FVV ogohlantiradi:
13 noyabr kuni ob-xavo joylarda o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esadi. Harorat 10-15 C iliq bo'ladi.

Molxonada yong‘in chiqdi

Joriy yilning 10 oktabr kuni soat 02 dan 58 daqiqa o‘tganda Xorazm viloyati Bog‘ot tumani G‘alaba qishlog‘ida yashovchi fuqaro R.Q. ning uyidagi molxonasida yong‘in bo‘layotganligi haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

Xabar asosida voqea joyiga yong‘in o‘chirish bo‘linmalari jalb etilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga soat 03:18 da yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 03:25 da qurshab olingan va soat 03:51 da bartaraf etilgan. Yong‘indan molxonaning 30 kv.metr maydoni saqlab qolingan va alanganing yashash uyiga o‘tib ketishi oldi olingan.

Hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuqorida ko‘rsatilagan manzilga yetib borguniga qadar uy egasi fuqaro R.Q. yong‘indan jonivorlarni qutqarish  vaqtida kuyish tan jarohati olgani va shifoxonaga olib ketilganligi ma’lum bo‘lgan. Yong‘in oqibatida molxonaning 60 kv.metr maydonda tomi yongan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech