Buxoro shahar hududida yomg‘ir yog‘ishi natijasida yuzaga kelgan holat to‘g‘risida

Joriy yilning 9 aprel kuni soat 04:00 da boshlangan surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida, Buxoro shahrining “Amirobod”, “Hofiz Tanish Buxoriy”, “Rohat”, “Chorboqoli”, “Mirzo G‘ofur”, “Havzinav”, “Ozod”, “Nizomiy”, “Tursunoy”, “Kamolot”, “Tinchlik”, “YAngiobod”, “Tagband Bofon”, “Furqat” “Xo‘ja Porso” ko‘chalari shuningdek, Buxoro tumani “Sheyxoncha” ko‘chasiga ariqlardan suv toshib chiqishi holatlari kuzatildi.

Bundan tashqari, “Havzinav” ko‘chasi 21-uy, Amirobod ko‘chasidagi 13-uy, “Bo‘ri Bofon” ko‘chasidagi 23-uy, “Obod” ko‘chasidagi 74-uy, “Rohat” ko‘chasidagi 31-uy, “Ko‘chabog‘” ko‘chasidagi 20-uy, “Toshko‘cha” ko‘chasidagi 80-uy, “Mirzo G‘ofur” ko‘chasidagi 19-uy, “Mustaqillik”  ko‘chasidagi 32-uylarning hovlilariga oqava suvlari kirish holatlari qayd etildi.

Yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish tadbirlariga viloyat Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Yong‘in xavfsizligi boshqarmalari, shuningdek, Buxoro shahar hokimligi, Obodonlashtirish boshqarmasi, viloyat ”Suvoqava” DUKning shaxsiy tarkibi va maxsus texnika vositalari jalb etildi.

Mazkur holatlarda binolarning qulashi va fuqarolarning tan jarohati olishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilmadi.

Davlat ramzlari