Maxsus xabarnoma

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 8 oktyabr kuni soat 10:04larda Kitob tumani, “Istiqlol” MFY, Qashqadaryo ko‘chasi, 38-uyning (uy egasi 1947 y.t. A.Parmonov) oshxonasida gaz plitasining nosozligi sababli havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Chaqnash oqibatida oshxona shiftining 4 kv.m. maydoni yongan hamda
2 nafar fuqaro kasalxonada vafot etgan va 1 nafar fuqaro kuyish tan jaroxatlari bilan Kitob tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:

  1. Bellura Xomidova, 2013 y.t. (uy egasining nabirasi, 100 % termik kuygan).
  2. Farzona Xomidova, 2016 y.t. (uy egasining nabirasi,100 % termik kuygan).

Jarohatlangan fuqaro:

  1. Baxtigul Jamolova, 1991 y.t. (uy egasining kelini, 40-45 % termik kuygan, ahvoli o‘rta og‘ir).

 Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! gaz vositalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilishingizni so`raymiz.

Davlat ramzlari