Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

"Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz" mavzusida seminar uchrashuvi o‘tkazildi

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi FVV O‘ta muhim va toifalangan obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish boshqarmasi "LUKOYL O‘zbekiston opereyting kompani" MChJ obyektlarida yong‘in xavsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi xodimlari ishtirokida "Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz" mavzusida seminar uchrashuvi o‘tkazildi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad shaxsiy tarkib o‘rtasida huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida ob'ekt xodimlarining jangovar tayyorgarligi ham o‘rganildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech