Maxsus xabarnoma

2019 yil 10 sentabr kuni soat 04:00larda Toshkent viloyati Angren shahri hududidan o‘tuvchi A-373 M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘li 173 kmning “Obliq” temir yo‘l stansiyasidan Olmaliq KMKning Kon boshqarmasiga qarashli “Angren Oltin saralash fabrikasi”ga olib boruvchi temir yo‘l shaxobchasining (pod’ezdnoy put) kesishmasida avtotransport vositalari va yuk tashish poyezdining to‘qnashishi oqibatida YTX sodir bo‘lgan.

“Toshkent-Vodiy” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan “SAMS” rusumli d/r 01 506 CGA yuk mashinasi Angren shahar hududidan o‘tuvchi
A-373 M-39 “Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon-Andijon orqali-O‘sh” avtomobil yo‘lining 173 kmda xaydab ketayotib, yuk vagonlarni tortib ketayotgan teplovozning 8-vagoniga urilgan. Natijada vagonlarning 2 tasi izidan chiqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda turgan “Damas” rusumli, d/r 50 W 363 MA avtomobilini bosib qolgan.

Natijada, “Damas” avtomobilda bo‘lgan 5 nafar fuqarodan 2 nafari voqea joyida vafot etgan, 3 nafari tan jarohati olib, Angren shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, “SAMS” rusumli avtotransport vositasi haydovchisi ham tan jarohati bilan ushbu shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur vaziyat yuzasidan, voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari xodimlari, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ mutassaddi xodimlari, shuningdek, Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimining kuch va vositalari yetib borib vaziyat okibatlarini bartaraf etish buyicha tegishli tadbirlar amalga oshirildi.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Davlat ramzlari