Xalqaro tadbirlar 2013 yil

2013 yil 1 may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari UNDAF bo‘yicha O‘zbekiston Hukumatining muvofiqlashtiruvchi Kengashi va BMTning ikkinchi majlisida ishtirok etishdi. («Poytaxt» biznes-markazi).

2013 yil 3 may kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari “O‘zbekistonda AKT sohasida halqaro me’zonlarni joriy etish” mavzusidagi suhbat davrasida ishtirok etishdi. («Dedeman» mexmonxonasi).

2013 yil 12-17 may kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakili Olmaota shahrida BMTning Insonparvarlik yordamlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi tomonidan, Kavkaz va markaziy Osiyo davlatlari uchun tashkil etilgan “Favqulodda vaziyatlarda axborotlarni boshqarish va ma’lumotlarni jamlash va taxlil qilishga raxbarlik qilish” mavzusida seminarda ishtirok etdi.

2013 yil 19-23 may kunlari Jeneva shahrida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida BMTning Halqaro ofatlarni kamaytirish strategiyasi asosida, Global tabiiy ofatlarni kamaytirish bo‘yicha IV-sessiya ishida ishtirok etishdi.

2013 yil 21-24 may kunlari Moskva shahrida, O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vaziri birinchi o‘rinbosari boshchiligida Rossiya Federatsiyasi bilan Fuqaro mudofaasi halqaro tashkiloti (FMHT) bilan xamkorlikda tashkil etilgan “Kompleks xavfsizlik-2013” xavfsizlik vositalarining VI-xalqaro salonida ishtirok etishdi.

2013 yil 28-30 may kunlari Kiev shahrida (Ukraina) Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari, BMTning Insonparvarlik masalalari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi boshqarmasi (IMMB BMT) tomonidan falokatlar oqibatlarini baxolash va muvofiqlashtirish bo‘yicha BMTning Halqaro guruxi (UNDAC) va qidiruv va qutqaruv xalqaro konsultativ guruxilarini  (INSARAG) tanishtiruv kurslarida ishtirok etishdi.

2013 yil 30 may – 19 iyun kunlari Koreya Respublikasining halqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan “Ko‘chki va sel xavfini oldini olish” mavzusida o‘quv kurlarida ishtirok etishdi.

Davlat ramzlari