Haftalik bashorat

12 fevralda mamlkatimiz hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning janubida yana nam havo massalarining kirib kelishi hisobiga ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechalari 5-7o iliqqacha, kunduz kunlari 14-17o iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

13-14 fevralda respublikamiz iliq havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, so‘ng Volga bo‘yi hududlaridan nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 14 fevralga kunduz kuni havo harorati
5-10o iliqqacha pasayadi.

15 fevralda hududlarning ko‘p qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlari bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi va ertalab yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi 2o sovuq-3o iliqqacha pasayadi, kunduzi 7-12o iliqni tashkil etadi.

16 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 10-15o iliqqacha ko‘tariladi.

Davlat ramzlari