Korrupsiya – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy huquqiy hodisadir. Ma'lumki, bu illat har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi.
Kuni kecha “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi harbiy xizmatchi va xizmatchilari bilan tegishli idoralar xodimlari ishtirokida “Korrupsiya-jamiyat kushandasi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda shaxsiy tarkibga korrupsiya illati davlat va har bir soha rivojiga to‘sqinlik qilishi, jamiyatda, oilamizda o‘z aksini namoyon etishi va farzandlarimiz kelajagiga salbiy ta'sir qilishi misollar bilan tushuntirildi. Shuningdek, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning harbiy intizomini mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, korrupsiya xolatlarining oldini olish, huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo‘yicha ma'lumotlar berib o‘tildi.