Xorazm viloyati FVB qutqaruvchilari liftda qamalib qolgan fuqaroni qutqarishdi

2017 yilning 19 sentyabr kuni soat 11:45da Xorazm viloyati FVB navbatchi dipetcheriga Urganch shahridagi ko‘p qavatli turar joyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.A. qo‘ng‘iroq qilib, uning 13 yoshli o‘g‘li liftdan foydalanayotganda lift ishlamay to‘xtab qolganligi to‘g‘risida xabar berdi.

Xorazm viloyati FVB qutqaruvchilari tezkorlik bilan ko‘rsatilgan manzilga etib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida lift eshigini ochdilar. 13 yoshli N.D buzilib qolgan liftdan sog‘-salomat chiqarib olindi va ota-onasiga topshirildi.

O‘sha kunning o‘zida Xorazm viloyati FVB navbatchi dipetcheriga Urganch shahridagi ko‘p qavatli turar joyning liftida fuqaro A.E qamalib qolganligi to‘g‘risida yana bir xabar kelib tushdi.

Xorazm viloyati FVB qutqaruvchilari tezkorlik bilan ko‘rsatilgan manzilga etib borishdi va maxsus asbob-anjomlar yordamida lift eshigini ochib, fuqaro A.E.ni liftdan chiqarib oldilar.