FVV ogohlantiradi:
4 iyul kuni ob-havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, ayrim joylarda 15-20 m/s (54-72 km/soat)gacha kuchayishi mumkin. Harorat 30-35*S issiq bo‘ladi.

Gazdan foydalanish qoidalarini bilish va ularga aniq rioya qilish zarur!
Gaz chiqib turishining sabablari:
  • Gorelkadagi alanga ustiga suyuqlik tushganda va shamol ta’sirida o’chib qolishi;

  • Gaz quvurlariga arqon bog’lash va unga kir yoyish;

  • Ishlab turgan gaz asboblarini qarovsiz qoldirish;

  • Gaz plitasini isitish uchun ishlatish.

Gaz hidini sezib qolganda:
  • Gugurt yoqma;

  • Tezda gazni o’chir, derazalarni och;

  • Gaz keladigan jo’mrakni o’chirib qo’y;

  • Yorituvchi hamda boshqa elektr asboblarini yoqma va o’chirma;

  • Gazlangan xonadondan chiqib ket va 104, raqamiga qo’ng’iroq qilib, avariya xizmati xodimlarini chaqir;

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech