FVV ogohlantiradi:
25 may kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esаdi,. Harorat 34-39*S issiq bo‘lib, shimoliy cho‘l hududlarida 41*S gacha issiq bo‘ladi.

Agar sening eshigingni ochishga harakat qilishsa:
  • Kirish eshigi yaxshi yopilganligiga ishonch hosil qil. Agar yaxshi yopilganiga shubha bo’lsa stul, tumbochka bilan to’siq qo’y. Keyin uchastka noziri, tuman militsiya bo’limi yoki 102 raqamiga, keyin qo’shnilarga qo’ng’iroq qilib uy eshigini ochishga harakat qilishayotganini ayt;

  • Shovqin ko’tar batareyani taqqilatib, derazadan o’tib ketayotganlarni yordamga chaqir (biron narsa bilan derazani sindirib, odamlarni diqqatini tort);

  • Agar eshikni ochishga harakat to’xtasa, chiqma, ular yashirinib turgan bo’lishlari mumkin. Qo’shnilar bilan bog’lanib, militsiya kelishini kut, derazadan begona odamlar chiqib ketayotganini kuzat. Shubhali odamlarni ko’rsang, ularni ko’proq belgilarini eslab qolishga harakat qil, moshina rangi, markasi, raqami, agar ular moshinaga o’tirsa, keyin bu haqda militsiya xodimlariga ayt.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, xonadonlarda o’g’irlik kunduz kuni 9:00 va 14:00 soatlar oralig’ida sodir bo’ladi.
 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech