Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

“Korrupsiyaga kelajagimiz kushandasi”

Kuni kecha Navoiy viloyati Xatirchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limining harbiy xizmatchi va xizmatchilari bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tegishli mutasaddi idora vakillari ishtirokida “Korrupsiyaga kelajagimiz kushandasi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va qarorlarining mazmun mohiyatini shaxsiy tarkibga yetkazish, ular o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya xolatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech