FVV ogohlantiradi:
20 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 22-27*S gacha iliq bo'ladi.

KISLOROD BALLONLARIDAN XAVFSIZ FOYDALANISH BO‘YICHA MUHIM TAVSIYALAR!

Mutaxassis xodimlarining nazoratisiz kislorod ballonidan foydalanish taqiqlanadi. Chunki tibbiyot sohasida kislorod bilan ishlashda xavfli omillar mavjud. Bu uning tez yonish xususiyati, shu jumladan, yong‘inga xavfliligi va portlovchi gaz xususiyatlariga ega ekani hisoblanadi.

Kislorod kimyoviy element sifatida toksik xususiyatga ega emas, u o‘z-o‘zidan portlamaydi va yonmaydi, ammo kuchli oksidlovchi hisoblanadi hamda turli materiallarning yonishini faollashtiradi. Tibbiy maqsadlarda ishlatiladigan siqilgan kislorod balloni 15-20 MPa.ga teng yuqori bosimga ega. Siqilgan kislorod ballonlari ko‘k rangda bo‘ladi hamda qora rangdagi “Kislorod” yozuvi bilan belgilanadi.

Yog‘ va moylar bilan reaksiyaga kirishganda kislorod issiqlik chiqishi bilan darhol oksidlanadi, bu esa ballon ichidagi bosimning ortishiga olib keladi.

Kislorod ballonlari yaqinida chekish, ochiq olov manbalaridan foydalanish mumkin emas.

Yodingizda tuting! Kislorod ballonlaridan foydalanilganda, asbob-uskunalar, xodimlarning qo‘llari va kiyimlari yog‘ va moydan tozalangan bo‘lishi lozim. Kislorod ballonlari bilan ishlashda spirt, leykoplastir, dezinfeksiyalash vositasi yoki boshqa yonishi mumkin bo‘lgan manbalarni ishlatish taqiqlanadi. Sintetik matodan tikilgan kiyimlarda ishlash mumkin emas.

Kislorod saqlanadigan xonani tozalash toza suv va oddiy mato yordamida amalga oshiriladi.

Ballondagi kran reduktorining ventili, bosim keskin ko‘tarilishining oldini olish uchun kislorod yuborishdan oldin va keyin asta-sekinlik bilan ochiladi. Manometrni kuzatib boring. Ventilni ochish uchun bolg‘a ishlatish mumkin emas. Ventil ishlamay qolganda ballonga “Ehtiyot bo‘ling, nuqsonli ventil. Ballon to‘liq” deb yozib qo‘yiladi. “Kislorod” yoki “Moy xavfli” yozuvi bo‘lmagan bosim o‘lchagichlaridan (manometr) foydalanish taqiqlanadi. Ventilni ochish vaqtida reduktor va kislorod yetkazib beruvchi liniyaning ro‘parasida turish mumkin emas.

Kislorodni havoga chiqarmang! Bu sizning kiyimlaringiz va binolaringizda to‘planib, yong‘in yoki portlashga olib kelishi mumkin.

Ballonlardagi tibbiyot kislorodi, har qanday dori singari ishlab chiqaruvchining pasportiga, yaroqlilik muddatiga, guvohnoma va muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘ladi. Kislorod uskunasidan faqat vakolatli xizmat ko‘rsatish mutaxassisi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Tibbiyot kislorodi bilan to‘ldirilgan ballonlar ko‘k rangga bo‘yalgan hamda qora rangdagi “kislorod” va “M” harfi bilan etiketlangan bo‘lishi kerak.

Kislorod ballonlaridan foydalanishda ayrim ehtiyot choralari ko‘rilsagina, uni ishlatish xavfsizdir. Shu bilan birga, ularga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish kutilmagan salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Siqilgan gazsimon kislorod yog‘ va moylar bilan reaksiyaga kirishganda ular bilan faol birikib, yong‘in va portlashni yuzaga keltiradi. Ballon saqlanadigan xonada chekish qat'iyan man etiladi. Ballon ventilini (qopqog‘ini) ochganda, unga yuz tomoni bilan qarab turish tavsiya etilmaydi, chunki kuchli kislorod oqimi ko‘zlarning shilliq qavatini kuydirishi va ko‘rish qobiliyatiga zarar yetkazishi mumkin.

Kislorod balloni bilan ishlashda qo‘llar toza (krem va boshqa moylardan tozalangan) bo‘lishi kerak. Qo‘llarni spirt bilan artish mumkin emas. Giperbarik oksigenasiyadan oldin, bemorning yuzida kosmetik moddalar yo‘qligiga ishonch hosil qilish kerak.

Eng asosiysi uy sharoitida hamda tibbiyot xodimlarining nazoratisiz kislorod ballonidan foydalanish taqiqlanadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech