FVV ogohlantiradi:
24 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Havo harorati 22-27*S iliq bo'ladi.

Xavfsizlik qoidalari:
  • Uying kalitini hamma biladigan joyda qoldirma (gilamcha tagida yoki elektr shitida);

  • Palto yoki kurtkangni yechganingda cho’ntagingda kalitni qoldirma va tanishlaringga berma;

  • Kalitni yo’qotib qo’ysang darhol ota-onangga ayt.

  • Odam kam, tashlandiq joylardan, kam yoritilgan ko’chalardan yurma;

  • O’zing yashab turgan joyni yaxshi o’rganib chiq;

  • Kechki payt ko’chaga chiqish zarur bo’lsa, eng xavfsiz yo’lni tanla, agar u juda qisqa yo’l bo’lmasa ham.

ESDA SAQLA!

Ota-onangni qayerga ketayotganing, qachon kelishing haqida ogohlantir, agar uyda hech kim bo’lmasa xat qoldir.

Bu faqat ota-onangni tinchlantirish uchungina emas, balki o’zingni xavfsizligingni ta’minlash uchun kerak. Agar otaonang qayerga ketganing va qachon kelishingni bilishsa, kerakli paytda qaysi yo’nalishda qidiruv ishlarini olib borishga imkoniyat yaratadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech