FVV ogohlantiradi:
28 mart kuni ob-havo o'zgaruvchan, yomg’irgarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/c (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 15-20*C iliq bo'ladi.

ZILZILA

Yuz berishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlarga oldindan tayyorgarlik ko’rilsa, o’zingni va boshqalarni qutqarib qolish mumkin.

Zilzilagacha:

Zilzila sodir bo’lgan taqdirda har kungi sharoitda: uyda, maktabda, ko’chada va h.k. o’zingni qanday tutishingni oldindan o’ylab qo’y. Bu senga yer silkinishi ro’y berganda eng to’g’ri yo’lni tanlashingga imkon beradi.

Zilzila paytida:
  • Eng muhimini yodda tut: zilzila boshlangan bo’lsa o’zing vahima qilma va boshqalarning sarosimasiga uchma;

  • Agar zilzila kuchsiz bo’lsa,qo’rqma, yaxshisi qayerda bo’lsang, o’sha yerda tur;

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech