FVV ogohlantiradi:
25 fevral kuni ob-havo o'zgaruvchan,yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushushi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/c (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 15-20*C iliq bo'ladi.

Maxsus xabarnoma

 

Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 22 oktyabr kuni soat 12:00larda Jondor tumani Gazli hududidan o‘tuvchi A-380 avtomobil yo‘lining 333 km da harakatlanib ketayotgan “Lasetti” rusumli, d/r 90 L 998 NA avtomobil boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan “Isuzi” rusumli d/r 90 N 209 LA yuk mashinasining orqa tomoniga kelib urigan. To‘qnashuv natijasida “Lasetti” avtomobilida yong‘in chiqib, mashina ichidagi 4 nafar fuqaro vafot etgan.

 Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech