FVV ogohlantiradi:
20 oktyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan bo'lib, yog'ingarchilik kutilmaydi. Faqatgina, Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyati bo'yicha ayrim joylarda yomg'ir yog'adi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12*S iliq, kunduzi 22-27*S gacha iliq bo'ladi.

Qor ko‘chkisi yuz berganda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi bo‘yicha muhim tavsiyalar

Qor ko‘chkisi - bu tog‘lar, tepaliklar va boshqa baland joylardan qor uyumlarining shiddat bilan, tobora tez sur'atlarda pastga siljish jarayonidir.

Qor ko‘chkilari paydo bo‘lishining asosiy sabablari tog‘ yonbag‘irlarida katta miqdorda qor to‘planib qolishi, qor qatlamining ichida tarkibli bog‘lanishlarning bo‘shashib qolishi yoki jamlama harakat ta'sirlaridan iborat.

Qor ko‘chkisi doimiy qor qoplamiga ega bo‘lgan barcha tog‘li hududlarda yuz berishi mumkin. Qor ko‘chkisi katta hajmdagi qor massasi bo‘lib, u 20-30 m/s tezlikda harakat qiladi. U 25-30 m o‘lchamdagi, 20 sm qalinlikdagi kichkina ko‘chkidan paydo bo‘lishi mumkin. 150 m.kub hajmdagi ko‘chkining og‘irligi 20 dan 30.gacha yetadi.

Qor ko‘chkilaridan himoya qilishga doir ogohlantiriuvchi chora-tadbirlar

Hozirgi vaqtda ko‘chkilar bo‘yicha tadqiqot ishlari asosan gidrometeoroligiya xizmatlari tomonidan olib borilmoqda. Qor ko‘chkilarini kuzatish stansiyalarining eng muhim ahamiyati ko‘chki yuzaga kelishi xavfi mavjud bo‘lgan hududlarda turli davrlar bo‘yicha statistik ma'lumotlarni yig‘ishdan iborat. Ularning vazifalari doirasiga meteorologik kuzatishlar, qorning qalinligi, zichligi va fizik- kimyoviy xususiyatlarini muntazam o‘lchab va aniqlab turish ham ro‘y bergan ko‘chkilarni qayd qilish kabi amallar kiradi. Bunday stansiyalarda qorni laboratoriyada o‘rganish, tanlab olingan yo‘nalishlardagi ko‘chkilarni ta'riflab berish ishlari olib boriladi, mahalliy belgilar va meteorologik ko‘rsatkichlar bilan lokal bog‘liqliklar asosida ko‘chkilar ro‘y berishi yuzasidan xulosalar chiqariladi, taxminlar qilinadi.

Qor ko‘chkisining uch turi bo‘ladi:

-Yangi yoqqan qordan (qor yog‘ishi vaqtida yoki undan keyin hosil bo‘ladi).
-Qor qoplami qatlamining buzilishi bilan bog‘liq.
-Qor ko‘chkilari sel oqimlari, ko‘chki, o‘pirilish, suv toshqinlariga olib keladi.

Respublikakmizning 20 foizga yaqin hududi tog‘li hududlardan tashkil topgan. Qor ko‘chkilari aynan mana shu hududlarimiz uchun xos bo‘lgan tabiat hodisasidir. Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, Jizzax viloyatining Zomin, Forish, Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Toyloq, Urgut, Surxondaryo viloyatining Boysun, Sariosiyo, Oltinsoy, Qashqadaryo viloyatining Kitob, Dehqonobod, Yakkabog‘, Namangan viloyatining Pop, Chust, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari ichida Toshkent va Namangan viloyatlarida sodir bo‘ladigan qor ko‘chkilari asosan aholi harakatlanadigan joylarga to‘g‘ri keladi.

Qor ko‘chkisi yuz berganda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi bo‘yicha muhim tavsiyalar

Qor ko‘chkisiga duch kelib qolsangiz kuyidagi muhofaza choralari sizga yaqindan yordam beradi:
-Qor ko‘chkisi yaqinlashib qolgan bo‘lsa, avvalo, gorizontal holatni egallab, qor yuzasida qolishga harakat qiling.
-Tizzalaringizni qoringa tortib, kaftlaringiz bilan yuzingizni qor massasidan muhofaza qilishga harakat qiling. Bu holat og‘iz va burningiz qor bilan to‘lib qolmasligiga va yuzingiz oldida havo bo‘shlig‘i bo‘lishiga yordam beradi.
-Agar qor ancha masofadagi balandlikda ko‘chishni boshlagan bo‘lsa, yurishni tezlashtirib yoki yugurib, ko‘chki tushayotgan yo‘ldan xavfsizroq joyga o‘tib olish yoki tepalikning bo‘rtib chiqqan jinsi ortiga, shu joylarda uchragan biron chuqurlikka berkinib olish kerak.

Qor ko‘chkisi tugugandan keyin qilinadigan harakatlar

-Qor ostidan mustaqil yoki qutqaruvchilar yordamida chiqib olib, badaningizni ko‘zdan kechiring va o‘zingizga yordam bering.
-Ko‘chki to‘xtagandan so‘ng yuzingiz va ko‘kragingiz oldini kengaytirishga harakat qiling. So‘ngra yuqori tomon qaerdayu, pastki tomon qaerdaligini aniqlab olish zarur.
-Buning uchun so‘lagingizni ko‘lingizga olib uni oqizib ko‘ring. So‘lak pastlik qaerda ekanligini ko‘rsatadi va siz qarama-qarshi tomonga harakat qilishingiz kerak bo‘ladi.
-Eng yaqin atrofda joylashgan aholi yashash punktiga yetib borib, ro‘y bergan voqea to‘g‘risida mahalliy ma'muriyatga xabar bering. O‘zingizni sog‘lom his qilgan taqdirda ham, baribir tibbiyot punktiga yoki shifokorga murojaat eting.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech