FVV ogohlantiradi:
28 mart kuni ob-havo o'zgaruvchan, yomg’irgarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/c (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 15-20*C iliq bo'ladi.

SELLAR

Sellar – tog’ daryolari o’zanlarida to’satdan paydo bo’luvchi suv, qum, loy, shag’al, tosh va tog’ jinslari parchalarining oqimlari.

Sel kelishining birinchi belgilari:
  • Jala quyishi;

  • Havo haroratining birdan ko’tarilishi.

Quyidagilar sel oqimining bevosita yaqinlashishi haqida ogohlantiradi:
  • Sel xavfi bo’lgan daryolarning yuqori qismida barcha shovqinlarni qamrab oluvchi kuchli gumburlash;

  • Sel ko’chirib kelayotgan toshlarning urilishidagi larza;

  • Daryolardagi suv sathining keskin ortishi;

  • Sel oqimining «bosh qismi» bilan birga kelayotgan iflos chang bulutining paydo bo’lishi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech