Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz

Kuni kecha Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz" mavzusida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarma rahbariyati va shaxsiy tarkibi hamda Samarqand Harbiy prokuraturasi mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminar davomida mutasaddilar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida ham atroflicha ma'lumotlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech