FVV ogohlantiradi:
28 sentyabr kuni ob-havo o'zgaruvchan, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s (25-43 km/soat) tezlikda esib, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 18-23*S iliq bo'ladi.

Moskva shahridagi qurilishda xavozaning qulashi oqibati bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabarnomasi

 

Joriy yilning 5 oktyabr kuni soat 11:15da «Snegiri» yashash uyi qurilish jarayonida 7 qavatli bino balandligida o‘rnatilgan xavoza qulab tushgan.

Voqea natijasida 8 nafar odam jabrlandi. FVV, IIV, TIV bilan olib borilgan tadbirlari natijasida jabrlanganlarning shaxsiga aniqlik kiritildi, birlamchi ma’lumotga asosan 8 nafar jabrlanganlarning 2 nafari O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ekanligi aniqlandi:

  1. Po‘latov Nurali Jumanazarovich, 13 mart 1979 yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiladi.
  2. Buriev Malik, Umbarovich, 8 may 1984 yilda tug‘ilgan, Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiladi.

Jabrlanganlar S.P. Botkina hamda M.E. Jadkevich nomli shifoxonalarga joylashtirilgan.

FVV tezkor raqamlari (+998 71) 147-10-50.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech