Axborot xabarnomasi

2018 yilning 17 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 17 noyabr kuni 12:00larda (Moskva vaqti bilan) Saratov oblasti, Ozinskiy rayoni hududidan o‘tuvchi A-298 Federal avtomobil yo‘lining 225 kmda “Saratov – Uralsk - Kazaxstan” yo‘nalishida xarakatlanib kelayotgan  d/r KZ 271 KFB 13 “Setra” rusumli avtobusi temir yo‘l poezdining kesishmasida  3003s sonli yuk poezdi bilan to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Natijada, “Setra” avtobus salonida bo‘lgan 7 nafar fuqarolardan
2 nafari (Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi) tan jarohati olib, 5 nafari (O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari) voqea joyida vafot etgan.

Vafot etgan fuqarolar:

  1. Bozorov Abdubannob Maxmutalievich, 1975 y.t. (yo‘lovchi).
  2. Egamov Alimardon Qosimalievich, 1986 y.t. (yo‘lovchi).
  3. Qosimova Gulxumor Jumaboevna, 1987 y.t. (yo‘lovchi).
  4. Xalilova Orzixon Uktamovna, 1987 y.t. (yo‘lovchi).
  5. Zaidov Murodjon YUsupovich, 1975 (yo‘lovchi).

 Vafot etgan fuqarolarning jasadlari Ozinskiy rayoni markaziy shifoxonasi morgida saqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda vafot etgan fuqarolarning shaxsiga to‘liq aniqliklar kiritish, yaqin qarindoshlariga xabar berish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlat ramzlari