FVV ogohlantiradi:
20 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 22-27*S gacha iliq bo'ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziriligi Kichik hajmli kemalar inspektsiyasi MА`LUMOTI

 

 Hurmatli Fuqarolar Oʼzbekiston Respublikasi hududida kichik hajmli kemalarni roʼyxatdan va texnik koʼrikdan oʼtkazish tartibga solingan boʼlib, ushbu tartiblar Favqulodda vaziyatlar vazirining 529 va 530-sonli buruqlari bilan aniq belgilab qoʼyilgan. Xususan, Mamlakatimiz hududida asosiy dvigatellar quvvati 55 kVtdan 

(75 ot kuchi) va yoʼlovchi sigʼimi 12 kishidan ortiq boʼlmagan oʼziyurar kemalar, motorlarning quvvati va sonidan qatʼi nazar, osma motorli kemalar, suv mototsikllari (gidrotsikllar), yuk koʼtarish qobiliyati 80 registr tonnadan ortiq boʼlmagan oʼziyurmas kemalar, shishiriladigan motorsiz eshkakli qayiqlar (keyingi oʼrinlarda – kichik hajmli kemalar) Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari Kichik hajmli kemalar boʼyicha bosh inspektorlari tomonidan jismoniy shaxslarga tegishli boʼlgan kemalar – ularning doimiy roʼyxatdan (propiskadan) oʼtgan joyi boʼyicha, yuridik shaxslarga tegishli boʼlgan kemalar – yuridik shaxsning yuridik manzili boʼyicha roʼyxatdan va texnik koʼrikdan oʼtkaziladi.

Shuningdek, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, kichik hajmli kemalarni roʼyxatdan va texnik koʼrikdan oʼtkazish uchun quyidagi toʼlovlar undirilish belgilangan:

ROʼYXАTDАN OʼTKАZISh BOʼYIChА:

osma va statsionar dvigatelli kichik hajmli kemalarni roʼyxatdan oʼtkazish (qayta roʼyxatdan oʼtkazish) hamda kichik hajmli kema bileti uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (49000 soʼm), eshkakli va yelkanli kemalarning barcha turlarini, shu jumladan, shishiriladigan turlarini roʼyxatdan oʼtkazish (qayta roʼyxatdan oʼtkazish) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi (24500 soʼm), shuningdek, kichik hajmli kema bileti dublikatini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi (24500 soʼm).

TEXNIK KOʼRIKDАN OʼTKАZISh BOʼYIChА:

osma va statsionar dvigatelli kichik hajmli kemalarni texnik koʼrikdan oʼtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (49000 soʼm), Eshkakli va yelkanli kemalarning barcha turlarini, shu jumladan, shishiriladigan turlarini, texnik koʼrikdan oʼtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi (24500 soʼm), kichik hajmli kemalarni taʼmirdan chiqarilganda, qayta jihozlanganda, avariyadan keyin texnik koʼrikdan oʼtkazish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi (24500 soʼm).

Maʼlumot uchun: Kichik hajmli kemalarni roʼyxatdan va texnik koʼrikdan oʼtkazish uchun belgilangan toʼlovlar miqdori, Oʼzbekiston Respublikasi hududida bazaviy hisoblash miqdoriga kiritiladigan oʼzgarishlarga asosan oʼzgariladi.

Hurmatli Fuqarolar mazkur maʼlumotda koʼrsatib oʼtilgan toʼlovlardan tashqari boshqa qoʼshimcha toʼlovlar undirilishiga xarakatni sezsangiz zudlik bilan Oʼzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirgining 1101 ishonch telefoniga xabar qilishingizni so‘raymiz.

 

 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech