Barchamizga ma'lumki, korrupsiya - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfdir. Bugungi kunda korrupsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida boshqarmada keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, kuni kecha Toshken shahar va Buxoro viloyati FVB mas'ul bo‘limi va tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan "Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz" va "Yo‘l-transport hodisalarini oldini olish" mavzularida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida mutasaddilar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘zlashtirish, shaxsiy va xizmat transport vositalarini boshqarishda xushyorlikni oshirish zarurligi shuningdek, korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida ham atroflicha ma'lumotlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutasaddilardan atroflicha javoblar oldilar.
"Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz"
- Qo'shildi: 13.08.2022
- Chop etish
- Ko'rishlar: 0