiqlash sohasida:

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasidagi fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yoʼnalishlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda amalga oshiradi

e) kema haydovchilarini oʼqitishni tashkil etish va amalga oshirish sohasida:

kema haydovchilarini tayyorlashda ishtirok etadi;

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish boʼyicha taʼlim muassasalarida oʼquv dasturlarini koʼrib chiqadi va kelishishda ishtirok etadi;

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohasida kema haydovchilarini tayyorlash jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishni va keng foydalanishni taʼminlashda ishtirok etadi

j) favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ilgʼor xorij tajribasini oʼrganish, umumlashtirish va targʼib qilish sohasida:

kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanish sohalarida oʼrnatilgan tartibda xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda, shuningdek, xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda Inspektsiya vakolatiga kiruvchi masalalar boʼyicha ishtirok etadi.

Inspektsiya qonunchilikka muvofiq boshqa funktsiyalarni ham bajaradi.

  • Inspeksiyaning vаzifа vа funktsiyalаri (0.00 Мб)

Yuridik xizmati boshlig`i

Rasulov Sobirjon Saydalievich

Yuridik xizmatining asosiy vazifalari:

Favqulodda vaziyatlar vazirligi  va uning tizimidagi bo‘limlari, hududiy tuzilmalari va xizmatlari faoliyatida qonunchilikni ta’minlash;

vazirlikning manfaatlarini  va huquqlarini muhofaza qilishni ta’minlash;

vazirlikning faoliyatida  boshqa davlatlar bilan xalqaro-huquqiy munosabatlarni ta’minlash;

vazirlik va uning tizimidagi bo‘limlar, hududiy tuzilmalarning ho‘jalik-shartnomaviy faoliyatini tashkil etish, da’vogarlik  va suddagi ishlarni olib borish;

vazirlikning barcha harbiy xizmatchilari va xodimlarining manfaatlarini muhofaza etish;

harbiy xizmatchilar va xizmatchilar orasida huquqbuzarlikning oldini olish va tegishli profilaktik ishlarni olib borish;

vazirlik vakolatiga tegishli qonunchilik ijodkorligi yuzasidan qonun va boshqa qonunosti huquqiy aktlar loyihalarini  ishlab chiqish jarayonida markaziy apparatning boshqarmalari, bo‘limlari va xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

vazirlik vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining takomillashtirilishi bilan bog‘lik  huquqiy ta’minlash faoliyatini tashkil etish;

vazirlik tizimidagi xizmatlarining faoliyati vakolatlari doirasida  qonunchiqaruvchi (vakillik), prokuratura, ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi  organlari, jinoiy, fuqaro va ho‘jalik sudlari bilan belgilangan tartibda yagona va qulay munosabatni ta’minlash.

Yuridik xizmatining funksiyalari:

vazirlik tizimida tayyorlangan buyruqlar, ko‘rsatmalar, direktivalar va boshqa huquqiy norma shakliga ega aktlar loyihalarini amaldagi qonunchilikka  mosligini huquqiy nazorat  maqsadida  tekshirish;

vazirlik tizimida  yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlarni tayyorlash va chiqarishda yordam berish va ularning amaldagi qonunchilikka mos bo‘lganligiga huquqiy hulosa berish va imzolash;

amaldagi qonunchilikka yoki vazirning buyruqlariga zid bo‘lgan aktlarni bekor qilish yohud o‘zgartirish uchun choralar qo‘rish;

mustaqil ravishda yoki boshqa xizmatlar bilan birgalikda vazirlikning amaldagi  buyruklariga tegishli o‘zgartirish, ishlamaydigan va o‘z kuchini yo‘qotgan buyruqlarni esa  bekor qilish to‘g‘risida takliflar kiritish;

vazirlikda mehnat intizomini mustahkamlash, jamoa shartnomasini ishlab chiqish va tayyorlash tadbirlarida ishtirok etish.

ho‘jalik shartnomalari va u bilan bog‘lik boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini amaldagi qonunchilik talablariga mosligini tekshiradi;

vazirlikning ho‘jalik shartnomalari bo‘yicha da’vogarlik ishlarini tashkil qiladi va olib boradi;

shartnomaviy munosabatlardan kelib chiqadigan bahslar bo‘yicha da’vo ishlarini olib boradi, da’vo materiallarini tayyorlaydi va ularni ho‘jalik sudlariga topshiradi;

vazirlik manfaatlarini himoyalash maqsadida  davlat, jamoat va huquqni muhofaza qilish  organlarda va tashkilotlarda vakillik qiladi;

vazirlikda ishlab chiqariladigan qonunlar va boshqa normativ aktlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;

vazirlikka moslashtirish uchun belgilangan tartibda kelib tushadigan qonunlar va boshqa huquqiy aktlar loyihalariga mustaqil ravishda yoki vazirlikning boshqa bo‘linmalari bilan birga taqriz va hulosalar beradi;

vazirlik xodimlarini intizomiy, moddiy, shuningdek  ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi masalasi bo‘yicha o‘z hulosasini beradi;

majburiy o‘ndiriladigan qarzlarni aniqlash maqsadida debitor qarzdorlik holati bo‘yicha materiallarni qo‘rib chiqish, umidsiz qarzlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi takliflar bo‘yicha hulosalar tayyorlaydi;

vazirlik faoliyatida qonunlar ijro etilishini, ularda qabul qilinayotgan aktlar va hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga mosligini tekshiradi;

vazirlikning komissisiyalari joylarda tekshiruvlar o‘tkazganda ularning faoliyati ustidan nazorat qiladi, ishlarning haqiqiy holati bo‘yicha tekshiruv natijalariga huquqiy baho beradi. Ushbu komissiya raislari yuridik xizmatiga tekshiruvlarning boshlanishi, jarayoni va natijalari hakida ahborot beradilar;

vazirlikning qasaba uyushmasi qo‘mitasiga va boshqa jamoat tashkilotlariga muntazaam huquqiy yordam beradi;

vazirlikning xodimlariga huquqiy masalalar bo‘yicha muntazaam  huquqiy maslahatlar beradi;

vazir ko‘rsatmasi bilan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazadi;

vazirlikning hududiy boshqarmalari yurist maslahatchilarining faoliyati ustidan nazorat qiladi.

  • Yuridik xizmatining asosiy vazifalari (PDF): (0.00 Мб)

Vazirning axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi — Matbuot xizmati boshlig`i

Sadikov Murod Ganiyevich

Matbuot xizmatining vazifa va funksiyalari 


1. Quyidagilar xizmatning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazir tomonidan belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda qatnashish;ommaviy axborot vositalarida (keyingi o‘rinlarda - OAV) vazirlik faoliyatiga oid e'lon qilib borilayotgan ma'lumotlar monitoringini olib borish;vazirlikning hududiy boshqarmalari va tarkibiy tuzilmalari faoliyatini OAVda yoritish ishlarini muvofiqlashtirish.

vazirlik faoliyati to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, vazirlik rasmiy veb-sayti, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan, matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;

Axborot siyosati sohasida zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bilan samarali amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish, xizmat bilan doimiy ishlovchi jurnalistlar va blogerlar doirasida tezkor ma'lumotlarni tarqatish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda keng aholi qatlamlarining ishtirokini ta'minlash maqsadida ekspertlar guruhini shakllantirish;muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida rahbariyat chiqishlarini tashkil etish;axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, ommaviy vositalari va Internet tarmog‘ida vazirlik foliyatiga tegishli axborotlarni tarqatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.

2. Quyidagilar Matbuot xizmatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:  vazirlik faoliyatiga oid bosma materiallarni milliy va xorij matbuotida yoritish, tele- va radio dasturlar tayyorlash;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari hamda OAV bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 

vazirlik rahbariyati va xodimlarining OAV vakillari bilan matbuot konferensiyalari, brifing hamda boshqa uchrashuvlarini tashkil etish;davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda mahalliy va xorijiy OAV orqali tarqatish uchun xabar, ma'lumot sharh va boshqa axborot tahliliy materiallar tayyorlash;

vazirlik faoliyatini xorijiy OAVda sifatli yoritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonlarini, shuningdek, xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonalarini axborot materiallari (foto, audio va video, bosma mahsulotlar va h.k.) bilan ta'minlash;

vazirlik faoliyat sohasiga oid matnli, foto, audio va videomateriallar bazasini shakllantirish hamda yuritish;

favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududdan interv'yu, reportaj tashkil qilish va tayyorlash;

OAV va jurnalistlarining so‘rovi asosida ularga og‘zaki va yozma shaklda (shu jumladan, elektron hujjat tartibida) axborot taqdim etish;

Matbuot xizmati oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur bo‘lgan axborotni, vazirlikning boshqa tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda to‘plash va ularni puxta ishlash;

vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlar to‘g‘risida tayyorlangan lavha va roliklarning montaj jarayonlarida ishtirok etish, shuningdek, mazkur materiallarni o‘rnatilgan tartibda arxivlashni ta'minlash;

vazirlik faoliyatiga oid materiallarni tayyorlashda milliy va xorijiy axborot agentliklari, shu bilan birga, OAVning ommaviy talab va arizalarini ko‘rib chiqadi.

 axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, ularga munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi bo‘yicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, OAV, shu jumladan, internet tarmog‘ida materiallar tarqatish bo‘yicha kompleks ishlarni tashkil etish;

OAV hamda internet tarmog‘ida vazirlik faoliyati va sha'niga putur yetkazuvchi axborotlar qayd etilganda, ularga xolis va adolatli munosabat bildirish;

vazirlik hududiy boshqarmalarining Axborot bo‘limlari tomonidan OAVda yoritish bo‘yicha rejalarning (media-reja) ishlab chiqilishi va uning bajarilishini nazorat qiladi;

hududiy Axborot bo‘limlariga OAV bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar berishda amaliy yordam ko‘rsatadi hamda ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlarni jamlaydi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.

  • Vazifa va funksiya Matbuot xizmati (0.00 Мб)

Fan, innovatsion rivojlantirish va o‘qitishni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i

Xikmatov Bekzod Fazlitdinovich

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fan, innovasion rivojlantirish

va o‘qitishni tashkil etish bo‘limi

 Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasida ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish va ishlab chiqishda ishtirok etish;

vazirlik tizimida ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlanishini ta'minlash;

vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot va o‘quv muassasalarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek ularning natijalarini vazirlik va Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (keyingi o‘rinlarda - FVDT) amaliy faoliyatiga tatbiq qilish;

Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengashning samarali faoliyatini ta'minlash;

FVDT rahbarlar tarkibini, aholini o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil etish, o‘qitiluvchilarning toifalarini, dasturlarini, o‘qitish muddatlarini kelishish;

vazirlik ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etishda ishtirok etish;

vazirlik ta'lim muassasalariga qabul uchun mutaxassislik yo‘nalishlari va kadrlar tanlash tadbirlarini tashkil etishda ishtirok etish;

respublika davlat boshqaruv organlari va xorijiy davlatlar ta'lim muassasalarida vazirlik tuzilmalari xodimlarining o‘qitish, qayta tayyorlash va malaka oshirishini tashkil etish;

aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va professional tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlar chop etish faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va professional tayyorgarlik bo‘yicha axborot-tahliliy ta'minotni amalga oshirish;

aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va professional tayyorgarlik bo‘yicha mahalliy va xorijiy tajribani o‘rganish, umumlashtirish va amaliyotga tatbiq qilish.

 Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

  1. a) tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasida ilmiy-texnik

faoliyatni rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish va ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:

vazirlikka yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yagona ilmiy-texnik siyosatni shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish ishlarini tashkil etadi;

favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasida ilmiy-texnik va innovasion rivojlanishga yo‘naltirilgan davlat dasturlarini ijrosini ta'minlaydi;

vazirlik tizimida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga taklif kiritadi;

vazirlik tizimida ilmiy-texnik tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qiladi;

vazirlik ilmiy-texnik siyosatini tashkil etish va amalga oshirish masalalariga tegishli normativ-huquqiy va uslubiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi;

ilmiy-axborot ishlarini tashkil etadi (vazirlik vakolati doirasidagi xalqaro va mahalliy ilmiy konferensiyalar, forumlar, simpoziumlar, sessiyalar, davra suhbatlari, seminarlar tashkil etish va o‘tkazish);

vazirlik ilmiy-texnik faoliyatini tahlil qiladi.

  1. b) vazirlik tizimida ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlanishini ta'minlash sohasida:

aholi va hududlarni muhofaza qilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari monitoringini amalga oshiradi;

vazirlikning ilmiy-texnik ehtiyojlariga asosan amaliy ilmiy-tadqiqotlar va eksperimental ishlanmalarni moliyalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlashni tashkil qiladi;

vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘rgazmalarining o‘tkazilishini rejalashtiradi va muvofiqlashtiradi;

yakuniga yetkazilgan sohaga oid tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil qiladi;

ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha rivojlangan xorijiy tajribani o‘rganadi.

  1. v) vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot va o‘quv muassasalarida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek ularning natijalarini vazirlik va FVDT amaliy faoliyatiga tatbiq qilish sohasida:

yangi yo‘nalishlar bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi, ish dasturini shakllantirishni tashkil qiladi, uni amalga oshirish usul va uslublarini belgilaydi;

vazirlik tizimida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qilish bo‘yicha rejalar ishlab chiqadi;

vazirlik tuzilmalarining ilmiy ishlar rejalarini ko‘rib chiqadi va kelishadi;

vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari, hududiy organlari, ta'lim va ilmiy muassasalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

vazirlik tizimida ilmiy va ta'lim faoliyati uyg‘unlashuvi bo‘yicha tadbirlar amalga oshiradi.

  1. g) Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengashning samarali faoliyatini ta'minlash sohasida:

Fuqaro muhofazasi instituti huzuridagi Aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, shuningdek fuqaro muhofazasi sohasidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish bo‘yicha idoralararo kengashi va vazirlik Ilmiy-texnik kengashi faoliyatini tashkil qiladi;

Idoralararo kengash faoliyati bo‘yicha yillik ish rejalari va hisobotlarini tayyorlaydi;

Idoralararo kengash yig‘ilishlarini tayyorlaydi va o‘tkazadi;

Idoralararo kengash yig‘ilishi qarorlarining o‘z vaqtida ijrosi ta'minlanishini muvofiqlashtiradi;

Idoralararo kengash a'zolarining axborot ta'minoti tadbirlarini bajaradi;

yakuniga yetkazilgan tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ekspertizasi o‘tkazilishini tashkil qiladi;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Innovasion rivojlanish vazirligi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni tashkil qiladi.

  1. d) FVDT rahbarlar tarkibini, aholini o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil etish, o‘qitiluvchilarning toifalarini, dasturlarini, o‘qitish muddatlarini kelishish:

ixtisoslashgan ta'lim, FVDT rahbarlar tarkibi va aholini o‘qitish hamda professional tayyorgarlik bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish bo‘yicha rahbariyatga taklif kiritadi;

vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalari tomonidan FVDT rahbarlar tarkibi va aholini o‘qitish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni nazorat qiladi, ularga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi, amalga oshirilgan ishlar hisobotini taqdim etish bo‘yicha yagona tartibni tashkil etadi.

  1. ye) vazirlik ta'lim muassasalarida ta'lim jarayonini tashkil etishda ishtirok etish sohasida:

professional tayyorgarlikni takomillashtirish masalalari bo‘yicha vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalari rahbarlari bilan o‘quv-uslubiy seminarlar va yig‘inlar tashkil etadi;

vazirlik ta'lim muassasalari o‘quv rejalari va dasturlarini ko‘rib chiqish va kelishishni tashkil etadi. Ularni amalga oshirilishini nazorat qiladi;

vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalariga mutaxassislar tayyorlashni amalga oshiruvchi vazirlik tasarrufidagi va boshqa ta'lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqishni tashkil etadi va ishlab chiqishda ishtirok etadi;

vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalariga mutaxassislar tayyorlashni amalga oshiruvchi vazirlik tasarrufidagi va boshqa ta'lim muassasalarida mutaxassislik va ixtisosliklar ro‘yxati, mutaxassislar tayyorlash shakli va muddati bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

vazirlik ta'lim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirish, vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalarida ta'lim va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar ijrosini nazorat qiladi;

vazirlik ta'lim muassalari va vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari o‘rtasida kursant, student va tinglovchilarni o‘qitish masalalari yuzasidan hamkorlikni tashkil qiladi.

  1. j) vazirlik ta'lim muassasalariga qabul uchun mutaxassislik yo‘nalishlari va kadrlar tanlash tadbirlarini tashkil etishda ishtirok etish sohasida:

vazirlik ta'lim muassasalari abiturientlarining shaxsiy sifatlariga qo‘yiladigan talablarni, o‘qishga qabul qilinadigan nomzodlarning tanlab olish mezonlari va uslublarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

vazirlik ta'lim muassasalarida nomzodlarni ta'limga mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy ta'minotni tashkil etadi.

  1. z) respublika davlat boshqaruv organlari va xorijiy davlatlar ta'lim muassasalarida vazirlik tuzilmalari xodimlarining o‘qitish, qayta tayyorlash va malaka oshirishini tashkil etish sohasida:

vazirlik ta'lim muassasalari professor-o‘qituvchi va rahbarlar tarkibini vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalarida, respublika va boshqa davlatlarning ilg‘or ta'lim muassasalarida tajriba almashinuvini tashkil etadi;

vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalari xodimlarini xizmat tayyorgarligi bo‘yicha uslubiy ta'minotni tashkil etadi;

vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalari xodimlarining qayta tayyorgarlikdan o‘tish, toifani oshirish, mavjud toifani tasdiqlashga oid ma'lumotlarni tahlil etadi.

  1. i) aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va professional tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlar chop etish faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish sohasida:

FVDT rahbarlar tarkibi va aholini o‘qitish hamda professional tayyorgarlik bo‘yicha hisobni yuritish va rejalashtirish hujjatlari, o‘quv va o‘quv-uslubiy adabiyotlar tayyorlashni tashkil etadi;

vazirlik hududiy va tarkibiy tuzilmalarining o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy-texnik adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyojlari yuzasidan ma'lumotlarni tahlil qiladi.

  1. k) aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va professional tayyorgarlik bo‘yicha axborot-tahliliy ta'minotni amalga oshirish sohasida:

FVDT rahbarlar tarkibi va aholini o‘qitish hamda professional tayyorgarlik holati bo‘yicha axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlaydi.

  1. l) aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va professional tayyorgarlik bo‘yicha mahalliy va xorijiy tajribani o‘rganish, umumlashtirish va amaliyotga tatbiq qilish sohasida:

aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorlash va professional tayyorgarlik sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

vazirlik hamda boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan aholini yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorlash, o‘quv-tarbiyaviy jarayon, ta'lim muassasalarida o‘quv-uslubiy va tarbiya ishlarini tashkil etishga qaratilgan konferensiya, seminar, yig‘ilish va boshqa tadbirlarda ishtirok etadi va tashkil qiladi.

  • Bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi (0.00 Мб)

Moliyaviy-nazorat bo‘limi boshlig'i

Ergashev Xayrulla Shuxratullayеvich

Bo‘limning vazifa va funksiyalari

1. Mablag‘ bilan ta'minlanish manbalaridan qat'iy nazar, vazirlikning hududiy va tarkibiy tuzilmalari moliya xizmatlari ish faoliyatini, ya'ni byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya etilishini, shuningdek, sotilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar (ish) uchun pul mablag‘larining hisob-kitob qilinishini o‘rganish hamda tekshirish;

pul mablag‘lari va moddiy-tovar boyliklarining kamomadi, byudjet va smeta-shtat intizomi buzilishining boshqa hollarini aniqlash hamda shu holatlarni yuzaga keltiruvchi sharoit va sabablarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

tekshiruv o‘tkazilayotgan tuzilmalarda buxgalteriya hisobi, byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya qilinishi ustidan joriy va tezkor nazoratni tashkillashtirish, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning saqlanishi hamda xarajatlar smetasining tuzilishi va ijrosi, byudjetdan tashkari mablag‘larning shakllantirilishi, ulardan maksadli foydalanish, shuningdek, moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.

2. a) mablag‘ bilan ta'minlanish manbalaridan qat'iy nazar, tuzilmalar moliya xizmatlari ish faoliyatini, ya'ni byudjet va smeta- shtat intizomiga rioya etilishini, shuningdek, sotilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar (ish) uchun pul mablaglarining hisob-kitob silinishini o‘rganish hamda tekshirish sohasida:

MNB hujjatli tekshirishlar o‘tkazish huquqini beruvchi vakolatnomani vazirga imzolatadi;

MNB tuzilmalar moliya xizmatlari ish faoliyatini, ya'ni byudjet va smeta-shtat intizomiga, shuningdek, moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha tasdiqlangan rejaga muvofiq qonun hujjatlariga rioya etilishini moliyaviy nazorat qiladi;

buxgalteriya hisobining to‘g‘ri tashkil etilishi va moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini o‘rganadi hamda tekshiradi;

avvalgi tekshiruvlarda aniklangan qonunbuzilishlarning bartaraf etilishini nazorat tartibida tekshiradi;

tekshiruvni ikki yilda bir martadan kam bo‘lmagan xamda 30 kun muddatdan oshmagan holda amalga oshiradi;

tekshirish natijalarini umumlashtirish, ular bo‘yicha vazirlik rahbariyatiga axborot, hisobot, ma'lumotnoma kiritish va o‘tkazilgan tekshiruvlar yuzasidan vazir xulosa hamda. buyruq loyihalarini tayyorlaydi;

aniqlangan xarakterli hukukbuzarliklar bo‘yicha gekshirishlar materiallarini umumlashtirish hamda kelgusida ularni bartaraf etish va oldini olishga doir vazirlikning tegishli xizmatlariga chora-tadbirlar belgilash yuzasidan takliflar tayyorlaydi va taqdim etadi;

tekshiruv natijasida aniklangan zararni amaldagi qonun hujjatlariga asosan koplanishi yuzasidan taklif kiritadi.

b) tekshiruv o‘tkazilayotgan tuzilmada buxgalteriya hisobi, byudjet va smeta-shtat intizomiga rioya silinishi ustidan joriy va tezkor nazoratni tashkillashtirish, pul mablag‘lari va moddiy boyliklarning saqlanishi hamda xarajatlar smetasining tuzilishi va ijrosi, byudjetdan tashqari mablag‘larning shakllantirilishi, ulardan maqsadli foydalanish, shuningdek, moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish sohasida:

buxgalteriya hisobining to‘g‘ri tashkil etilishi va moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risidagi hisobotlarning ishonchliligini o‘rganish hamda tekshirish;

MNBning vakolatiga kiruvchi taxliliy, axborot va metodologik ishlarni amalaga oshirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning ariza, taklif va shikoyatlarini MNBning vakolati doirasida ko‘rib chiqish;

vazir topshirigiga asosan alohida hollarda xizmat tekshiruvida ishtirok etish.

  • Bo‘limning vazifa va funksiyalari (0.00 Мб)

Favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va boshqarish milliy markazi boshlig‘i

Sottiyev Xurshid To‘lqinboyevich

 Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazining asosiy vazifalari:

Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv markazi FVDTning hududiy va funksional quyi tizimlaridan olingan seysmologik, geologik, gidrometeorologik xavfli hodisalar, sanoat va transportdagi avariyalar va halokatlar, epidemiyalar, epizootiyalar, epifitotiyalar, radioaktiv, kimyoviy va biologik (bakteriologik) ahvol to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash (tahlil qilish, saqlash) hamda rahbar organlar, FVDTning kundalik boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari hamda favqulodda vaziyat yuzaga kelishi holatlari, xususiyatlari, rivojlanish ko‘lamlari va kechishi, yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibi to‘g‘risida xabar qilish va axborot berish bilan shug‘ullanadi.

Markaz o‘rnatilgan tartibda uning zimmasiga kiruvchi majburiyatlaridan kelib chikkan xolda tashkilot va idoralar bilan respublika, maxalliy va ob’ekt darajasida xamkorlik qiladi. Shuningdek tegishli chet el tashkilotlari bilan favqulodda vaziyatlardan ogohlantirish va oqibatlarni bartaraf etish bo‘yicha xalqaro  shartnoma (kelishuv) asosida xamkorlik qiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech