Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Navbahor tumani “Navbahor paxta klaster” MChJ paxta qabul qilish maskanida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen xususiyatli (yong‘in) favqulodda vaziyatlarni oldini olish va kechiktirib bo‘lmaydigan avariya-qutqaruv ishlarini tashkil etishga qaratilgan o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqining asosiy maqsadi etib, 2019 yil paxta yig‘im-terim mavsumida paxta qabul qilish maskanlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lganda oqibatlarini zudlik bilan bartaraf etishda korxona rahbariyati, fuqaro muhofazasi tuzilmalari shaxsiy tarkibining tuman doimiy tayyorgarlikdagi xizmatlari bilan hamkorlikdagi harakatlarini amalda sinash va muvofiqlashtirish deb belgilandi.
O‘quv mashqlari saf ko‘rigi, shartli sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish, tovar-moddiy boyliklarni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, kechiktirib bo‘lmaydigan avariya-qutqaruv ishlarini tashkil qilish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi bosqichlarda o‘tkazildi.
O‘quv mashqlariga FVB, YoXB, IIB, SSB, Elektr, gaz ta’minoti xizmatlari, viloyat hududidagi paxta qabul qilish maskanlari rahbarlari hamda ob’ekt ishchi-xizmatchilaridan jami: 196 nafar ishtirokchilar va 13 ta maxsus texnika jalb etildi.