Kuni kecha Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Samarqand harbiy prokurori ishtirokida "Mening boshqarmam korrupsiyadan holi hudud" mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan seminardan maqsad, tizimda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha shaxsiy tarkibning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatini shakillantirish, tartib-intizom va mas'uliyatni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.