Favqulodda vaziyatlarning oldini olish oyligida faol qatnashaylik

 

Hurmatli fuqarolar, ma’lumki qish mavsumida havo haroratini keskin pasayib ketishi bilan fuqarolarimiz tomonidan xonadonlarni isitish maqsadida turli xildagi yoqilg‘i maxsulotlari, har xil turdagi isitish va gaz uskunalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj kundan-kunga oshib boradi.

Bu esa o‘z navbatida yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalari talablarini buzilishi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashiga, fuqarolarning is gazlaridan zaxarlanib qolish ehtimolini oshishiga olib kelishi mumkin.

Misol uchun: Siz dam olayotgan yoki tunab qolgan xonada yig‘ilgan is gazi miqdori atigi 0,1%ni tashkil etgan taqdirda, unday xavodan 30 minut davomida nafas olish insonni o‘limga olib kelishi mumkin.

Kuz-qish mavsumida konservalangan oziq-ovqat maxsulotlari, ayniqsa uy sharoitida tayyorlangan sabzavotlar konservalarini iste’moli ortishi tabiiy xol.

Lekin, shuni unutmaslik kerakki, uy sharoitida tayyorlangan  konserva maxsuloti tarkibida eng kuchli ovqatdan zaharlanishni keltirib chiqaruvchi botulizm kasalligini qo‘zg‘atuvchisi bo‘lishi ehtimoli juda xam yuqori bo‘lib, zaharlanganlarga qisqa fursat ichida malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmaganda, 75-85% xolatlarda zaharlanish insonning o‘limiga olib keladi.

Misol uchun: botulizm kasalligini chaqiruvchi botulotoksin kobra iloni zahridan 20 000 barobar kuchli xisoblanadi.

Joylarda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ana shunday noxush xolatlarni oldini olish ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish Xukumat komissiyasining shu yil 19 noyabr kunidagi yig‘ilish bayoni bilan joriy yilning 25 noyabr - 25 dekabr kunlari respublikamizda “Kuz-qish mavsumida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, aziz yurtdoshlar, barchangizni mazkur oylikda faol ishtirok etishingizni xamda o‘zingiz va yaqinlaringizning xayoti va salomatligini asrab qolish uchun quyidagi oddiy qoidalar va tavsiyalarga amal qilishingizni so‘raymiz:

Is gazidan zaharlanmaslik uchun:

isitish mavsumi boshlanishi oldidan pechlar, qozonxonalar, suv isitish kolonkalarining sozligi, mo‘rikonlarining tozaligini tekshirib chiqing;

nosoz, nostandart, qo‘lbola yasalgan isitish va gaz moslamalaridan foydalanishiga aslo yo‘l qo‘ymang;

bolalar va imkoniyati cheklangan kishilarni nazoratsiz qoldirmang;

tabiiy gazdan foydalanishda turli xildagi rezina shlanglar, turli xil gaz so‘rgichlardan foydalanmang;

chet davlatlarda ishlab chiqarilgan isitish moslamalaridan faqat yo‘riqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqqandan keyingina foydalaning;

Agar xonaga tabiiy gazning to‘lib qolganligini sezib qolsangiz !

gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmog‘idan o‘chiring;

darrov eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating;

xonada elektr jixozlarini yoqmang, yoniq bo‘lsa o‘chirmang, chunki bu yong‘in yoki gaz va havo aralashmasining chaqnashiga sabab bo‘lishi mumkin;

agar gaz chiqayotgan joyni o‘zingiz aniqlay olmasangiz, 104 telefoni orqali shahar va tuman gazlashtirish idoralari avariya ta’mirlash guruhlariga qo‘ng‘iroq qiling.

Sifatsiz konservalangan mahsulotlardan zaharlanishni oldini olish maqsadida:

uy sharoitida pomidor, bodring, patisson marinadi, baqlajon ikralari kabi konserva mahsulotlarini tayyorlamang;

belgilanmagan joylar, ko‘cha-kuylarda sotilayotgan konserva mahsulotlarini xarid qilmang;

uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini, ayniqsa pomidor va bodiring marinadlarini iste’mol qilishdan chegaralaning, aks xolda konservalangan sabzavotlar mahsulotlari suyuqligining tiniqligi va musaffoligiga, sabzavotlarning ezilib qolmaganligi, qopqog‘ini shishib (bo‘rtib) chiqmaganligiga xamda eskirib qolmaganligiga alohida e’tibor qarating;

agarda o‘zingizda botulizm kasalligi alomatlari (holsizlanish, ko‘ngli aynishi, qayd qilish, og‘iz qurishi, ko‘rishning xiralashishi, buyumlarni ikkita bo‘lib ko‘rinishi, ko‘z qovog‘ining osilishi, ovoz bo‘g‘ilishi)ni sezsangiz, darxol yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qiling.

 

Aziz fuqarolar yuqoridagi qoidalariga rioya qilish orqali o‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini, mol-mulkingizni Favqulodda vaziyatlardan va noxush holatlardan asrab qolasiz.

Davlat ramzlari