Go‘sht qiymalagich – o‘yinchoq emas

2017 yilning 4 sentyabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markazidan 3 yoshli qizchani qo‘li elektr go‘sht qiymalagichga kirib, qisilib qolganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga etib borishdi va shifokorlar bilan hamkorlikda qizchaning elektr go‘sht qiymalagichga kirib, qisilib qolgan qo‘lini maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib olishdi.

Hurmatli ota-onalar, farzandlaringizni qarovsiz qoldirmang!