Kuni kecha FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi shaxsiy tarkibi, Toshkent harbiy prokuraturasi va vazirlik mas’ul xodimlari ishtirokida “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar va bu kabi jinoyatlarga jazo” hamda “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!” mavzularida profilaktik tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan olib borilayotgan porfilaktik tadbirlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir so‘ngida Surxandaryo viloyati Termiz shahrida tashkil etilgan sportning Milliy kurash turi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” musobaqasida III-o‘rinni egallagan Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchisi oddiy askar Eshpo‘latov Abror Beg‘am o‘g‘li diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.