FVV ogohlantiradi:
15 oktyabr kuni ob-xavo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 17-22 C iliq bo'ladi.

BMTTD va O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining “Tabiiy ofatlar xavf-hatarin boshqarish boyicha O`zbekiston Respublikasining salohiyatini mustahkamlash” qo`shma loyihasi

Loyiha haqida ma`lumot

Tabiiy ofatlarni oldini olish va oqibatlarini kamaytirish BMTning 2010-2015 yillarda rivojlanishni qo`llab-quvvatlash dasturiga kiritilgan.

O`zbekiston davlatini tabiiy ofatlar hatarini oldini olish va boshqaruv salohiyatini oshirish maqsadida BMTTD va O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirlig ibilan birgalikda 2010 yilning iyul oyida “Tabiiy ofatlar xavf-hatarini boshqarish boyicha O`zbekiston Respublikasining salohiyatini mustahkamlash” qo`shma loyihasi imzolandi.
 

Loyiha maqsadi
Loyihaning maqsadi bor imkoniyatlardan foydalangan holda Xiogo harakat dasturi asosida tegishli institutlarga tabiiy ofatlar hatarini kamaytirishning barqaror mehanizmini yaratishda ko`maklashishdan iborat. Joriy loyiha Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi va Mahalla fondi orqali tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish borasida kadrlarning malakasini, moddiy-tehnik salohiyatini oshirishga qaratilgan.
 

Yo’nalishlari
1. Toshkent va boshqa tabiiy ofat hatari darajasi yuqori bo`lgan viloyatlar aholisining hayoti uchun havfli ofatlarni oldini olish, kamaytirish va ofat sodir bo`lganida o`z vaqtida zarur ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa tegishli idoralar salohiyatini oshirish.

2. Tabiiy ofatlarga tayorgarlikni samaradorligini oshirish va ofat havfini kamaytirish ishlarida mahalliy aholining ishtirokini kengaytirish.

3. Hukumatni tabiiy ofatlarga tayorgarligi, ularning oqibatini kamaytirish va tabiiy ofatlarga qarshi tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo`yicha yagona strategiya ishlab chiqish maqsadida O`bekistondagi BMT tizimi salohiyatini kuchaytirish.

2012 yilda loyiha doirsida O’zbekiston Respublikasi Hukumatining aholini zilzilalar haqida habardorligini oshirish va zilzila yuz berganida aholining hatti-harakatlarini shakllantirish borasidagi ishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida quyidagi ishlar amalga orshirilmoqda.
 

Shahsiy uylarning zilzilabardoshligini oshirish.
Ikkita amaliy qo’llanma ishlab chiqildi.Shahsiy uylarning zilzilaga bardoshligini aniqlash hamda uning oqibatlaridan hususiy uy egalarini himoya qilish maqsadida tuzilgan. Hususiy uylarning zilzila bardoshligini aniqlash seysmikligi 7, 8, va 9 balli hududlarda qurilib foydalanilayotgan uylar uchun bajarilgan. Bunda devorlari pishgan va hom g’ishtdan, pahsadan va sunchdan qurilib foydalanilayotgan hususiy uylar ko’rib chiqilgan. Shuning bilan birga hususiy uyning mustahkamligi va zilzila bardoshligini ta’minlash uchun uni normal texnik holatda saqlash bo’yicha undan foydalanishning asosiy qoidalari keltirilgan.
 

Maktabgacha yoshdagi bolalarning zilzila paytidagi hatti-harakatlarini shakllantirish.
Shu kunlarda loyiha bolajonlar uchun “Qutqaruvchilar o’lkasida” multiplikasiyon filmini yaratish ustida ishlamoqda. Ushbu multiplikasiyon filmdan ko’zlangan maqsad, tabiiy ofat kelganida bolalarga shu vaqtda to’gri harakat qilish qoidalarini singdirishdir. Shuningdek favqulodda vaziyat holatida to’g’ri yo’l tutish madaniyatini shakllantirishdir.

Animasiya janri bolalar yoshiga mos tushunchalarni nazarda tutgan holda va materialni yoritishda keng multiplikasiyon imkoniyatlardan foydalangan holda ishlanmoqda. Animasiyon o’yin orqali bolalar zilzila yuzberganida o’zini qanday tutish kerakligi haqida amaliy ko’rsatmalar oladilar. Filmda turli vaziyatlar ko’riladi – bolalar uyda, mashinada, bolalar bog’chasida.

Keyinchalik ushbu multiplikasiyon film boshqa tabiiy ofatlar, masalan, sel, yer ko’chishi to’g’risida ko’pseriyalik multiplikasiyon film qilib ishlanishi ko’zda tutilgan. Shuningdek, film asosida bolalar uchun zilziladan oldin, zilzila paytida va zilziladan keyingi harakatlar to’grisida eslatma tayyorlanmoqda.
 

Hujjatli o’quv film
Aholini, ayniqsa ijtomoiy himoyaga muhtoj va band bo’lmagan aholini zilzilalar to’g’risida habardorligini oshirish va ularga zilzila yuz berganida harakat  qoidalarini singdirish maqsadida loyiha tomonidan “Zilzila paytida harakat qoidalari” hujjatli filmi tayyorlanmoqda. Film tayyor bo’lganidan keyin Milliy Teleradiokompaniya kanallari orqali efirga uzatiladi va shuningdek o’quv dasturlari doirasida namoyish etiladi.
 

Mobil telefonlar uchun mahsus programma (dastur)
Bugun mobil telefonlardan aholini barcha qatlamlari– talabalar, maktab o’quvchilari, kattalar va qariyalar foydalanib kelmoqda. Ushbu dastur orqali aholini tabiiy ofatlar havf-hatari haqida habardorligini oshirish va favqulodda vaziyat yuzbergan paytida aholi hatti-harakatlarini muvofiqlashtirish mumkin bo’ladi.

Hammamizga ma’lumki, tabiiy ofat yuz berganida mobil aloqa operatorlari hizmati uzilib-uzilib ishlaydi. Odamlar vahimaga tushadilar. Ular qayerga telefonqilishni va o’zlarini qanday tutishlarini bilmay qoladilar. Bu tabiiy hol. Ammo, bu programma (dastur) aloqa hizmati o’chgan bo’lsa ham iashalydi. Inson qiyin ahvolga tushgan paytida kerakli tugmani bosib, undagi foydali ma’lumotni o’qib, berilgan tavsiyalarga rioya qilishi mumkin.

Ma’lumot dasturiga bahtsiz hodisa yuzberganida, qo’ng’iroq qilishmumkin bo’lgan barcha telefon raqamlari kiritilgan hamda mutahassis yordami kerak bo’lganida yoki jarohat olgan kishiga birinchi yordam ko’rsatish kerak bo’lganida harkat qoidalarini ham topish mumkin.
 

Aholini favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish mobil guruxi
Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Aholini favqulodda vaziyatlarga tyyorgarligini oshirish mobil guruxi”ni tashkil qilish maqsadida «OTOYOL» avtobusi kerakli uskunalar bilan jihozlandi. Bu mobil gurux chekka joylarda yashaydigan aholi, shuningdek, qariyalar va nogironlar uchun joylarda yuz berishi mumkin bo’lgan tabiiy ofat haqida va favqulodda vaziyat holatida harakat qoidalarini o’rgatish maqsadida tashkil qilindi.
 

Toshkent shahri hududlarining seysmik haritasi
Bugungi kunda, loyiha Fanlar Akademiyasining Seysmologiya Institutiga Toshkent shahri va tegishli hududlarining seysmik haritasini yaratishi uchun tehnikaviy yordam ko’rsatmoqda. Bu harita tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ishlarini olib borishda va qutqaruv ishlarini tashkillashtirishda qo’l keladi. Shuningdek hamkorlik doirasida Seysmologiya Instituti hududida mutahassislar tayyorlash markazi ham tuzilishi ko’zda tutilgan.
 

 Xalqaro tabiiy ofatlar hatarlarini kamaytirish kuni (XTOHKK)
XTOHKK butun dunyo bo’ylab nishonlanadi. Bundan asosiy maqsad dunyo aholisini tabiiy ofatlar havf-hatarini kamaytirish, aholi tayyorgarligini oshirish va javob harakatlarini ishlab chiqishdir.

Ushbu kunda mutassadi tashkilotlarni bilan birgalikda bir nechta tadbirlar o’tkazilishi ko’zdatutilgan va asosiy masala, bu shahsiy uylarning zilzila bardoshligiga bag’ishlanadi. XTOHKK nishonlash doirasida quyidagi tadbirlar o’tkazilishi rejalashtirilmoqda:
 

  • Tabiiy ofatla r hatarin I kamaytirishga bag’ishlangan ko’rgazma;
  • “Binolar zilzilabardoshligini oshirishga bag’ishlangan” davra suhbati»;
     

Tabiiy ofat yuz berganida BMT agentliklari O’zbekiston Hukumatiga ko’rsatadigan gumanitar yordam tizimini mustahkamlash uchun simulyasion mashg’ulot;

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech