Kuni kecha Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Navoiy harbiy prokurori ishtirokida “Korrupsiya–rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
O‘tkazilgan seminardan maqsad, tizimda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha shaxsiy tarkibning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, ushbu illatga nisbatan murosasiz munosabatini shakillantirish, tartib-intizom va mas'uliyatni kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.