Maxsus xabarnoma

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 28 oktyabr kuni soat 21:30da Sнumanay tumani hududidan o‘tuvchi A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” avtomobil yo‘lining 817 km da harakatlanib ketayotgan “Kobalt” rusumli d/r 95 N 229 FA avtomobil boshqaruvini yo‘qotib o‘ng tarafiga ag‘darilib, yo‘l transport xodisasi sodir etgan.

YTH natijasida 3 nafar fuqaro vafot etgan va 1 nafar fuqaro tan jarohati olgan.

Jarohatlangan fuqaro SHo‘manay tumani markaziy kasalxonasiga yotqizilgan.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Davlat ramzlari