Kuni kecha, Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining mas'ul xodimlari tomonidan viloyatning Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida ishtokchilariga ahloq - obod qoidalariga rioya qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, ular o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya xolatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.