O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Аkademiyasining 2021 yil 15 fevraldagi 36/5-317-sonli “Аkademiya harbiy xizmatchilari va ishchi-xizmatchilari tomonidan harbiy va mehnat intizomiga rioya etilishini taʼminlash, sog‘lom maʼnaviy-ruhiy muhitni mustahkamlash, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar” rejasiga asosan, joriy yilning 24 mart kuni Аkademiyaning kursantlari ishtirokida “Biz korruptsiyaga qarshimiz” hamda “Yong‘inlar bilan bog‘liq jinoyat haqidagi ariza, xabar va boshqa maʼlumotlar bo‘yicha “E-MATERIAL” axborot tizimidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi mazularda davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur davra suhbatini atroflicha kengroq yoritib berilishida Toshkent Harbiy prokuraturasining yetakchi mutaxassislaridan tergovchi katta leytenant M.O.Odiljonov va prokuror yordamchisi Sh.А.Ergashevlar o‘z maʼruzasi bilan ishtirok etishdi. Davra suhbati savol-javoblarga boy tarzda o‘tkazildi.
Mavzu bo‘yicha amaliyotda uchrayotgan ko‘plab muammolarni ham yechimi va ularning kelgusidagi holatlarga yo‘l qo‘yilmasiligi bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.