Tezkor yordam ko‘rsatildi

2017 yil 18 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati FVB tezkor navbatchisiga Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro S.G. tomonidan yordam so‘rab murojaat qilindi. Unga ko‘ra, gaz plitasida ovqat tayyorlanayotgan uyining temir eshigi berkilib qolganligi to‘g‘risida xabar berilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining qutqaruvchilari voqea joyiga etib borishdi va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida temir eshikni ochib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishga muvaffaq bo‘ldilar.