Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma'lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illatlardan biri bu – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.
Bugun, 2-noyabr kuni ayni shu mavzuda Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Guliston harbiy prokuraturasi hamkorligida Shirin shahar FV bo‘limi va “Sirdaryo IES” AJ Obyekt binolarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi shaxsiy tarkibi bilan profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Dastlab Shirin shahar bosh imom xatibi tomonidan shaxsiy tarkibni turli yot g‘oyalar, terrorizm va ekstremizm ta'siriga tushib qolishlarini oldini olish maqsadida tushuntirishlar berildi.
Shundan so‘ng, Guliston harbiy prokuraturasi mas'ul xodimi tomonidan harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya holatlarining oldini olish eng dolzarb vazifalardan biri ekanligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.
Seminar davomida mas’ullar tomonidan mamlakatimizda korrupsiviy holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida qabul qilinayotgan yangi me'yoriy huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati ham ishtirokchilarga keng tushunchalar berildi.