Ру O'z En
FVV ogohlantiradi:
Texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan sayt faoliyatida vaqtinchalik uzilishlar bo'lishi mumkin.

Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi doirasidagi tadbirlar

Oylik davomida Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Qiziltepa, Kanimex, Navbahor va Nurota tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi harbiy xizmatchi, xizmatchi va yong‘in qutqaruv qismi qutqaruvchilari bilan “Korrupsiya kelajagimiz kushandasi” mavzusida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma'sul xodimlari ishtirokida targ‘ibot tashqivot ishlari o‘tkazildi.

Ushbu targ‘ibot ishlari davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muxitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari tug‘risida” Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar tug‘risida” qarorining mazmun mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari va qonunosti normativ-huquqiy hujjatlari talablariga, Qurolli Kuchlar Umumharbiy nizomlari talablariga, Favqulodda vaziyatlar vazirining buyruq va ko‘rsatmalariga, “Odob-axloq me'yorlari”ga qat'iy rioya qilinishini, korrupsiya va boshqa turdagi jinoyatlar, ma'muriy huquqbuzarliklar va harbiy intizom talablarining qo‘pol ravishda buzilishi kabi salbiy holatlar sodir etilishining oldini olish va boshqa shu kabi masala yuzasidan shaxsiy tarkibga yetkazildi.
Bundan tashqari, o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizlik oyligi” doirasida boshqarmaning tegishli shahar va tumanlari Favqulodda vaziyatlari bo‘limlari yong‘in qutqaruv qismlarida, harbiy xizmatchi, xizmatchi va qutqaruvchi xodimlari faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlari bilan ham tanishib chiqildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech