O‘z vaqtida yordam ko‘rsatildi

2017 yilning 2 oktyabr kuni Andijon viloyati FVB navbatchi dispetcheriga Andijon shahar 2-kichik dahaning mahalla fuqarolar yig‘ini raisidan murojaat kelib tushgan. Unga ko‘ra, xonadonlarning birida “Titan” isitgich moslamasi nazoratsiz qolganligi va uyda hech kim yo‘qligi ma’lum qilingan. 

Andijon viloyati FVB qutqaruvchilari manzil ko‘rsatilgan joyga tezkorlik bilan yetib borishdi va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda uchastka nozirlari guvohligida uyning eshigini ochib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatning oldi olindi.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati FVB navbatchi dispetcheriga soat 23:18 da Guliston shahrida yashovchi fuqaro S.E. murojaat qilib, uyining temir eshigi yopilib qolganligi va uy ichida 3 nafar: 7 yosh, 5 yosh va 1,5 yoshli farzandlari qolib ketganligini ma’lum qildi. FVB qutqaruvchilari murojaat kelib tushgan manzilga tezkorlik bilan yetib borishdi va qutqaruv asbob-anjomlari yordamida uy eshigini ochishdi. Bolalar ota-onasiga sog‘- salomat topshirildi.